birinchi katta oziq tish, 8 yoshda birinchi kurak tish, 9 yoshda ikkinchi kurak tish,
10 yoshda birinchi kichik oziq tish, 13-16 yoshda katta og’iz tish, 11-15 yoshda
ikkinchi oziq tish, 18- 30 yoshda uchinchi oziq tishlar chiqa boshlaydi. Sut tishlar
tushib doimiy tishlar chiqa boshlagan davrda bolalarga uxlashdan oldin tishni tish
cho‘tkasi
va pastasi bilan tozalash, ovqatlangandan so‘ng og’izni iliq suv bilan
chayishga o‘rgatish kerak. Juda sovuq yoki juda issiq ovqat yeyish, qattiq narsalarni
tishda chaqish nihoyatda zararli, buni aslo unutmaslik kerak.
Ovqat og’iz bo‘shligida chaynalib tishlar yordamida maydalanadi. O giz
bo‘shligi atrofidagi yirik va mayda so’lak bezlaridan so’lak ishlanib chiqib, og‘iz
bo‘shligiga quyiladi. So’lak bezlari til asosida, yumshoq va qattiq tanglay hamda
halqumda joylashgan. Bu bezlardan tarkibida ko‘p miqdorda
mutsin
bo’lgan so’lak
ishlab chiqariladi. Til ostida, quloq ostida joylashgan bezlar oqsil va tuzlarga boy
so’lak ishlab chiqaradi. Bir sutkada katta odam so’lak bezlaridan 1,6 1 so’lak
ishlanib chiqadi. So’lakning 98,5-99,5% suv, qolgan qismi shilimshiq modda -
mutsin, oqsillar, fermentlar va turli tuzlardan tashkil topgan.
So’lak bezlaridan so’lak uzluksiz ajralib turadi. So’lak shartsiz va shartli
reflekslar asosida ajraladi. So’lak ajratishning nerv markazi uzunchoq miya va bosh
miya katta yarimsharlarida joylashgan.
Bolalarda quloq osti bezlari jag‘ osti so’lak bezlariga qaraganda ko'proq,
so’lak ajratadi. Chaqaloq bola so’lagida ptialin fermenti ko‘p bo’ladi. 2 yoshdan 15
yoshgacha so’lak tarkibida oqsil miqdori ortib boradi. 11-12
yoshda oziq
moddalarga bir kecha-kunduzda 200 sm
3
ovqat yemaganda 400-600 sm
3
so’lak
ajraladi.
Yutish murakkab fiziologik jarayon bo’lib, uning nerv markazi uzunchoq
miyada joylashgan. Yutish jarayoni nafas olish bilan bog’liq. Ovqat luqmasi
chaynalib, so’lak bilan aralashgandan so‘ng silliqlanib til yordamida yutqinga
o’tkaziladi va yutiladi. Luqma yutilgandan so‘ng qizilo‘ngachdan me’daga o‘tadi.
Halqum (yutqun) og’iz bo‘shligining bevosita davomi bo’lib, uning uchta
bo’limi bor; ustki-burun-halqum, o‘rta og’iz-halqum va pastki-halqumning hiqildoq
qismi. Ustki bo’limi nafas yo’li hisoblanadi. O‘rta va pastki qismlaridan ovqat
o‘tadi.
Qizilo‘ngach devori 3 qavatdan:
ichki shilliq, o‘rta-muskul va tashqi-
biriktiruvchi to‘qima qavatíaridan iborat. Qizilo‘ngachga tushgan ovqat hech qanday
o'zgarishga uchramaydi. Ovqat luqmasi qizilo‘ngachda shilimshiq bilan o‘raladi va
uchta joydan ustki, o‘rta va pastki joylardan o‘tadi.
Bolalarda qizilo'ngachning davrida biriktiruvchi to‘qima va shilimshiq bezlari
yetarli rivojlangan emas. Shuning uchun ham bolalar yarim quyuq va yaxshi
chaynalmagan ovqatni qiynalib yutadi.
Me’da ovqat hazm bo’lishining xususiyatlari.
Me’da ovqat hazm qilish
kanalining kengaygan qismi bo’lib, katta odamda noksimon shaklga ega. Me’daning
kirish va chiqish joyi, tubi va katta, kichik aylanasi farq qilinadi. Katta odamda bir
sutkada 1,5-2 dm
3
me’da shirasi ishlab chiqariladi. Me’da shirasining 99-99,5% suv,
0,3-0,4% organik moddalar va tuzlardan iborat. Me’da shirasi kislotalilik
xususiyatiga ega bo’lib, tarkibida 0,3-0,4% xlorid kislota bor rN-2,5 ga teng. Pepsin,
lipaza oshqozon shirasining asosiy
fermentlaridan hisoblanib, pepsin oqsillarni
albumin, peptonlarga, amilaza esa emulsiyalangan yog’larni parchalaydi.
Turli ovqat moddalariga turli miqdorda me’da shirasi ajraladi. Me’da
shirasining ajralishi nerv va nerv-gumoral yo’l bilan boshqariladi. Nerv yo’li bilan
boshqarilish shartsiz va shartli reflekslar asosida amalga oshadi. Ovqat og’izga
tushganidan so‘ng, og’izdagi retseptorlar ta’sirlanib, ta’sir markazga intiluvchi
nervlar orqali uzunchoq miyaga, u yerdan me’da bezlariga borib, me’dadan shartsiz
refleks asosida shira ajrala boshlaydi. Me’da shirasi nerv-gumoral yo’l bilan
ajralganda, ovqat tarkibidagi moddalar qonga so‘riladi va qon orqali me’da bezlariga
tushib, bezlar faoliyatini kuchaytiradi. Ovqatlangandan 20-30 daqiqadan so‘ng
me’da to’lqinsimon qisqara boshlaydi, ovqat me’da shirasi bilan aralashadi.
Katta odamda ovqat 3-4 soatdan so'ng me’dadan o'nikki barmoq ichakka
o‘tadi. Sut va sutli ovqatlar me’dadan ingichka ichakka tez o’tadi.
Bolaning yoshi kattalashishi bilan me’daning hajmi ham ortadi. Yangi
tug‘ilgan bolalarda 30-45 sm
3
1 yoshda 400-500 sm
3
2 yosh oxirida 600-750 sm
3
6-
7 yoshda 950-1100 sm
3
, 10-12 yoshda 1500 sm
3
bo’ladi. 2 yoshgacha me’daning
shakli
noksimon, 7 yoshda kolbasimon shaklga ega. Yosh bolalarda me’daning
shilliq qavati nozik bo’lib, juda ko‘p qiltomirlar bilan ta’mmlangan. Me’da bezlari
mayda, yoiari torroq bo’ladi. O‘smirlarda me’da mexanik ta’sirlanganda ajralgan
shiraning miqdori katta odamnikidan 2 marta kam. 5-6 yoshda oshqozon shirasida
xlorid kislotaning kam bo’lishi bakteriyalarni zararsizlantirish xusitsiyatini
susaytiradi. Ko‘krak yoshidagi bolalarda me’daning kirish qismidagi sfínktiri
mustahkam berkilmaydi. 10-12 yoshda me’da harakati kuchayadi. Me’da bezlari
ishlab chiqaradigan shiraning hazm qilish kuchi va kislotaliligi ancha past. Bu shira
tarkibida ximozin, pepsin, lipaza, amilaza va boshqa ko‘p fermentlar uchraydi, biroq
ularning kuchi kam. Bir yoshgacha sutdagi oqsillarga ta’sir etuvchi ximozin
fermentining faolligi yuqori bo’ladi va yosh ortishi bilan lipaza fermentining faolligi
ham orta boradi, me’da harakatlari ham o ‘zgaradi.
Oshqozon massasi ham yosh
bilan o'zgarib boradi. Masalan; chaqaloqlarda 6,5 g, 14-20 yoshda 127 g, 20 yoshdan
so‘ng 155 g ga yetadi. Oshqozon massasi yosh bilan barobar 24 marta, gavda esa 20
marta kattalashadi.
Ichakda ovqat hazm bo’lishining xususiyatlari.
Ingichka ichakning uzunligi
katta odamda 6-7 m, diametri 2,5 sm. Ingichka ichak o‘nikki barmoq ichak (uzunligi
20 sm), och ichak va yonbosh ichaklarga bo’linadi. Ingichka ichakning shilliq
qavatida juda ko‘p miqdorda so‘rgichlar (vorsinkalar) joylashgan, ana shu
vorsinkalar hisobiga ingichka ichakning yuzasi 8 marta ortib, 40 m
2
ga yetadi. O‘n
ikki barmoq ichakda ovqat o’t suyuqligi va me’da osti bezi shirasi hamda o‘nikki
barmoq ichak devorlarida ishlanib chiqqan ichak shirasi ta’sirida kimyoviy
parchalanadi. Ichak shirasining 99-99,5% suv, qolgan qismi organik moddalar, turli
xil fermentlar va tuzlardan iborat. Ichak shirasi tarkibida fermentlardan tripsin,
enterokinaza, lipaza va amilaza fermentlari va turli tuzlar bo’ladi.
Ovqat asosan
ingichka ichak devorlaridagi shilliq qavatga tegib parchalanadi. Bir kecha-kunduzda
1-1,5 1 shira ishlanib chiqadi. Ichak shirasi ishqoriy xususiyatga ega.
Bola bir yoshga to’lguncha ichagi juda tez o‘sadi. Ovqat botqasi bolalarda
ingichka ichakdan jami 2-3 soat atrofida o’tadi. 10-15 yoshda o’tishi yanada
tezlashadi. Bolalar ichagining uzunligi tanasiga nisbatan olganda 4,5 marta uzun,
ko'krak yoshidagi bolalarda esa 6 marta ortiq bo’ladi. Go‘daklikda ingichka ichak
devoridagi vorsinkalar, shira ajratuvchi bezlar, muskullar yaxshi rivojlanmagan
bo’ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan ichak shirasining
miqdori va fermentlar
kontsentratsiyasi ham orta boradi
Do'stlaringiz bilan baham: