Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
149
Zaynab entikib, ko‘zlarini ochdi. Xayolidagi yigit uchib ketganday bo‘ldi. Hovli kimsasiz
ko‘cha eshik yopiq edi. Xonada esa suluvi atrofida aylanib-o‘rgilib eshilayotgan hind 
yigitning qo‘shig‘i hukmron. U deraza yonida turgan holda o‘girilib, televizorga tikildi. 
Shunaqa baxtiyor odamlar bormikin yo hamma menga o‘xshagan bedavomikin, deb 
o‘yladi. 
Bu xonadonda bir ayolni baxtiyor etish uchun hamma narsa muhayyo edi. Noshukurlik 
qilmasa ham bo‘ladi. Uy, yemoq-ichmoqdan zoriqadigan tomoni yo‘q. Eri birov ko‘rsa 
havas qilguli erkak. Lekin shirin orzular qanotida suzib ulg‘aygan qiz uchun shuning o‘zi 
yetarlimi? Xo‘sh, Jamshidga tekkanida baxtli bo‘larmidi, orzusiga yetarmidi? 
Nikohning ikkinchi tuni Zaynab Elchinning gaplarini eshita turib «Siz qotilsiz!» dedi. 
Zaynab bu bilan Noilaning o‘limini eslatmoqchi emasdi. Elchin uning shirin orzularini 
bo‘g‘ib o‘ldirgan edi. Bu qotillik uchun qamash ham, otib tashlash ham mumkin emas. 
Bunday jazosiz qotillar yer yuzini po‘panakdek bosib yotibdi. Elchin — Zaynabning 
nazarida shulardan biri. 
Nikohning ikkinchi tuni — kuyov-kelin uchun muqaddas bo‘lmish tunda, Elchin Noilaning 
o‘limidan so‘z ochib, xotiniga pichoq urmaganini aytdi. Zaynab bu gaplarga e’tibor 
bermadi. Chunki onasi to‘ydan oldin uni yupatish maqsadida «sen undan qo‘rqma, 
xotinini u o‘ldirmagan ekan, tuhmat bilan qamalgan ekan, dadang aytdilar», degan edi. 
Zaynab bu gap faqat ovutish uchun aytildimi yo chindan ham shundaymi, bilolmaydi. 
Elchinning o‘zini o‘zi oqlashi unga erish tuyuldi. Uning nazarida bu erkak past ketganday 
bo‘ldi. 
— Mening nima aybim bor edi, meni nima uchun xo‘rladingiz? — dedi Zaynab, ezilib 
o‘tirgan eriga qarab. 
— Sizning aybingiz yo‘q... Ammo Noilani adangiz o‘ldirtirgan. Nomus azobini totib 
ko‘rishi lozim edi. 
— O‘ch oldingizmi? 
— Ha, o‘ch oldim. 
— Endi-chi? 
— Nima endi? 
— Ko‘nglingiz joyiga tushdimi? 
Elchin javob bermadi. Xotiniga ma’nodor qarab qo‘ydi. Uning ro‘parasida mo‘’mina 
Manzuraning qizi emas, qahrli Asadbekning qizi o‘tirardi. Zaynab odob jihatidan onasiga 
tortgan bo‘lsa-da, ba’zan yuragida g‘alayon uyg‘onib, otasiga o‘xshab qolardi. Hozir past 
ketib o‘tirgan eriga qarab, «Men ham sizdan o‘ch olsam-chi?» demoqchi bo‘ldi-yu, tilini 
tiydi. Ammo xayolida uyg‘ongan shu o‘y unga haqiqatday tuyula boshladi. Zaynab unga 
«Sizdan qasos olaman» demadi. Savoliga javob berilmagach, biroz sukut saqladi-da: 
— Siz qotilsiz! — dedi qat’iy. Bu — qasos bahridan suv ichguchi hukm edi. Elchin buni 
anglamadi. Ro‘parasidagi go‘zal mavjudot qasos olishga haqli, o‘ch olmoqqa qurbi 
yetadi, degan tushunchadan u uzoq edi. 
Elchin «o‘zimning aybsizligimni bildirib qo‘yay, bu uyda siqilmasin, qo‘rqmasin, erkinroq 
yursin», deb yanglishgan edi. Noxush kayfiyatdagi ayol oldida yarim qarich bo‘lsa-da 
chekinish oqibati mag‘lubiyat jariga qulash ekaniga uning aqli yetmadi. U xushsurat 
bo‘lgani uchun rasidalik chegarasidan o‘tmayoq qizlarning xumor ko‘zlari ta’qibiga 
uchragan edi. Qo‘shiqlari bilan dovruq taratgach, jannatda parilar bilan yurgandek his 
qildi o‘zini. Ana shundanmi «ayol qalbini sehrlay oluvchi kuch bor menda», deb 
ishonardi. Asadbekning qizini ham sehrlab olajagiga amin edi. Ollohning har bir bandasi 
kabi Elchin ham mag‘rurlik va xudbinlikdan bebahra emasdi. Mag‘rurlik va xudbinlik 
baravar uyg‘onib, birlashsa uni mahv etardi, to‘g‘ri yo‘ldan adashtirardi. Nikohning 
ikkinchi tuni shunday bo‘ldi... 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish