O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

Market-meykerlar 
- bu turli valyutalarni bitimlar bo’yicha sotib olish va 
sotish kurslari kotirovkasini doimiy ravishda amalga oshiruvchi moliya 
muasassalari hisoblanadi.
Albatta, market-meykerlar faqatgina chet el valyutalarini milliy valyuta bilan 
solishtirmaydilar, balki ular milliy valyutaga tegmagan holatda chet el 
valyutalarini o’zlarini kotirovkalarini ham amalga oshirishlari mumkin.
Umuman, ma’lum bir valyutalarni emitenti bo’lgan mamlakatlarda shu 
valyuta bo’yicha market-meykerlar mazkur mamlakatda joylashgan bo’ladi. Evro 
bo’yicha yetakchi market-meykerlarni Germaniyadan, Shveytsariya franki 
bo’yicha esa, Shveytsariyadan topish mumkin.
Nisbatan kam banklar, butun dunyo bo’yicha valyuta kotirovkasini beradilar, 
shunday bo’lsada, Buyuk Britaniyaning keng tarmoqli kliring banklari kabilar o’z 
mijozlariga keng ko’lamda kotirovkalarini taklif etadi.
Valyuta bozorida kam uchraydigan valyuta bilan bog’liq operatsiyalarni 
tijorat banklarida diling bo’limini o’zi emas, balki qo’shimcha bo’limlar amalga 
oshiradilar. Kam uchraydigan valyutalar, asosan, valyuta bozori rivojlanmagan 
mamlakatlarda yoki chet el valyutasi bilan bog’liq operatsiyalarga ma’lum bir 
cheklovlar qo’yilgan mamlakatlarda uchraydi. Albatta, bunday cheklovlar 
mamlakat hududiga valyuta kirib kelishiga emas, balki ko’proq chiqib ketishiga 
joriy qilinishi keng qo’llaniladi. Agar, banklar ushbu (kam qo’llaniladigan) 
valyutalar bo’yicha mijozlarning talablarini bajara olmasa, ular o’zlarining 
filiallari yoki boshqa valyutalarda pul qabul qilish yoki to’lovni amalga oshirish 
maqsadida vakillik banklardan foydalanadilar. 
Valyuta bozorlarini quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash mumkin: 
1)
yoyilish ko’lamiga qarab: xalqaro va milliy valyuta bozorlari; 
2)
valyutaviy cheklovlarga nisbatan: erkin va erkin bo’lmagan valyuta 
bozorlari; 
3)
valyuta kurslari turiga ko’ra: bir rejimli va turli rejimli valyuta bozorlari; 
4)
tashkiliy darajasiga ko’ra: birja va birjadan tashqari valyuta bozori. 


300 
Xalqaro valyuta bozorlari dunyoning barcha davlatlari valyuta bozorlarini 
qamrab olib, pul oqimlari, tovar va xizmatlar harakatini, kapitalning qayta 
taqsimlanishini, xalqaro to’lov aylanmasida keng foydalaniladigan valyutalar 
bilan operatsiyalarni ta’minlaydi.
Milliy valyuta bozori – bu, birinchidan, bir davlatning valyuta bozori, ya’ni 
ushbu davlat hududida amal qiladi; ikkinchidan, mazkur davlat hududida 
joylashgan banklar tomonidan mijozlariga xorijiy valyutada xizmat ko’rsatish 
bo’yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar majmuidan iborat bo’ladi. 
Milliy valyuta bozorlari mamlakat ichkarisida pul oqimlarining harakatini 
ta’minlaydi va jahon moliya bozorlari bilan aloqalarga xizmat qiladi. 
Valyutaning konvertirlanishi umuman ta’minlanmagan sharoitda milliy 
valyuta bozori samarali faoliyat ko’rsata olmaydi. Konvertirlikka ega bo’lmagan 
pul birligi faqatgina davlatlararo munosabatlarda shartli hisob-kitob vositasi 
sifatida foydalanilishi mumkin. Bunday sharoitda “qora” bozorda “xufyona” kurs, 
ya’ni xorijiy valyutaning rasmiy konvertirlik bo’lmagan sharoitdagi bozor bahosi 
shakllanishi mumkin. 
Erkin valyuta bozori hech qanday valyutaviy cheklovlarsiz amal qilgani 
holda, erkin bo’lmagan valyuta bozorida valyutaviy cheklovlar mavjud bo’ladi. 
Bir rejimli valyuta bozori – bu valyuta kursining erkin suzish rejimi amal 
qiladigan bozor bo’lib, undagi kotirovkalar birja savdolarida talab va taklif 
asosida o’rnatiladi. Bunday valyuta bozori uzoq yillar mobaynida barqaror 
iqtisodiy rivojlanishning ta’minlanishi, shuningdek, valyutani tartibga solish va 
valyutaviy nazoratning bozor mexanizmiga xos shakllarini qo’llanishi uchun 
etarlicha shart-sharoit yaratilgan davlatlarda shakllanadi. 
Turli rejimli valyuta bozori – bu ko’p pog’onali valyuta kurslari rejimiga ega 
bo’lgan bozordir. Ushbu valyuta bozori davlatning kapital harakatini tartibga 
solishga qaratilgan maqsadlariga xizmat qiladi va ssuda kapitali bozorining 
mamlakat iqtisodiyotiga nisbatan ta’sirini cheklash va nazorat qilishga imkon 
beradi. 
Birja valyuta bozori – valyuta birjalari ko’rinishida namoyon bo’ladigan 
tashkiliy bozordir. Valyuta birjasi – bu valyuta va xorijiy valyutadagi qimmatli 
qog’ozlar savdolarini tashkil qiluvchi tashkilotdir. U tijorat tashkiloti emas, ya’ni 
uning faoliyati yuqori foyda olishga qaratilmagan.
Birjadan tashqari valyuta bozori mohiyatiga ko’ra banklararo valyuta bozori 
bo’lib, uning tashkilotchilari dilerlar hisoblanadi. Birjadan tashqari valyuta 
bozorida quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi: 

xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish operatsiyalari; 

naqd xorijiy valyutalar bilan amalga oshiriladigan valyuta-almashuv 
operatsiyalari; 


301 

forvard operatsiyalari; 

valyuta optsionlari bilan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari. 
Mazkur bozorda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish uchun 
vakolatli banklar o’z resurslari va jalb qilingan valyuta mablag’laridan 
foydalanishlari mumkin. 
Valyuta bozorlaridagi operatsiyalarning asosi bo’lib, tashqi savdo bo’yicha 
xalqaro hisob-kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va kreditlarning davlatlararo 
harakati hamda chet el valyutasini oldi-sotdi qilish bilan bog’liq boshqa hisob-
kitob operatsiyalari hisoblanadi.
Valyuta operatsiyalari vujudga kelishi uchun obyektiv asos bo’lib, tashqi 
savdo, kapitallar va kreditlarning harakati xizmat qiladi. Xalqaro mehnat 
taqsimoti yuzaga kelishi eksport-import operatsiyalarining yuzaga kelishiga 
asosiy sabab bo’ladi. 
Valyuta operatsiyalarining keng ko’lamda rivojlanishi tijorat banklariga 
ushbu bozorda erkin harakat qilishga va ayni vaqtda ularni tartibga solishga 
imkoniyat tug’diradi. 
Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, milliy iqtisodiyotni faqat shu 
mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan barcha ehtiyojlarni qondirib 
bo’lmaydi. Demak, mamlakatlar o’rtasida eksport-import operatsiyalari albatta 
amalga oshishi yuz beradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, valyuta bozorlarining ahamiyati milliy 
iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga yanada integratsiyalashuviga xizmat 
qilishida namoyon bo’ladi. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish