O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Valyuta kurslarini prognozlash (bashoratlash)



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

Valyuta kurslarini prognozlash (bashoratlash) 
– kelajakda yuzaga 
keladigan valyuta kurslarini hisoblashdir. Bunday hisob-kitoblarnng keng 
tarqalgan turi bu forvard kursini hisoblashdir.
Valyuta bozori – bu xorijiy valyutaga nisbatan talab va taklif to’qnash 
keladigan bozordir
78
. Valyuta bozori pul bozorining tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Pul bozori esa, o’z navbatida, kapitallar bozori bilan birgalikda moliya bozorini 
tashkil etadi. 
Valyuta bozori, shuningdek, tashkiliy va tashkiliy-texnik nuqtai-nazardan 
ham qaralishi mumkin. Tashkiliy nuqtai-nazardan valyuta bozori talab va taklif 
asosida valyuta va valyutaviy qiymatliklarni sotib olish va sotish bo’yicha 
operatsiyalar amalga oshiriladigan rasmiy moliyaviy markazlar sifatida o’zini 
namoyon qiladi. Tashkiliy-texnik nuqtai-nazardan valyuta bozori turli 
mamlakatlardagi banklar va birjalarni bog’lovchi zamonaviy telekommunikatsiya 
vositalari majmuini anglatadi. 
Valyuta bozorlari
- bu talab va taklif asosida turli xil valyutalar oldi-sotdi 
qilinadigan rasmiy markazlardir. Ya’ni, valyuta bozori - bu chet el valyutasini 
oldi-sotdisini va chet el valyutasidagi qimmatbaho qog’ozlarni, hamda valyutaviy 
kapitalni investitsiya qilish munosabatlarini amalga oshiruvchi iqtisodiy 
munosabatlarni namoyon qiluvchi markaz hisoblanadi.Valyuta bozori moliya 
bozorining muhim va asosiy qismini tashkil qiladi.
Valyuta bozorlaridagi operatsiyalarning asosi bo’lib, tashqi savdo bo’yicha 
xalqaro hisob-kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va kreditlarning davlatlararo 
harakati hamda chet el valyutasini oldi-sotdi qilish bilan bog’liq boshqa hisob-
kitob operatsiyalari hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, milliy iqtisodiyotni faqat shu 
mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan barcha ehtiyojlarni qondirib 
bo’lmaydi. Demak, mamlakatlar o’rtasida eksport-import operatsiyalari albatta 
amalga oshishi yuz beradi.
Hozirgi zamon valyuta bozorlarining o’ziga xos xususiyatlaridan biri 
shundaki, ular zamonaviy elektron aloqalar orqali bir-biri bilan uzviy bog’langan. 
Turli mamlakatlarda joylashgan xalqaro valyuta bozorlari valyutalarni oldi-sotdi 
qilish jarayonida bir-biriga nisbatan doimiy ta’sirda bo’ladi. Jahon valyuta 
bozorlari asosan valyutaviy cheklashlar bo’lmagan yoki zaif tarzda mavjud 
bo’lgan mamlakatlarda joylashgan. 
Valyuta bozorlarining, asosan, 3 turini ko’rsatish mumkin, ular milliy, 
hududiy va jahon valyuta bozorlaridir.
78
Симионов Ю.Ф., Носко Б.П. Валютние отношения: Учебное пособие.– Ростов н/Д: Феникс, 2001. – 320 


298 
Valyuta bozorida sotib oluvchi sifatida - talab va sotuvchi sifatida - taklif, 
bir-biri bilan uchrashadi. Sotib oluvchi yoki sotuvchi sifatida qatnashayotgan har 
qanday iqtisodiy subyekt, ya’ni davlat, xo’jalik subyekti yoki fuqaro o’zining 
moliyaviy qiziqishlariga ega bo’ladi. Bu moliyaviy qiziqishlar bir-biri bilan mos 
kelishi ham, mos kelmasi ham mumkin. Manfaatlar bir-biri bilan mos kelgan 
taqdirda, valyuta qimmatliklarini oldi-sotdisi haqida bitim tuziladi. Shuning 
uchun, valyuta bozori valyuta qimmatliklarini sotuvchi va xaridorning 
qiziqishlarini namoyon qiluvchi o’ziga xos iqtisodiy instrument hisoblanadi.
Funktsional nuqtai nazardan
qaraganda, valyuta bozorlari o’z vaqtida 
xalqaro hisob-kitoblarni, valyuta risklarini sug’urtalashni, valyuta zaxiralarini 
diversifikatsiyalashni, valyuta interventsiyasini amalga oshiradigan va valyuta 
bozorida qatnashuvchilarning kurslari o’rtasidagi farq natijasida keladigan 
daromadni o’zida namoyon qiladi.
Institutsional nuqtai nazardan
qaraganda, valyuta bozorlari vakolatli 
banklarning, investitsion korxonalarning, birjalar, brokerlik idoralari, chet el 
banklari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarini o’zida namoyon 
qiladi. Tashkiliy-texnik nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozori jahonning turli 
mamlakatlari bilan xalqaro hisob-kitoblar va boshqa valyuta operatsiyalarini bir-
birini o’zaro bog’lovchi telegraf, telefon, teleks, elektron aloqa vositalari va shu 
kabi kommunikatsiya tizimlari yig’indisini o’zida namoyon qiladi.
Valyuta bozorida sotuvchi va xaridor o’rtasida chet el valyutasini oldi-sotdi 
qilishda dallol bo’lib, faqatgina 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish