roli va ahamiyati
Jahon
iqtisodiyotining
rivojlanish
jarayoni
xalqaro
moliya
munosabatlarining rivojlanish evolyutsiyasi bilan uzviy bog’liqdir. Xalqaro
moliya munosabatlari jahon xo’jaligining shakllanishi jarayonida alohida o’rin
tutadi.
Xalqaro moliya munosabatlari asta-sekin jahon xo’ja-ligining tarkibiy
elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro moliya munosabatlarini jahon
xo’jaligining rivoj-lanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida
baholash mumkin.
Jahon xo’jaligi – bozor iqtisodiyotining obyektiv qonuniyatlariga
bo’ysunuvchi xalqaro moliya munosabatlari orqali o’zaro bog’liq milliy
iqtisodiyotlar yig’indisi sifatidagi global iqtisodiy tizimdir.
Jahon xo’jaligining barqaror rivojlanishida alohida olingan milliy
iqtisodiyotlar holati muhim o’rin tutadi. Chunki, milliy iqtisodiyotlar jahon
iqtisodiyotining asosiy subyekti hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida uning tashqi dunyo bilan aloqalari
holati, mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki muhim o’rin
tutadi. Mamlakatning xalqaro moliya
munosabatlaridagi ishtirokining
kuchayishida xalqaro moliya munosabatlarini amalga oshirish mexanizmlarini
samarali tarzda tashkil etish bilan uzviy bog’liqdir.
Ta’kidlash joizki, xalqaro moliya munosabatlarining predmeti ikkita muhim
tarkibiy qismni o’ziga qamrab oladi, ya’ni xalqaro moliyaviy munosabatlar va
ularni amalga oshirish mexanizmi. Ma’lumki, mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro
moliya munosabatlari muayyan mexanizm orqali amalga oshiriladi, bunda
xalqaro tashkilotlar tomonidan belgi-langan me’yoriy normalar, davlatlararo
darajadagi shart-noma va bitimlar, mamlakatlar o’rtasida o’zaro qabul qilingan
kelishuvlarga amal qilinadi.
Xalqaro moliya munosabatlari mexanizmiga huquqiy normalar va ularni
amalga oshirish vositalari (shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar, rezolyutsiya va
konventsiya) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan yo’l-
yo’riqlarni amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro moliya tashkilotlari
kiradi.
Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo’jaligi tizimida tez-tez takrorlanib
turuvchi turli xil darajadagi kompleks, alohida olingan bir mamlakat va ularning
hududiy birlashmalari va subyektlari, alohida tashkilotlar o’rtasidagi aloqalarni
o’z ichiga oladi.
Xalqaro moliya munosabatlari tuzilmaviy jihatdan quyidagilarni o’rganishni
taqozo etadi:
289
–
xalqaro valyuta munosabatlari;
–
xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar;
–
xalqaro savdo munosabatlari;
–
investitsiyalar va kapitalning xalqaro harakati;
–
mamlakatlar to’lov balanslarini boshqarish;
–
xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
–
xalqaro moliya tashkilotlari faoliyati va boshq.
Xalqaro moliya munosabatlarining obyektiv asosini xalqaro mehnat
taqsimoti va jahon xo’jaligi hamda undagi iqtisodiy aloqalar tizimi tashkil qiladi.
Hozirgi zamon jahon xo’jaligi milliy iqtisodiyotlar yig’indisidan iborat bo’lgan
global iqtisodiy tizim bo’lib, bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga, xalqaro
mehnat taqsimotiga, ishlab chiqarish va kapitalning xalqaro harakatiga muvofiq
tarzda o’zgarib boradi.
Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishining milliy iqtisodiyotga ta’siri
quyidagi muhim xususiyatlar orqali namoyon bo’ladi:
Moliyaviy globallashuv jarayoni. Mazkur jarayon quyidagi o’zgarishlarni
o’z ichiga qamrab oladi:
–
mamlakatlarni jahon iqtisodiyotidagi jarayonlarga jalb etish;
–
ishchi kuchi, texnologiya, kapital, mahsulotlar va xizmatlarning global
bozorlarini barpo etish;
–
jahon xo’jalik aloqalarining global infratuzil-masini yaratish;
–
xalqaro moliya munosabatlari bilan milliy iqtiso-diyotning qoidalarini
universallashtirish;
–
yirik ishlab chiqarishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish tarmoqlarini
vujudga keltirish.
Iqtisodiy integratsion hudud va birlashmalarning tashkil topishi. Milliy
iqtisodiyotlarning xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan holda iqtisodiy jihatdan
birlashish jarayoni hisoblanadi.
Xalqaro moliya bozorlaridagi o’zgarishlar. Milliy iqtisodiyotda faoliyat
ko’rsatayotgan moliya institutlarining jahon moliya bozorlaridagi ishtirokini
muvofiqlashtirib boradi.
Global raqobatlashuv jarayonining keskinlashuvi. Ushbu holat, milliy
iqtisodiyotlar tomonidan jahon bozorlarida o’rin egallash uchun yuqori sifatli
mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida vujudga keladi.
Transmilliy korxonalar va transmilliy banklar rolining ortib borishi. Bu
holat, jahon iqtisodiyotida transmilliylashish jarayoni kuchayishi, ya’ni, alohida
mamlakatlarga yoki bir nechta mamlakatlarga tegishli xalqaro korxonalar va
banklar faoliyatining rivojlanishi, ular tomonidan xorijiy filiallarning
kengaytirilishi orqali yuzaga keldi.
290
Mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi. Mazkur
holat, milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo uchun ochiqlik darajasi orqali
ifodalanadi. Bunda, xalqaro moliya munosabatlarining ishtirokchilari uchun
muayyan shart-sharoitlarning yaratilishi, xususan, xalqaro savdoda bojlarning
pasaytirilishi, xorijiy investorlarni keng jalb etishga qaratilgan qulay investitsiya
muhitining yaratilishi hamda valyuta cheklovlarining bekor qilinishi kabi
tadbirlar amalga oshirilishi muhim o’rin tutadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarning xalqaro me’yoriy-huquqiy bazasini qabul
etilishi.
Mamlakatlar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlarni xalqaro jihatdan
tartibga solish va nazorat qilish tizimini tashkil qilinishi.
Alohida olingan milliy iqtisodiyotning xalqaro moliya munosabatlaridagi
ishtirokini bir necha miqdoriy ko’rsatkichlar bilan tavsiflash mumkin:
– eksport kvotasining miqdori, bunda eksport hajmi YaMMga nisbatan
foizda hisoblanadi;
–
import kvotasining miqdori, bunda import hajmi YaMMga nisbatan foizda
hisoblanadi;
–
tashqi savdo kvotasining miqdori, bunda tashqi savdo aylanmasi hajmi
YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi.
Mazkur ko’rsatkichlarni hisoblash asosida mamlakatning xalqaro moliya
munosabatlaridagi ishtirokini baholash mumkin.
Jahon
iqtisodiyotida
ro’y bergan o’zgarishlar xalqaro moliya
munosabatlarining istiqbolda rivojlanish tendentsiyalarini belgilab berdi:
–
xalqaro moliya munosabatlari sohasida ikki tomonlama munosabatlardan
ko’p tomonlama munosabatlarga o’tish;
–
jahon xo’jaligida xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;
–
xalqaro savdo munosabatlarining an’anaviy tovarlar savdosidan milliy
ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita xizmat ko’rsatish vositasiga aylanib
borishi;
–
kapital migratsiyasining globallashuvi;
–
hududiy iqtisodiy integratsiya jarayonlarining yanada kengayishi va
jadallashuvi.
Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida kapital-ning xalqaro harakati,
ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar shaklida u yoki bu mamlakatga
kirib borishi, shuningdek, xalqaro savdoning mahsulotlar, turli xizmatlar
ko’rsatish, texnologiyalar sohasidagi rivoji ijobiy omil sifatida ta’sir
ko’rsatmoqda.
Jahon savdosining o’sishi, ishlab chiqarishning ixtisos-lashuvi va
kengayishi, xalqaro kapital harakatining rivoji, chegaralararo tovarlar, xizmatlar
291
hamda
ishchi
kuchi
migratsiyasi
xalqaro
moliya
munosabatlarining
rivojlanishiga, shuningdek, jahon moliya bozorlarining taraqqiy etishiga hamda
transmilliy korxonalar faoliyatining kengayishiga, xalqaro moliyaviy faoliyatning
boshqa jabhalarini jadal-lashuviga imkon yaratdi
Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro moliyaning vazifalari sifatida
quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
–
milliy iqtisodiyotlarning yagona xalqaro tizimga integratsiyalashuvini
ta’minlash;
–
xalqaro savdo hamda tovarlar, xizmatlar va kapital ayirboshlashning
oqilona harakatini tashkil etish;
–
milliy iqtisodiyotlarni xalqaro iqtisodiy va moliyaviy o’zgarishlarga
moslashtirish;
–
mamlakatlarning milliy moliyaviy siyosatini yuriti-shida tavsiyalar berish.
Xalqaro moliya munosabatlari tarkibiga xalqaro aylanmaga kelib tushgan va
xalqaro iqtisodiy munosabatlarda, ya’ni rezedentlarning tashqi dunyo bilan yuzaga
keladigan munosabatlarida qo’llaniladigan moliyaviy munosabatlar tizimi
kiritiladi. Xalqaro moliya quyidagilarga xizmat qiladi:
Birinchidan, turli mamlakat rezedentlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarga va
o’zaro hamkorlikka;
Ikkinchidan, jahon mamlakatlarining turli xil moliyaviy institutlar bilan
yuzaga keladigan o’zaro munosabatlariga;
Uchinchidan, turli mamlakatlar rezidentlarining xalqaro moliya bozorlaridagi
operatsiyalarini tashkil etishga.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida xalqaro moliya munosabatlari
tobora rivojlanib bormoqda. Bunda, avvalo mamlakatlar o’rtasidagi savdo
munosabatlarining taraqqiy etishi alohida o’rin tutmoqda. Ushbu holat o’z
navbatida xalqaro valyuta munosabatlari va xalqaro xisob-kitoblarning
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |