O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Bakteriologik usul
. Bemordan olingan material (qon, najas, peshob, balg‗am, 
qusuq, orqa miya suyuqligi) maxsus ozuqa muhitlariga ekiladi va kasallik 
qo‗zg‗atgan mikroorganizm ajratib olinadi. Bu tekshirish usuli kerakli asbob-
uskunalar bilan jihozlangan maxsus bakteriologik laboratoriyalarda amalga 
oshiriladi. 
Virusologik usul
. Virusologik usul ancha murakkabdir. Viruslarni 
ko‗paytirish uchun ma‘lum turdagi tirik to‗qimalar yoki tovuq embrioni kerak 
bo‗ladi. Viruslar hujayralar ichida parazitlik qilib yashashga moslashgan, shu 
sababdan ular oddiy ozuqa muhitilarida ko‗paymaydi. 
Immunoflyuoretsensiya
- (Kune usuli) zudlik bilan tashxisni oydinlashtirish 
uchun qo‗llaniladigan usuldir. Bu usul antigen antitelo kompleksining o‗ziga hos 
tarzda tovlanib, nur sochishiga asoslangan. Tekshiriladigan material, maxsus 
zardob bilan aralashtirib, ishlanganidan so‗ng bir necha minut o‗tgach reaksiya 
javobi ma‘lum bo‗ladi. 
Serologik tekshirish usullari
. Hozirgi zamon tushunchasiga ko‗ra, bironta 
patogen mikrob odam organizmiga kirganda, ya‘ni infeksion jarayon yuz berganda 
yoki odam yuqumli kasallikka qarshi emlanganida organizmda antitelolar paydo 
bo‗ladi. 


24 
Serologik usul bilan tekshirilayotgan bemorning qon zardobida spetsifik 
antitelolar borligi aniqlanadi. Bu tekshiruv tayyor holdagi ma‘lum antigen 
yordamida amalga oshiriladi. Zaruriyat tug‗ilganda juda ishonchli dalillarni olib, 
ya‘ni kasallik tashxisini aniq qilish uchun tekshiriladigan bemordan ikki marta 
(kasallik boshlanishida va ikkinchi marta xar turli muddat o‗tgach) zardob olinadi. 
Bunday qilinganda vaqt o‗tishi bilan reaksiya titri qanday o‗zgarishi, ya‘ni qonda 
antitelolar miqdorining ko‗payishi yoki ko‗paymasligi aniqlanadi. Virusli 
infeksiyalarda ikkinchi marta qo‗yilgan reaksiya titri 2-4 baravar va undan ko‗ra 
ziyodroq ko‗paygan taqdirdagina reaksiya ijobiy xisoblanadi va tashxisiy 
ahamiyatga ega bo‗ladi. 
Bakteriyalar 
qo‗zg‗atadigan 
yuqumli 
kasalliklarda 
agglyutinatsiya, 
gemaggyutinatsiya, pretsipitatsiya, komplementni biriktirish reaksiyalari keng 
qo‗llaniladi. 
Viruslar qo‗zg‗atadigan kasalliklarda esa gemaggyutinatsiyani tormozlash, 
komplementni 
biriktirish, 
gemadsorbsiyani 
kechiktirish, 
neytrallash 
reaksiyalaridan foydalaniladi. 
Oxirgi yillarda parazitar va virusli kasalliklar tashxisida immunoferment usuli 
qo‗llanilmoqda. Bu usul o‗ta spetsifik sezuvchan bo‗lib, qisqa muddatda natija 
beradi. 
Nihoyat, yuqumli kasalliklarning serologik tashxisida yangi usul — bemor 
zardobidagi antitelolarning qaysi immunoglobulinlar guruhiga (IgM, IgG, IgA va 
boshqalarga) mansubligini aniqlash usuli qo‗llanila boshladi. Bu usul yuqumli 
kasallikni sun‘iy emlash natijasida yuz beradigan o‗zgarishlardan va shuningdek 
birlamchi kasallikni qaytadan rivojlangan kasallikdan farqlash imkonini beradi. 
Nihoyat, bu usul natijalariga suyanib, infeksion jarayonning turlicha davrlarini 
aniqlash mumkin bo‗ladi. 
Yuqumli kasalliklar tashxisida allergik reaksiya keng qo‗llaniladi. Patogen 
mikrobdan tayyorlangan maxsus allergen bemorning terisi orasiga 0,1 ml 
miqdorida yuboriladi, yoki terining shilingan joyiga surtiladi. Organizimda kasallik 
avj olib borar ekan, bemorning to‗qima va hujayralari patogen mikrob va uning 


25 
toksiniga nisbatan o‗ta, sezuvchan bo‗lib qoladi (sensibilizatsiya), shu sababdan 
bemor organlarida ana shu antigen (allergen) parenteral usul bilan yuborilganda 
bunga aloxida allergiya reaksiyasi bilan javob boradi. Terining allergen yuborilgan 
yoki surtilgan joyida 24—48 soatdan keyin yallig‗lanish yuz beradi, bu 
reaksiyaning ijobiy bo‗lishini bildiradi. 
Hozirgi vaqtda allergik reaksiyalar qator yuqumli kasalliklar tashxisida keng 
qo‗llanilmoqda. Masalan, brutsellyozda bemor terisi orasiga brutsillin (Byurne 
reaksiyasi), tulyaremiyada tulyarin, silda tuberkulin, manqa kasalligida malein, 
dizenteriyada dizenterin, toksoplazmozda toksoplazmin yuborib ko‗riladi. Oxirgi 
yillarda bemor organizimida sensibilizatsiya holati yuz berganini bemor terisiga 
allergen yubormasdan, laboratoriya sharoitida probirkalar ichida aniqlash usullari 
ishlab chiqildi. Bu usullarning muhim afzalligi shuki, bunda bemorga yana 
allergen yuborib, sensibilizatsiya holatini yanada kuchaytirish, chuqurlashtirishga 
hojat qolmaydi. Leykotsitlarning zararlanganini aniqlash; leykotsitlar migratsiyasini 
tormozlash; limfotsitlarning blast transformatsiyasini tekshirish ana shunday yangi 
usullardandir. Zamonaviy tekshirish usullaridan biri bu PZR (polimeraz zanjirli 
reaksiya) bu tekshiruv usulida qo‗zg‗atuvchini genomidagi oqsil aniqlanadi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish