www.ziyouz.com kutubxonasi
51
kirish mumkin bo‘lmagan ko‘chaga burdi. Milisa tayog‘ini ko‘targach, to‘xtadi-yu,
tushmadi. Milisa lapanglab kelib, engashishi bilan oynani tushirib:
— Ha, turibsanmi, — dedi. Milisa javob qaytarishga ulgurmay yana savol berdi: —
Leytenant qani?
— Sobirovmi? — dedi milisa yigit talmovsirab.
— Ha, o‘sha, nimaga lallayasan, qayoqqa ketdi?
— Hozir keladi.
— Menga uchrashsin.
Zelixon shunday deb mashinani yurgizdi. Milisa esa gardanini qashib qolaverdi.
— Sobirov deganingiz kim? — dedi Elchin.
— Qayoqdan bilaman, — dedi Zelixon kulib. — Senam milisaga o‘xshagan laqma
ekansan-ku.
— Leytenantligini bildingiz-ku?
Zelixon qah-qah otib kuldi:
— Bularda nima ko‘p, leytenant ko‘p...
Zelixon shunday odam edi. Elchin Asadbekning qizi haqida gapirganida Zelixon ko‘p ham
bosh qotirmadi. Atrofida yurgan qizlardan birini ishga soldi. Qiz sirtqidan kunduzgi
o‘qishga o‘tayotgan toliba qiyofasida Asadbekning qizi bilan darslarga kirib yuraverdi.
Asadbekning qizini tanaffus paytida mashinagacha olib borgach, o‘sha kuniyoq Kavkaz
tomonga uchib ketdi. Zelixon «qancha odam kerak bo‘lsa, sotib olaveramiz», deganida
shu qiz kabilarni nazarda tutgan, har bir ish uchun alohida odam yollash uning nazarida
bexavotirroq edi.
2
— U seni o‘ziga yaqin odamning qiziga uylantiradi. Shu bilan har bir qadamingni emas,
har bir nafas olishingni ham kuzatishadi.
— Bu juda yaxshi! — dedi Elchin, — ular meni kuzatishadi, siz esa oshni pishirasiz.
— Men pishiraman, sen suzasanmi?
— Ha.
— Bo‘lmaydi, zemlyak. Endi osh suzishing qiyin. Bir marta, bor, ana, ikki marta
suzarsan. Uchinchisida o‘zingni suzib qo‘yishadi. Boshqa yo‘l topish kerak. Sen... men
bilan endi yashirin uchrashma. Aka-ukaday kelib-ketib yuraver. Ammo yigitlarimiz bilan
ko‘rishmaysan. Sen ularni tanimaysan, ular seni tanishmaydi bildingmi? Sen ashulangni
aytib yuraver. Asadbek rostdanam aqlli bo‘lsa, bizga o‘zi yordam beradi.
— Qanday qilib?
— Qotillar kimligini o‘zi senga aytadi. Sen ularni o‘ldirasan. Shu bilan orani ochiq qiladi.
— Laqillatib, boshqa odamni ko‘rsatsa-chi?
— Yo‘-o‘q. O‘qilon g‘irromlik qilmaydi. G‘irromga suyangan odam bu olamda uzoq
yashay olmaydi. O‘qilon— figura! — Zelixon shunday deb ko‘rsatkich barmog‘i bilan
havoda undov belgisini yasadi. — Sen meni go‘rga tiqasan, zemlyak. Ming marta aytdim
senga: o‘ch olish fikri aqlingni o‘tmaslashtirib tashlayapti. Chuqur o‘ylamayapsan. Har
bir ishga alohida reja tuzish kerak. Bir ish ikkinchisiga sira o‘xshamasin. Biz ularni
chalg‘itib tashlamasak, darrov dumimizni bosishadi.
Zelixon xontaxta ustidagi shishadan piyolaga musallas quyib sipqordi, so‘ng sigaret
tutatdi. Chordana qurib o‘tirgan Elchin xuddi tasbeh o‘girayotgan mulladek nigohini bir
nuqtaga qadadi. U Zelixonning zehniga, sadoqatiga ishonar edi. Qamoqda yurgan
kezlarida, vujudi qasos alangasida qovjirayotgan damlarda Elchin yo‘l-yo‘riq izlardi. U
avvaliga bir o‘zi jangga kirmoqqa qasd qildi. O‘sha mash’um kechada hovlisiga qadam
Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |