O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti


-bob. YUKUMLI KASALLIKLARNI DAVOLASH ASOSLARI



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

 
3-bob. YUKUMLI KASALLIKLARNI DAVOLASH ASOSLARI 
Yuqumli kasallik davomida bemor organizmida juda chuqur va murakkab 
o‗zgarishlar yuz beradi va u ba‘zan og‗ir holatga ham tushib qoladi. Masalan, vabo 
va salmonellyoz gastroenteritida degidratatsiya va demineralizatsiya holati 
ko‗pincha bemor taqdirini hal qiluvchi rolni o‗ynaydi. Shuning uchun davo 
choralari avvalo ana shu holatni bartaraf qilishga qaratiladi. 
Infeksion kasalliklarni davolashda bemorni parvarish qilish, umumiy tartib-
qoidalarga, parhez, gigiena talablariga amal qilish juda muhim rolni o‗ynaydi. 
Bemor yotadigan xona yorug‗, havosi toza, o‗rni yumshoq, ozoda bo‗lishi 
kerak. Bemorning tabiati ravshan va kayfiyati yaxshi bo‗lishi uchun tegishli sharoit 
yaratmoq zarur. Yuqumli kasallikning kechishida va undan sog‗ayishda oliy asab 


26 
faoliyatiing roli juda muhim. Shunday ekan, bemorni avaylash, unga yaxshi 
parvarish qilish, uning hohishini nazarda tutish, u yozilayotgan vaqtda qulay 
sharoit tug‗dirish muhim omillardandir.
Yuqumli kasalliklarni davolashda antibiotiklar, immun preparatlar qanchalik 
yuqori samarali bo‗lmasin, baribir, bemorni xar jihatdan talabga javob beradigan 
tarzda ovqatlantirish juda muhim ahamiyatga egadir. Avvalo beriladigan ovqat 
yuqori kaloriyali, vitaminlarga boy, oson hazm bo‗ladigan va bemor hohlab 
iste‘mol qiladigan bo‗lishi kerak. Modomiki, yuqumli kasallik patogen bakteriya 
bilan organizm o‗rtasidagi beto‗htov kurashdan iborat ekan, organizmning kuch-
quvvati yetarli bo‗lishiga alohida e‘tibor berish kerak. Organizmning umuman 
kuch-quvvati yetarli bo‗lsa, uning immunologik quvvati ham shunga yarasha 
bo‗ladi. 
Isitmalayotgan katta yoshdagi bemor bir kunda 2500-3000 kaloriy energiya 
yo‗qotadi. Shu sababdan isitmalayotgan bemorlarga yetarli ovqat berish lozim. 
Ovqatda kerakli miqdorda karbon-suv, oqsil va yog‗ moddalari, hamma vitaminlar, 
tuzlar va suyuqlik bo‗lishi kerak. Avvalo bemorga sifatli «oqsil moddalar (go‗sht, 
tuxum, suzma, pishloq) beriladi (bemor gavdasining 1 kg og‗irligiga 1 gramm 
hisobidan). Bunchalik oqsil moddani kamaytirish 2 kundan ko‗pga cho‗zilmasligi 
kerak. Bemor yuqumli kasallikdan sog‗aya boshlaganda beriladigan oqsil modda 2 
marta ko‗paytiriladi. Meteorizm rivojlanmasa bir kecha-kunduzda bemorga 2 
litrgacha sut berish ham mumkin. Bemor gavdasi og‗irligining xar bir kg ga 5 gr. 
hisobidan, ya‘ni kuniga 300—400 g miqdorda karbon suv beriladi. Karbon suv 
keragidan ko‗p berilgan taqdirda meteorizm va ich ketish hollari yuz berishi 
mumkin. 
Yog‗
moddalari muhim energiya manbaidir. Yaxshisi qaymoq, sariyog‗ va 
o‗simlik moylari berish kerak. Oqsil, yog‗ va karbon suvlari bilan birga ho‗l meva 
va sabzavot sxarbatlari berish foydalidir. Bu sxarbatlarda vitaminlar, mineral tuzlar 
yetarli bo‗ladi. Bemorga bir kecha-kunduzda 2 litrgacha suyuqlik (yaxshisi mineral 
suvlar, na‘matakdan tayyorlangan choy, sxarbatlar) beriladi.


27 
Kasalliklardan sog‗ayish davrida beriladigan ovqat miqdori ko‗paytiriladi. Bir 
kunda bemorga kamida 2500—3000 kaloriyali ovqat beriladi. Birinchi navbatda 
150-200 g miqdorda oqsil moddalar tavsiya etiladi. Bemorning ishtahasi bu davrda 
odatda juda yaxshi bo‗ladi. Shunga qaramasdan beriladigan ovqat miqdorini asta-
sekin ko‗paytirish kerak. 
Hushsiz holatda yo‘tgan bemor zond orqali ovqatlantiriladi. Zond burun orqali 
kirgiziladi. Xar 3-5 kunda zond holati o‗zgartirib turiladi. Zond orqali ovkat 
yuborishdan oldin, oshqozonda to‗planib qolgan suyuqlik surib chiqariladi. Zond 
orqali bir soatda 200-300 gr suyuk ovqat yuboriladi. Bemor organizmida 
azotemiya holati rivojlanganda oqsil modda miqdori kamaytiriladi (bemor 
tanasining xar kilosiga 0,5 gr gacha). Buning hisobiga yog‗ va karbon suv 
moddalari ko‗paytiriladi. Ovqatlantirishda, bemor organizmida yuz bergan 
patomorfologik o‗zgarishlarni nazarda tutmoq lozim. 
Patogen mikrobga ta‘sir qilish usuli 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish