www.ziyouz.com kutubxonasi
152
— Ashulaga mana bunisi bo‘lar, — Anvar boshqa qog‘oz olib o‘qidi:
Man mo‘yi xersho na az on mekunam siyoh,
To boz nav javon shavamu nav kunam gunoh.
Chun jomaho ba vaqti musibat siyox kunand,
Man mo‘y az musibati piriy kunam siyoh...
— Buning ma’nosi zo‘r, — Anvar qog‘ozdan bosh ko‘tarib, Elchinga qaradi. — Sochimni
bo‘yab qoraytirishdan maqsad qaytadan yosharib gunoh qilish emas. Qora to‘n motam
ramzi bo‘lgani singari, sochimni qoraytirishdan maqsad — o‘tib ketgan yoshligimga
motam tutishdir... Ikki baytni aytib, keyin Zamonaliga o‘xshab, toringni qo‘ltiqlab olib,
mazmunini tushuntirsang, odamlar qoyil qolaveradi.
— Bo‘pti, shu ruhimga mos tushar ekan. Konsertning nomini ham «Yoshlikka tutilgan
motam» desam, a?
— Shunaqa desang konsertingga birov tushmaydi. Konsertga odam aql o‘rganaman, deb
kelmaydi. Sen konsertingni Turdi Farog‘iyning g‘azali bilan ochgin, odamlarga hozir
shunaqa gaplar ta’sir qiladi. Mana eshit:
Tor ko‘ngullik beklar, man-man demang,
kenglik qiling,
To‘qson ikki bovli o‘zbek yurtidur,
tenglik qiling...
Asadbek ayvonda sharpa sezib, o‘girildi. Qo‘lida patnis ushlagan ayolni ko‘rib, yarim
ochiq eshikni asta taqillatdi. Ikkala oshna eshik tomon baravar qarashdi-yu, kutilmagan
tashrifdan ajablanib, bir zum harakatsiz qolishdi. Hayrat to‘rini birinchi bo‘lib Anvar uzib
chiqdi. Chaqqon o‘rnidan turib, chaqirilmagan mehmonga peshvoz chiqib, salom berdi.
Elchin ham o‘rnidan turib, qaynotasiga norozi qiyofada boqdi.
— O‘qishga berilib, chaqirganimni eshitmadinglar, — dedi Asadbek ostona hatlab, ichkari
kirib. Ayvondan o‘tib, dahliz eshigini ochgan Xonzoda mehmonxonaga kirayotgan kishini
ko‘rib, to‘xtadi.
Asadbek paltosini yechib, stul suyanchig‘iga tashlaguncha, Anvar stol ustini
yig‘ishtirishga kirishdi. Bu orada Xonzoda ham kirib, dasturxon yozdi.
— Kelin, siz hech narsaga ovora bo‘lmang. Men hozir turaman, — dedi Asadbek.
— Har kuni kelib yuribsizmi, aka, — dedi Anvar, xotiniga yordamlasha turib.
Anvar Asadbekni bugun ikkinchi marta ko‘rishi. Dastlab to‘yida ko‘rgan, «odamlar
aytganday dahshatli emasga o‘xshaydi-ku», deb ko‘nglidan o‘tkazgan edi. Bugun uning
kirib kelishi uni biroz shoshirdi. Asadbek dasturxonga hech narsa qo‘ydirtirmadi.
— Hozir o‘qigan she’ringizni eshitdim. Kuchli yozilgan ekan. «Tenglik qiling, kenglik
qiling», deb. Xuddi bizga atab yozibdi. Bir-birimizni bo‘riday g‘ajib yuribmiz-da hozir, —
dedi Asadbek. Ochiq ko‘ngilda aytilgan bu gapni Elchin o‘zi tomon otilgan toshday bilib,
g‘ijindi. Qaynotasining ro‘parasiga o‘tirib, xo‘mraydi.
— Bo‘riday desangiz, bo‘rilar xafa bo‘larmikin, — dedi Anvar, do‘stidagi o‘zgarishni
sezmay, — bo‘rilar ahil yashasharkan.
— Bu gapingiz ham to‘g‘ri, — deb kulimsiradi Asadbek. — Endi siz tilchisiz, gapga to‘n
kiydirvorasiz.
— Men tarixchiman.
— Ha, endi tarixchilar ham gapga usta bo‘lishadi. Sizning... Xolidiy degan domlangiz bor,
a? U muttaham hali ham butun o‘zbekni bosmachi deb yuribdimi?
Elchin Anvarga, Anvar Asadbekka ajablanib qarashdi. Asadbekning Anvarga yoqib qolishi
uchun shu gap o‘zi kifoya qildi. Asadbek yo‘l-yo‘lakay o‘ylab, mo‘ljalni aniq nishonga
Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |