Reja: Og’iz bo’shlig’ida, me’da va ichakda ovqat hazm bo’lishining xususiyatlari



Download 477,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/34
Sana19.03.2022
Hajmi477,26 Kb.
#501228
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bog'liq
3-MA’RUZA Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari va ovqatlanish gigienasi. Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Ayiruv va nafas tizimlarining yosh xususiy

 
Bola o’sishi va rivojlanishida vitaminlarning ahamiyati. 
Vitaminlar ham 
yog’lar, oqsillar, uglevodlar mineraltuzlar, suv kabi organizm uchun zarur bo‘lgan 
oziqa moddalardan hisoblanadi. Rus olimi N.I. Lunin 1880-yilda organizm uchun 
zarur bo’lgan moddalardan biri vitaminlar ekanini birinchi bo‘lib isbotladi. 1912-
yilda K.Funk tomonidan ular vitaminlar deb nomlandi (vita - hayot degan ma’noni 
anglatadi). Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo‘lib, ular organizmning o‘sishiga, 
modda almashinuviga, immun holatiga, yurak-qon tomir, nerv tizimining ish 
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi Agar biror vitamin organizmga mutlaqo kirmasa 
avitaminoz, yetishmasa gipovitaminoz, me’yoridan ortib ketsa gipervitaminoz 
deyiladi Har bir vitamm turh xil vazifani bajaradi,
O‘smirnmg ovqatlanishi vitaminlar jihatidan ham to’la sifatli bo‘lmog‘i 
kerak. Vitaminlar organizmning normal o‘sishi, rivojlanishi va hayot faohyati uchun 
zarur: ular almashinuv jarayonlarini rag‘batlantiruvchi va boshqaruvchilar sifatida, 
ayniqsa assimilyatsiya jarayonida katta ahamiyatga ega.
Vitaminlar mehnat qobiliyatini va organizmning turli kasalliklarga va tashqi 
muhitnmg noqulay sharoitlariga nisbatan chidamini oshiradi Organizm uchun 
ayniqsa vitamin A, B
1
, B
2
, PP, B
6
, C, D larning ahamiyati juda muhim.
Ovqatda vitaminlar yetarli bolmaganda odam juda jahldor bo’lib qoladi salga 
charchaydi, ishtahasi va mehnat qobiliyati pasayadi, ba’zan og‘ir kasalliklar kelib 
chiqadi. Biroq, shuni bilish kerakki, vitaminlarni, ayniqsa vitamm preparatlarini 
ortiqcha miqdorda iste’mol qilish ham juda zararli. 
Vitaminlar ikkita katta guruhga bo‘linadi.
1. Suvda eriydigan vitaminlar. Bularga В vitaminning katta guruhi C, PP 
vitaminlar kiradi.


2. Yog‘da eriydigan vitaminlar. Bularga A, D, E, К vitaminlar kiradi. Odam 
orpnizmida A, D, B, B, PP, С vitaminlar parchalanib ketadi.
Vitamin A
- organizmning o‘sish va rivojlanish vitamini. O‘smir ovqati 
tarkibida vitamm A yoki karotinning bo‘lmasligi (u ovqat bilan organizmga tushib, 
jigarda vitamm A ga aylanadi), ko‘z kasalligi - shabko‘rlik paydo qiladi, 
orgamzmning yuqumli kasalliklarga nisbatan qarshiligini susaytiradi bu vitammsiz 
yuz va qo‘l terisi g‘adir-budir bo‘lib qoladi, dag‘allashadi, sochlar xuralashib
to'kiladi. Vitamin A sut yog‘larida, sariyog'da, tuxum sarig’ida, sutda, baliq-moyida, 
jigarda, sabzida, pomidor, qovoq, o‘rik xurmo, salat, ismaloq va na’matakda ko‘p 
bo‘ladi.
Vitamin B
1
- (tiamin) o‘simlik urug‘larida, yirik tortilgan undan tayyorlangan 
nonda, no‘xat, loviya, suli va grechixa yormasida, shuningdek, go‘sht, sut, tuxumda 
bo‘ladi.
Ovqatda vitamin B
1
bo‘lmaganda sog‘liqqa katta zarar qiladi; odam tez 
charchab qoladi, yurak urishi tezlashadi, holdan toyadi, oyoqlardan quvvat ketadi, 
yurganda gandiraklaydi va hokazo.
Vitamin B

(riboflavin) oqsil va yog‘ almashinuviga aloqador bo‘ladi, ko‘ruv 
idrokida muhim rol uynaydi, nerv sistemasining normal ishlashiga yordam beradi.
Ovqatda vitamin B
2
yetarli bo'lmasligi o‘sish va rivojlanishga yomon ta’sir 
qiladi, odam o'sishdan orqada qoladi, lab shilliq pardasi (og‘iz burchagi), 
shuningdek ko‘z, burun qanotlari yallig‘lanadi, quloq orqasidagi terisi seboreya 
ekzemasi bilan qoplanadi. Keyinchalik yorug‘likdan qo‘rqish, ko‘zning yoshlanishi, 
sochning tez to‘kilib ketishi kuzatiladi.
Vitamin B
2
ko‘k o‘simliklar bargida, karamda, pomidorda bo'ladi. Bu vitamin 
ayniqsa pivo achitqisida, hayvon mahsulotlaridan sutda, go‘shtda, jigarda, tuxumda 
ko‘p.
Vitamin PP
- nikotinat kislota almashinuv jarayonlarida qatnashadi. Vitamin 
PP ancha-muncha yetishmaganda pellagra kasalligiga olib keladi. U ko‘pgina 
mahsulotlarda bo‘ladi, asosiy manbai javdar non va bug‘doy non, pomidor, 
kartoshka, sabzi, karam hisoblanadi. Shuningdek, vitamin PP yog‘da, baliqda, sutda 
ham bor.
Vitamin B
6
- lipidiar almashinuvida ishtirok etadi. Bu vitamin organizmda 
yetishmaganda og‘iz shilliq pardasi zararlanib, odam serjahl bo‘lib qoladi, 
uyqusizlikka uchraydi va hokazo. Vitamin B
6
o‘simlik va hayvon mahsulotlarida 
(mol go‘shtida, jigarda, buyrakda, shuningdek, baliqda, tovuq go‘shtida) bo'ladi.
Vitamin C
- askorbin kislota organizmda kechadigan oksidlanishtiklanish 
jarayonlarida qatnashadi, Ovqatda ko‘p miqdorda bo‘lganda mehnat qobiliyati, 
organizmning yuqumli kasalliklarga nisbatan qarshiligi oshadi. Vitamin C 
organizmga yetarli tushmaganda milk qonaydi, odamni uyqu bosadi, diqqat e’tibor 
va xotira susayadi. Vitamin C asosan yangi sabzavotlarda, ho‘l mevalarda (ko‘k 
piyozda, qora smorodina, na’matakda, limon, apelsin, pomidor, karam va 
hokazolarda) bor.
Vitamin D
- raxitga qarshi vitamin deb ataladi. Chunki bolalar organizmida 
vitamin D yetishmasligi raxitga olib keladi. Bu vitamin mineral tuzlar (kalsiy, 
fosfor) va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. Vitamin D baliq moyi, tuxum 


sarig‘i, mol jigari, sariyog‘, baliq ikrasi va go’shtda bo’ladi. Organizmda vitamin D 
ko‘payib ketsa suyaklarning o'sish zonalari vaqtidan ilgari suyaklana boshlaydi.
Raxit kasalligiga chalingan bolalar suyaklarining o‘sish jarayoni buziladi, 
kalla suyagi yumshoq bo‘lib, peshona va tepa qismlarida shishlar paydo bo’ladi. 
Boshi va qorni kattalashadi, gavdasi kaltalashib, oyoqlari X yoki O simon 
qiyshayadi, bunday bolalar rivojlanishda orqada qoladilar.
Demak vitaminlar bola organizmidagi barcha hayotiy jarayonlarni normal 
o‘tishida muhim ahamiyatga ega. Agarda bolalar organizmida vitaminlar yetishmasa 
shifokor maslahati bilan dorixonada tayyor holda sotiladigan vitamin tabletkalaridan 
kuniga 1,2-dona iste’m'ol qilinishi kerak.

Download 477,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish