Reja: Og’iz bo’shlig’ida, me’da va ichakda ovqat hazm bo’lishining xususiyatlari



Download 477,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/34
Sana19.03.2022
Hajmi477,26 Kb.
#501228
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Bog'liq
3-MA’RUZA Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari va ovqatlanish gigienasi. Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Ayiruv va nafas tizimlarining yosh xususiy

Qonning ahamiyati.
Qon tomirlarda uzluksiz oqib, organizm tirikligini saqlashda muhim 
vazifalarni bajaradi: organizmning ichki muhitini qon, to‘qima suyuqligi va limfa 
tashkil etadi. Bular tomirlarni va to‘qimalar orasidagi kanalchalarni to‘ldirib turadi. 
Qon, to‘qima suyuqligi va limfa tarkibi va fizik-kimyoviy xossalarini deyarli 
o‘zgartirmasdan doimo bir xilda saqlaydi. Bu doimiylik organizmning hayot 
faoliyati normal kechib turishi uchun zarur shartdir. Qon suyuq biriktiruvchi to'qima 
bo‘lib, qizil rangli, yopishqoq, xira, ta’mi sho‘rroq bo'ladi. Organizmni hayot 
faoliyati uchun zarur oziq moddalar va kislorod bilan ta’minlaydi, hujayralar va 
to‘qimalarda moddalar va energiya almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan turli 
chiqindi moddalarni va karbonat angidridni buyraklar, o‘pka, teriga yetkazib beradi. 
Shuningdek, oq qon tanachalari - leykotsitlar, organizmga tushgan turli mikroblarni 
zararsizlantirib, organizmda himoya vazifasini bajaradi. Ichki sekretsiya bezlari 
ishlab chiqqan gormonlar qon orqali turli organlarga yetib keladi, qon organlar 
o‘rtasida aloqa o‘rnatadi, tana haroratini turg‘un saqlashda katta rol o‘ynaydi.
Qonning solishtirma og‘irligi asosan qizil qon tanachalarining soniga va 
ulardagi gemoglabin miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Qonning solishtirma og‘irligi 
erkaklarda o‘rtacha 1,050-1,0608 ga, ayollarda 1,053 ga teng.
Qoning solishtirma og‘irligi o‘zgaruvchan bo‘lib, u muhit haroratiga, iste’mol 
qilingan suvning miqdoriga ham bog‘liq.
Yangi tug‘ilgan bolada qonning solishtirma og‘irligi 1060 dan 1080 gacha, 2 
yashar bolada 1050, yosh ortishi bilan bir oz ko‘tarilib, 1055- 1062 ga yetadi va 
doimo shu xilda birday turadi. 


Qon katta odamda o‘rta hisobda tana vaznining 7-8% ni tashkil etadi. Shunday 
qilib, og‘irligi har xil bo’lgan kishilarning qoni ham turli miqdorda bo’ladi. Og’irligi 
70 kg bo’lgan odamda 5-6 litr qon bor. Uning 40-45% qon tomirlarda harakatlanadi, 
qolgan qismi taloq, jigarda, teri osti to‘qimasida zaxira holda saqlanadi, bunga 
depolangan qon deyiladi. Bulardagi qon yo‘qotilganda, muskullar ishida, tana 
harorati ko‘tarilganda, odam bo‘g‘ilganda va boshqa zaruriy holatlarda tomirlarga 
chiqariladi. Qonning 1/4-1/3 qismi yo'qolishi hayot uchun xavfli hisoblanadi. 
Qon odamning yoshiga qarab o‘zgarib turadi, ayniqsa bir yoshgacha qon o‘z 
xususiyatiga ko‘ra katta odamnikidan farq qiladi. Moddalar almashinuvi, qon 
yaratuvchi organlarning tuzilishi va funksiyasi, qon aylanishi. Yoshga xos 
xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Bola qancha yosh bo‘lsa, moddalar almashinuvi 
shuncha kuchli bo‘ladi.
Bolalarda qoning absolyut miqdori bolaning o‘sishi va rivojlanishi jarayonida 
oshib borsa, nisbiy miqdori (1 kg og‘irlikka to‘g‘ri keladigan miqdorda) kamayib 
boradi. Yangi tug‘ilgan bolaning har kilogramm vazniga 150 sm
3
, go‘dak bolada 
110 sm
3
, 7 yoshdan 12 yoshgacha 70 sm
3
, 15 yoshdan boshlab esa 65 sm
3
qon to‘g‘ri 
keladi. Yangi tug‘ilgan bolada qon tana vaznining 15% ni, bir yashar bolada 11% 
ni, 6 yoshdan 14 yoshgacha 14% ni, katta odamda esa 7% ni tashkil etadi. O‘g‘il 
bolada va katta yoshli kishida qon miqdori qizlar va ayollardagiga nisbatan ko‘proq 
bo'ladi.

Download 477,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish