Texnik gliserin olish texnologiyasi



Download 72,28 Kb.
bet1/3
Sana13.02.2022
Hajmi72,28 Kb.
#446294
  1   2   3
Bog'liq
Texnik glitserin olish texnologiyasi.


Texnik gliserin olish texnologiyasi.
Reja:



  1. Gliserinli suvni tozalash.

  2. Gliserinli suvni tarkibi va uni oldindan tozalashning maqsadi.

  3. Tozalash turlari: ohak eritmasi bilan tozalash, alyuminiy sul’fat bilan tozlash, aktivlangan ko’mir yordamida tozalash, markazdan qochma kuch ta’sirida tozalash, ion almashinish usulida tozalsh.

  4. Gliserinli suvlarni tozalash texnologiyasi.

  5. Xom gliserin olish. Jarayonning mohiyati.

  6. Sovun osti ishqoridan gliserin olish.



Texnik glitserinning olinishi. Konsentratsiyasi 86-88% bo‘lgan xom glitserin olish uchun, tozalangan glitserinli suv bug‘latiladi (konsentrlanadi). Bug‘latilganda suv bug‘lari bilan qisman glitserin ham haydaladi. Bu yo‘qotish miqdori glitserin konsentratsiyasini va haroratni oshib borishi bilan ko‘payadi.
Haroratning o‘ta yuqorilab ketishi glitserinning termik parchalanishiga, chiqayotgan mahsulot miqdorining kamayishiga va rangini xiralashishiga olib keladi. Yuqori konsentratsiyali glitserin eritmasi o‘ta qovushqoq bo‘ladi, shuning uchun bug‘latish jarayonida intensiv sirkulyasiya qo‘llaniladi.
Glitserinni bug‘lanib ketishi va termik parchalanishni oldini olish uchun glitserinli suvni bug‘latish, vakuum ostida va suyuqliklarni sirkulyasiyasi bilan vakuum-bug‘latish qurilmalarida amalga oshiriladi.
Bug‘latish jarayonida glitserin kuchli ko‘piklaydi, hosil bo‘lgan ko‘pik vakuum sistemaga so‘rib olinishi natijasida ko‘p glitserin yo‘qotiladi. Shuning uchun glitserinli suvni konsentrlash uchun faqat vertikal va yetarli bug‘ bo‘shlig‘iga ega bo‘lgan apparatlardan foydalaniladi.
Yog‘-moy korxonalarida har-xil konstruksiya va o‘lchamdagi vakuum apparatlar ishlatiladi. Ko‘pincha alohida isitgichli, bir yoki ko‘p korpusli qurilmalardan foydalaniladi.
Iqtisodiy jihatdan eng samarador uskuna uzluksiz ishlaydigan bir necha korpusli bug‘latish qurilmalari hisoblanadi. Bu apparatlarni afzalligi shundaki, bir korpusdan chiqqan ikkilamchi bug‘ keyingi korpus uchun isituvchi bug‘ vazifasini o‘taydi. Bu, o‘z navbatida bug‘ sarfini tejalishiga olib keladi.
Glitserinli suvda 10-25% glitserin bo‘ladi. 86-88% konsentratsiyali texnik glitserin olish uchun glitserinli suv bug‘lantiriladi. Bug‘lanish vakuumda va vakuum bug‘latuvchi apparatlarda suyuqlikni intensiv sirkulyasiyasi ostida olib boriladi.
Yog‘ sanoatida turli konstruksiyadagi va kattalikdagi vakuum-bug‘latuvchi apparatlar ishlatiladi. Isitkichli vakuum-bug‘latuvchi apparatlar keng tarqalgan. Bu apparatlar bitta korpusli va ko‘p korpusli bo‘ladi.
Yog‘ sanoatida ikki korpusli «Pod’yomnik» rusumdagi apparat keng tarqalgan. U ikkita korpusdan iborat bo‘lib, har bir korpus isitgich va bug‘latgichga ega, birinchi korpus atmosfera bosimida ishlasa, ikkinchi korpus esa 650-680 mm simob ustuniga teng vakuumda ishlaydi.

Download 72,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish