O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Yangi tarixiy maktab kontseptsiyalari



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

Yangi tarixiy maktab kontseptsiyalari
. 1870-yillarda yangi tarixiy 
maktab paydo bo’ldiki, uning boshlanishi nemis olimlarining (G.Shmoller, 
M.Veber, A.Vagner va boshqalar) nomlari bilan bog’liq. Davlat moliyasini tadqiq 
qilish bilan ko’proq A.Vagner shug’ullanib, u davlatning yordami bilan kapitalni 
jamg’arishning o’z echimini taklif etdi. Davlat faoliyatining (ma’muriy, sotsial-
madaniy va investitsion) hajmini (ko’lamini) kengaytirish nuqtai-nazaridan 
muammoni hal etishga yondoshib, u soliqqa tortishning to’qqiz printsipini ishlab 
chiqdi va ularni quyidagi guruhlarga birlashtirdi: 

yetarlilik va harakatchanlik; 

kerak bo’ladigan manba va ob’ektni tanlash; 

eng umumiylik va tenglik; 

aniqlik, qulaylik, arzonlik. 
Mohiyat jihatidan u A.Smitning ma’lum va mashhur printsiplarini to’ldirdi. 
Klassik burjua siyosiy iqtisodidan so’ng A.Vagner mamlakatda boylik va 
daromadlarni adolatli taqsimlashga erishish uchun davlat moliyadan foydalanishi 
mumkin deb hisobladi. 
Moliyaviy muammolar – markschilar asarlarida
. X1X asrning 
o’rtalaridan uning oxirigacha moliya fani marksistik ta’limotning ta’siri ostida 
bo’ldi. Kapitalizm sharoitida moliyaning mohiyati, ayrim moliyaviy 
kategoriyalarning roli va ahamiyati K.Marks (1813-1883 yillar) va F.Engels 
(1820-1895 yillar) tomonidan ishlab chiqildi. Albatta, davlat moliyasi 
masalalariga bag’ishlangan maxsus katta ishlar ularda bo’lmasa-da, shunday 
bo’lishiga qaramasdan kapitalizmning juda ko’p moliyaviy muammolari ularning 
qator asosiy asarlarida, jumladan “Siyosiy iqtisod tanqidi”, “Kapital” nomli 
asarlarida va X1X asrning o’rtalaridagi ingliz byudjetlari, 1840-yillardagi pruss 
va frantsuz byudjetlarining tavsifiga bag’ishlangan ko’psonli maqolalarida o’z 
aksini topdi. K.Marks monopolistik kapitalizmgacha bo’lgan davrdagi davlat 
byudjetlarining sinfiy xarakterini, davlat xarajatlarining unumsiz, xalqqa qarshi 
xarakterini ochib berdi va davlat qarzlarining soliqlar bilan bog’langanligini 
ko’rsatdi. 
Kapitalning dastlabki jamg’arilish metodlarini tadqiq qilib, ularning safiga 
birinchi navbatda, moliyaviy metodlar sifatida davlat xarajatlari, davlat krediti va 
soliq tizimini kiritdi. Uning fikricha, aynan ana shu metodlar kapital 
jamg’arilishining yuqori sur’atlarda o’sishini ta’minladi, kapitalistik ishlab 


320 
chiqarishning shiddatli rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoitlarni yaratdi. 
K.Marks va F.Engels eng muhim moliyaviy kategoriya hisoblangan 
soliqlarga jiddiy e’tibor berishdi. Ularning mohiyatini o’rganib, soliqlar barcha 
mehnatkashlar uchun qo’shimcha ekspluatatsiya qilishning quroli ekanligini 
doimiy ravishda ta’kidlab keldilar. Soliqqa tortishni baholashda K.Marks 
to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) soliqlarga va eng avvalo, daromad solig’iga
ustuvorlik bilan ahamiyat berdi va soliqqa tortish progressiv shakllarining 
himoyachisi sifatida maydonga chiqdi. Eng og’ir bo’lgan egri (bilvosita) 
soliqlarni u “kekirtakdan oladigan” progressiv soliqlar deb atadi. 
Davlat byudjetining mohiyatini tahlil qilib, u byudjetning asosiy masalasi 
byudjet daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi nisbat, ya’ni byudjetning qoldig’i 
(profitsiti yoki defitsiti) masalasidir, deb e’tirof etdi. Aynan ana shu qoldiq soliqqa 
tortishning qisqarishi yoki kengayishini aniqlab beradi. 
Biroq moliyaviy siyosat (davlat xarajatlari va protektsionizm) ta’siri ostida 
amalga oshiriladigan kapital jamg’arilishining oshib borishi bilan ishchilar 
sinfining ahvoli og’irlashib boradi, degan K.Marksning tasdig’i e’tirozga 
muhtojdir. U foyda, foiz, renta va ish haqi o’rtasidagi nisbatning davlat va uning 
moliyasi yordamida o’zgartilishi imkoniyatini (mumkinligini) inkor etgan edi. 
Ortiqcha ishlab chiqarishning tsiklik tanazzullari tahlilida davlatning iqtisodiy va 
shu jumladan, moliyaviy siyosati yordamida ularning kuchsizlanishi 
mumkinligiga yo’l qo’ymadi. 
X1X asrning oxiri va XX asrning boshlari 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish