​#qizim bilan. Misvok haqidagi savoldan soʻNG



Download 23,6 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.07.2022
Hajmi23,6 Kb.
#814103
Bog'liq
5 6291913130549183876



​#nimadir 
​#qizim_bilan.
MISVOK HAQIDAGI SAVOLDAN SOʻNG...
Bugun saharlikda tishimni misvoklab tursam, qizim Muslimaxon savol berib
qoldi: 
-Shu tishingizni tozaladimi, aya? 
Men choʻtkaga aylanib ketgan misvok shohchasini unga koʻrsatdim: 
-Koʻryapsami, bu chyotkani zubnoy pastasi oʻzi bilan... Tozalash bilan birga
koʻngilniyam ravshan qiladi. Ham savob qozonasan, ham sunnatga amal
qilgan hisoblanasan. 
Keyin qoʻshimcha qildim: 
-Yevropaliklar hali tuzuk quruq yuvinib-taranishni bilmagan paytda
paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam zamonasidagi hamma tishini
shunaqa tozalab yurgan. 
Oradan yana asrlar oʻtib, usmonlilar (qizimga Ertugʻrul desam tushunadi)
bilan kurashib yurgan salbchilar oʻrtasida shunday voqea yuz beribdi:
salbchilarning aygʻoqchilar har nima qilishsa ham musulmonlar ularni tanib
qolishaveribdi. 
Keyin ulardan biri qiziqib savol beribdi: 
-Nega bizni musulmonlarning roʻdapo kiyimini kiysak ham tanib
qolaverasizlar? 
Javob esa asirga tushganlarning barini shoshirib qoʻyibdi: 
-Chunki sizlardan yuvinmay yuradigan odamlarning xidi keladi! 
Qizim sal hayratga berilib kulgandek boʻldi, men esa gapimni shunga yaqin
boʻlgan boshqa mavzuda davom ettirdim. 
-Qizim qara: tasbeh oʻsimligi bor. Shoda-shoda boʻlib tasbeh donasi tugadi.
Pishgach ikki tomonidan ip oʻtkazishlari uchun teshikcha ham hosil boʻladi. 
Tish tozalash uchun ichi mustahkam zub tolalariga toʻla misvok butasi ham
bor. Mana u!
Odamlar yuvinishi uchun mochalka qovoq ham bor. Senga bir kuni bozorda
koʻrsataman.
Ichimlik ichish uchun terilik qavati mustahkam yana boshqa qovoq turlari
bor. Ularning ichida urugʻ bor, mazali qatlam esa yoʻq. Azal-azaldan ota-
bobolarimiz ulardan idish sifatida foydalanib kelishgan. 


Hozir undan bedana qovoq yasashadi.
Koʻrdingmi, Alloh taolo Oʻzi yerga badargʻa qilgan Insonning ham qanchalik
rahmini yegan! 
Shu oʻsimliklar to odam ulardan oʻz maqsadida foydalanish aqliga
kelmaguncha bir chekkada oʻsib yotgan. 
Sekin-sekin Inson aqlini ishlatib ulardan foydalanib ketavergan. 
Ibrohim alayhissalom qissasida ularning oyni, quyoshni, yulduzlarni avvaliga
“Xudo shu ekan-da!” deb oʻylagani, lekin oʻylaganlari negadir Yaratuvchi
sifatiga ega emasdek tuyulavergani, va nihoyat Olamlar Robbisi mutlaqo
hech qaysi koʻrganiga oʻxshamasligini oʻz aqli bilan topgani yoziladi. 
“Inson aqli bilan Xudoni topadi!” deyishgani mana shu! 
Fikr qiladigan odam shu oddiy bir misvokka qarab turib ham hikmatni
anglashi mumkin! 
Qurʼoni karimda “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar hech zamonda teng
boʻlurmi?” deb bejiz aytilmagan. 
Bir narsani koʻrsang, fikr qil! Oʻqisang ham uzoq magʻzini chaqishga urun!
Juda koʻpchilik Qurʼonni sharillatib oʻqiydi. Ammo maʼnolarini tushunmaydi! 
Juda koʻpchilik olimlarning yozgan kitoblarini oʻqiydi. Oddiy, zerikarli
soʻzlardek yonidan oʻtkazib yuboradi.
Juda koʻpchilik Alloh taolo yaratgan moʻjizalarni har soniyada oʻz koʻzi bilan
koʻrib turadi, koʻrayotganlari moʻjiza ekanligini anglamaydi!
Ha, chindan ham qalb koʻzi-hammada ham ochiq emas..."
Qizim bilan bugungi suhbatimiz shu haqda boʻldi.
(Aziza Ismoilova)
©
Ummu Zaynab Ummu

Download 23,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish