O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

2.
 
Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaromoliya munosabatlarining 
tutgan o’rni 
Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab 
chiqarish omillarining harakati bilan bog’liq. Ushbu bog’liqlik asosida xalqaro 
moliya munosabatlari yuzaga keladi.
Xalqaro moliya munosabatlari bu xalqaro moliya bozori ishtirokchisi 
bo’lgan shaxsning qaroriga muvofiq tarzda o’ziga tegishli bo’lgan xorijiy 
valyutalarning 
harakat 
jarayonini 
tavsiflovchi 
fundamental 
iqtisodiy 
kategoriyadir. 
1970-yillarda xalqaro moliya tizimida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ldi va 
mazkur o’zgarishlar ta’sirida zamonaviy jahon valyuta-moliya tizimi shakllana 
boshladi. Jahon moliya tizimidagi o’zgarishlar va xalqaro moliya 
munosabatlarining rivojlanishi ko’p jihatdan trasmilliy korxonalar faoliyati bilan 
bog’liq bo’lib, ular tomonidan butun dunyo bo’ylab ishlab chiqarish tarmoqlarini 
vujudga keltirish hamda barcha resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan 
global strategiya amalga oshirildi. Shuningdek, xalqaro moliya munosabatlari 
rivojlanishida moliyaviy jihatdan barqaror hamda ko’p sonli xorijiy filiallarga ega 
bo’lgan transmilliy banklar muhim rol o’ynadi.
Xalqaro kreditlashdan foydalanish xususiyatining o’zgarishi bilan bog’liq 
ravishda xalqaro kredit bozori hajmi keskin ortib bordi. Uning oxirgi yo’nalishi 
nafaqat xalqaro ayriboshlash sohasi (mahsulotlar, xizmatlar va boshq.) balki, 
ishlab chiqarish sohasi ham bo’ldi. Bu holat, birmuncha yirik kreditlarni uzoq 
muddatlarga jalb etishni, shuningdek, moliya-kredit xizmatlari majmuasini 
rivojlantirishni talab etardi. 1970-yillarda xalqaro kreditni to’lov balansining 
taqchilligini bevosita yoki bilvosita moliyalashtirish uchun foydalana boshladilar. 
Xususiy firmalar bilan bir qatorda yirik qarzdorlar sifatida hukumatlar, davlat 
tashkilotlari va korxonalar, xalqaro kredit tashkilotlari yuzaga keldi.


286 
Ushbu davrda neft import qiluvchi rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlar to’lov balanslari jami taqchilligining qariyb 60% xalqaro kapital 
bozorlari hisobiga moliyalashtirildi. Xalqaro kredit hajmining oshishi nafaqat 
evrokreditlarning o’sishi hisobiga balki, xorijiy kreditlash bozorlari kengayishi 
hisobiga sodir bo’ldi. Yaponiya milliy valyutasi “iena” hisobiga xorijiy kreditlar 
bozori hajmining oshishi natijasida Tokioda ienadagi xorijiy obligatsiyalar 
emissiyasi hajmi keskin ortdi. Mazkur holat natijasida Yaponiya ienasi 
evrovalyuta bozorida keng qo’llanila boshlandi.
1970-yillarda xalqaro kapital bozori kengayishiga bir qator omillar ta’sir 
ko’rsatdi va natijada xalqaro resurslar aylanishi va likvidligi oshib bordi. Ushbu 
davrda jahon iqtisodiyoti ikkita neft inqirozini boshdan kechirdi va neft narxining 
birdaniga keskin o’zgarishiga sabab bo’ldi. Mazkur holat natijasida neft eksport 
qiluvchi mamlakatlarda yirik valyuta ortiqchaligi, neft import qiluvchilarda esa, 
jumladan ko’plab rivojlangan mamlakatlarda joriy hisoblar bo’yicha taqchillik 
yuzaga keldi. Bu taqchillik asosan retsipient-mamlakatlarga xalqaro banklar, 
evroobligatsiyalar bozori orqali tushgan neftedollarlar hisobiga qoplandi.
Jahon iqtisodiyotida ro’y bergan boshqa muhim o’zgarishlar ham xaqaro 
moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy va salbiy jihatdan sezilarli darajada 
ta’sir ko’rsatdi. Ushbu o’zgarishlar jumlasiga, jahon va hududiy valyuta 
tizimlaridagi o’zgarishlar, valyuta tizimi tamoyillarining o’zgarishi, qarzdorlik 
inqirozlari, mamlakatlar tomonidan iqtisodiy integratsion birlashmalarning 
tuzilishi, xalqaro va mintaqaviy moliya tashkilotlarining vujudga kelishi, 
transmilliy korxona va banklar faoliyatining kengayishi, jahonda ro’y bergan 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni kiritish mumkin. 
Xalqaro moliyaning barcha tashkiliy elementlari jahon moliyaviy muhitida 
birlashadi. 
Jahon moliyaviy muhiti – investorlar va korxonalar moliyasi, banklar 
boshqaruvchilari qabul qiluvchi qarorlarga ta’sir ko’rsatadi hamda jahon moliya 
bozori o’sishi sharoitini aniqlaydi. 
Xalqaro moliya tizimining asosiy funksiyalari sifatida quyidagilarni 
ko’rsatish mumkin: 

valyutalar ayriboshlash va hisob-kitob tizimi shart-larining birxillashuvi; 

valyuta kurslari rejimlarini tartiblashtirish va valyuta cheklovlarini tartibga 
solish; 

xalqaro valyuta likvidligini tartibga solish

kredit, sug’urta, investitsiya va fond operatsiyalari xalqaro qoidalarini 
birxillashtirish; 

mazkur funksiyalarni amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi xalqaro 
moliya institutlarini tashkil etish. 


287 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish