Elchin Yangi yil kechasi Asadbekning qorong‘i, sovuq uyida bo‘lib o‘tgan suhbatni Sibirda
orttirgan oshnasi Zelixonga aytib berdi. Qirraburun, ko‘zlari burgutnikidek o‘tkir Zelixon
o‘y surganida ham nigohini bir nuqtada to‘xtatmas edi.
— Asadbek molodets! Visshiy klass! — dedi u. —Aniq topibdi. Endi u bilan hazillashib
bo‘lmaydi.
— Shoshilma, — dedi Elchin. — Boshqalar bilan ham xuddi shunday gaplashgan bo‘lsa-
chi. Shaharda nima ko‘p, to‘da ko‘p. Avval ularga qo‘l solgan. Keyin har ehtimolga qarshi
mendan ham xavotiri borligini bildirib qo‘ygan bo‘lsa-chi?
— Baribir. Eng muhimi — seni nazaridan chetda qoldirmagan. Faqat o‘zi bilgan to‘dalarni