304
baholarni va ish haqlarini muzlatish kabilarni qamrab oladi. Uning asosiy
instrumentlaridan biri bo’lib, moliyaviy va pul-kredit choralari hisoblanadi:
byudjet defitsitini kamaytirish, Markaziy bankning hisob stavkalarini o’zgartirishi
(diskont siyosati); kredit cheklovlari; pul muassasining o’sib borishiga chegara
qo’yish. Iqtisodiy pasayish, ishsizlikning yuqori ko’rsatkichi va to’la
foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari sharoitida deflyatsiya siyosatini
qo’llash, ishlab chiqarish va bandlikning yanada pasayishiga olib keladi. Bu esa,
aholining turmush darajasiga sezilarli salbiy ta’sir ko’rsatib, vaziyatni yumshatish
bo’yicha tezkor chora-tadbirlar qo’llanilmasa, ijtimoiy nizolar keltirib chiqarishi
mumkin.
Devalvatsiya.
Bu milliy valyuta kursining pasaytirilishidir. Bu tadbir milliy
eksportni rag’batlantirish va importni jilovlash bilan bog’liq maqsadlarda amalga
oshiriladi. Ammo, to’lov balansini tartibga solishda devalvatsiyaning roli, uni
o’tkazish tartiblari va ularga hamkorlik qiluvchi mamlakatning umumiqtisodiy
va moliyaviy siyosatiga bog’liq bo’ladi. Devalvatsiya faqatgina, raqobatbardosh
tovarlarning eksport salohiyati va jahon bozoridagi qulay vaziyatlarning
mavjudligi sharoitidagina tovarlar eksportini rag’batlantirishi mumkin.
Devalvatsiyaning importni cheklashga ta’siri esa, mamlakatning importni
cheklash bo’yicha keskin choralar qo’llash imkoniyatlarining pasayishidan kelib
chiqadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, hamma mamlakatlarda ham
import o’rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarish siyosati muvaffaqiyatli
chiqavermaydi.
Devalvatsiya importni cheklashi bilan, mamlakat ichida tovarlar ishlab
chiqarish xarajatlari ortishiga, narxlarning ko’tarilishiga va oqibatda, tashqi
bozorlarda raqobatbardoshlik qobiliyatining yo’qolishiga olib keladi. Shuning
uchun, bu tadbir mamlakatga vaqtinchalik ustuvorlik berishi mumkin, ammo u
to’lov balansining defitsitini keltirib chiqaruvchi sabablarni to’liq bartaraf etishga
qodir emas. Kutilgan natijani olish uchun, devalvatsiya etarli darajada bo’lishi
zarur. Aks holda, u valyuta spekulyatsiyasini kuchaytiradi va valyuta kursini
qaytadan ko’rib chiqishga majbur qiladi. Masalan, 1967 yil noyabr oyida funt
sterlingni 13,4 foizga devalvatsiyasi va 1971 yil dollarning 7,89 foizga
devalvatsiya qilinishi, ushbu valyutalarga bo’lgan spekulyativ tazyiqni yo’q qila
olmadi. Devalvatsiyani amalga oshirgan mamlakat, raqobatda o’zi kutgan
ustuvorlikka ega bo’la olmasligi mumkin. Chunki, suzib yuruvchi kurs rejimining
qo’llanilishi to’lov balansini muvozanatlashtirish imkonini bermasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: