Reja: Og’iz bo’shlig’ida, me’da va ichakda ovqat hazm bo’lishining xususiyatlari



Download 477,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/34
Sana19.03.2022
Hajmi477,26 Kb.
#501228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
3-MA’RUZA Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari va ovqatlanish gigienasi. Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Ayiruv va nafas tizimlarining yosh xususiy

 
immunitet.
 
Ovqat hazm qilish ning ahamiyati.
Odam hayot faoliyatini saqlash, mehnat qihsh, o‘sish va rivojlanish uchun 
ovqat istemol qiladi. Ovqatlar bilan organizm oqsillar, yog’lar va uglevodlar kabi 
murakkab organik moddalarni oladi. Bu moddalar organizm tomonidan o’sish 
jarayonida va atrofiyaga uchragan hujayralarni o’rniga yangilarini hosil bo’lishida 
qurilish materiali sifatida foydalaniladi. To’yimli moddalar organizmdagi energiya 
moddalar manbai hisoblanadi.
Ovqatlar bilan birga tushadigan darmon dorilar, ma’danli tuzlar va suv ham 
kam ahamiyatga ega emas. Ular organizmda kechadigan turli tuman kimyoviy 
reaksiyalarning bajarilishi uchun sharoit yaratib bersa, ko’pchiligi ko’plab 
reaksiyalarda to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etadi.
Suv, ma’danli tuzlar va darmon dorilar organizm tomonidan to’lig’icha 
o’zgarmagan holda o’zlashtiriladi. Ovqatlar tarkibidagi oqsillar, yog’lar va 
uglevodlar borasida gap yuritadigan bo’lsak, ular organizm tomonidan 
to’g’ridanto’g’ri foydalanilmaydi. Birinchidan, bu moddalar ovqat hazmi tizimi 
devorlaridan o’taolmaydigan yirik-yirik molekulalardan tashkil topgandir. Bu yerda 
asosiy masala shundan iboratkim, ularning hammasi organizm uchun begona va har 
qanday begona moddalar uchun organizmda ularga qarshi himoya moddalari ishlab 
chiqiladi (antitana). Ana endi tushunarli bo’lsa kerak, nima uchun asosiy to’yimli 
moddalar organizmni ichki muhitiga tushishidan oldin hazmlanadi.
Ovqat hazmi jarayoni deb -oziq moddalarni fizik va kimyoviy qayta ishlanishi 
va ularni oshqozon-ichaklar tizimidan surilishi, qon bilan tashilishi, organizm 


tomonidan o’zlashtirilishi mumkin bo’lgan oddiy va eruvchan birikmalarga aylanish 
jarayoniga aytiladi.
Odamlar organizmida hazm shiralari ta’sirida, ovqat hazmi tizimida oqsillar 
aminokislotalargacha, yog’lar-gliserin va yog’ kislotalarigacha, murakkab 
uglevodlar esa oddiy qandlargacha (glyukoza va boshqalar) parchalanadi. Oziq 
moddalarning bunday kimyoviy qayta ishlanishida hazm shiralari tarkibiga kiruvchi 
–fermentlar 331 bosh rolni o’ynaydi. Fermentlar tabiati jihatidan oqsilli moddalar 
bo’lib, organizm tomonidan ishlab chiqiladigan biologik katalizatorlardir. 
Fermentlarga xos bo’lgan xususiyatlardan biri – ularning spesifikligidir: ya’ni har 
bir ferment ma’lum fizik tarkib va tuzilishga, molekulasida kimyoviy bog’lar 
ma’lum- -aniq tipga ega bo’lgan moddalarga va moddalar guruhiga ta’sir ko’rsatadi. 
Fermentlar ta’siri ostida erimaydigan va surilishi mumkin bo’lmagan murakkab 
moddalar, eriydigan va yengil o’zlashtiriladigan ancha oddiy moddalarga aylanadi. 
Odamning ovqat hazm qilish kanali 8-10 m uzunlikda bo’lib, devori ichki 
shilliq, o‘rta muskul va tashqi seroz qavatlardan iborat. Muskul qavati ichki aylana 
va tashqi uzunasiga ketgan muskul tolalaridan tuzilgan. 
Ovqat hazm qilish kanaliga: og‘iz bo‘shlig‘i, undagi organlar, halqum, 
qizilo‘ngach, me’da, ichaklar, jigar, me’da osti bezlari kiradi. Ovqat tarkibida 
oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar, minerai tuzlar va suv bo'ladi. Oqsilj, yog‘, 
uglevodlar yuqori molekulali birikmalar bo‘lib, plastik va energetik ahamiyatga ega. 
Oqsillar turli xil aminokislotalardan tashkil topgan bo‘lib, nobud bo‘lgan hujayralar 
o‘rnini tiklash, yangi hujayralar hosil bo'lishi, odam hujayralarida maxsus oqsillar 
sintezlanishi uchun zarur. Vitaminlar ham plastik ahamiyatga ega. Organizmda 
yangi hujayralar hosil bo'lishi uchun yog’lar, uglevodlar, minerai tuzlar va suv ham 
kerak. Bundan tashqari, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar energetik ahamiyatga ega 
bo‘lib, ular hujayralarda parchalanganda ma’lum miqdorda energiya hosil bo‘ladi. 

Download 477,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish