O‘zbekistondagi industrlashtirish siyosati va uning mustamlakachilik mohiyati. O‘zbekistonning 30-yillardagi butun kuch imkoniyatlari hukmron partiyaning «sotsialistik qurilish»



Download 12.65 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi12.65 Kb.

Aim.Uz

O‘zbekistondagi industrlashtirish siyosati va uning mustamlakachilik mohiyati.

O‘zbekistonning 30-yillardagi butun kuch imkoniyatlari hukmron partiyaning «sotsialistik qurilish», deb atalgan bosh jarayonini amalga oshirishga qaratilgan edi. Respublika komfirqasi butun ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy va madaniy hayot sohalariga rahbarlik qilar edi. 1929 yildagi firqani tozalash jarayonida a’zolarning 15,6% uning saflaridan chiqarildi. Yuqoridan berilgan ko‘rsatma asosida sho‘rolarning ahamiyati qisqartirilib, jamoat tashkilotlari qayta tuzildi. Ularning a’zolari soni majburiy tarzda soni ko‘paytirildi. 1940 yilda 600 mingdan ko‘p kasaba uyushmasi, 400 ming nafarga yaqin komsomol a’zolari bor edi. Bu davrda faoliyat ko‘rsatgan ommaviy ko‘ngilli jamiyatlar: MOPR (ishchilarga yordam beruvchi xaqaro jamiyati), qizil yarim oy jamiyatlari ham qayta tuzildi.

Hukmron firqa rahbarligida hamma narsa besh yillik rejalarni bajarish ishiga safarbar etildi. (1928G‘29-1932G‘33 xo‘jalik yillari - 1 besh yillik, 1933-1937yy - 2 besh yillik, 1938-1941yy - 3 besh yillik). Bu besh yilliklar hukmron firqaning buyruqbozlik usuli va zo‘raki tashabbuskorlik yo‘li bilan amalga oshirila boshladi.

Ma’muriy buyruqbozlik tizimi va firqaning yakka hokimligi ta’siri ostida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga qonuniylik tusini berish, sotsialistik qurilish amaliyotini, uning muvaffaqiyatini maqtab, ko‘klarga ko‘tarish uchun stalincha rahbariyat shu o‘zgarishlarni mamlakatning asosiy qonunida mustahkamlab qo‘yadigan konstitutsiya qabul qilishni zarur deb topdi va 1936 yilning noyabrida sobiq Ittifoq sho‘rolarining VIII syezdida yangi konstitutsiya qabul qilindi. Uning asosida 1937 yil fevralida respublika sho‘rolarining favqulodda VI qurultoyida O‘zbekiston konstitutsiyasi ham qabul qilinadi. Bu konstitutsiyada ham O‘zbekiston barcha respublikalar qatori teng huquqli deb rasman e’lon qilingan bo‘lsa-da, biroq u hamma narsaga qodir markazga tobeligicha, qaramligicha qolaverdi.

Mazkur konstitutsiyaga muvofiq, 1938 yil 25 iyunda respublika Oliy Kengashiga saylovlar o‘tkazildi. Uning 1 sessiyasi O‘zSSR Oliy Kengashi rayosatini sayladi va respublika xalq komissarlari kengashini tuzdi.

1939 yil 29 dekabrda esa, O‘zSSR mahalliy sho‘rolariga saylovlar o‘gkazildi.

Respublikada ma’muriy-iqtisodiy rayonlashtirish jarayoni takomillashib bordi. 1941 yilning 6 martida Andijon, Namangan va Sirdaryo viloyatlari tuzildi.

1940 yilning sentyabrida O‘zSSR Xalq Komissarlari kengashi qoshida «Iqtisodiy kengash» tashkil etildi, O‘zbekiston Davlat nazorati xalq komissarligi tuzildi. U davlat mablag‘lari va moddiy boyliklarini hisobga olish, sarf-xarajatlar ustidan qattiq nazorat o‘rnatish, hukumat qarorlarining ijrosini tekshirish uchun tashkil etilgan edi.

1920-yillar oxiri 30-yillarning boshlarida industrlashtirishning salbiy holatlari O‘zbekistonda ham ko‘rina boshladi. Rahbariyatdagi o‘ta jadal industrlashtirish tarafdorlari qishloq xo‘jaligi hisobidan industrlashni talab qildilar. Ularning muxoliflari esa industrlashtirish asosida sanoatni o‘stirish bilan faravonlikni yuksaltirish va qishloq xo‘jaligini ixtiyoriy suratda kooperatsiyalashni oqilona birga qo‘shib olib borish tarafdori bo‘ldilar. «Xalqlar otasi» Stalin esa, birinchi nuqgai nazarni qo‘llab quvvatladi. Shu tariqa industrlashtirishning oqilona yo‘li-yu, 5 yillik rejalari buzildi.

O‘zbekistonda ahvol butunlay o‘zgacha eda. Chunki u agrar respublika edi. Bu yerda qishloq xo‘jaligi maqsulotlari salmog‘i 60% dan ko‘proqni, sanoat esa 40% dan kamroqni tashkil etardi. Bundan tashqari, sanoat ishlab chiqarishining 90% ga yaqini qishloq xujalik ashyolarini ishlashga asoslangan edi. Og‘ir industriya endigiia rivojlanayotgan respublikamiz mamlakatning asosiy paxta bozasiga aylanib qolgan edi.

Birinchi besh yillikda (1928G‘29-1932G‘33 yy.) 192 ta yangi sanoat korxonasi, (o‘sha davr rasmiy ma’lumotlari bo‘yicha) shu jumladan. Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozlik zavodi, Quvasoy sement va ohak zavodlari ishga tushirildi. Chirchiqstroy, Olmaliqstroy, Toshkent to‘qimachilik kombinati qurilishi davom ettirildi. 1932 yilga kelib, og‘ir sanoat salmog‘i 8,8%ni, mashinasozlik salmog‘i 1,3%ni, yengil sanoat salmog‘i 69,3 %ni tashkil etdi. Shu yili O‘zbekistonda paxta tolasining 90 %, sementning 50 %, o‘simlik moyining 56%dan ortig‘i, xom ipakning 42 % ishlab chiqarildi.

Ikkinchi besh yillikda (1933-1937 yy.) ham O‘zbekistonni asosiy paxta bazasi sifatida ixtisoslashtirish ko‘zda tutilgan edi. Bu besh yillikda respublikada 189 ta sanoat korxonalari va elektr stansiyalari ishga tushirildi. Shu besh yillik davomida respublikada xunarmandchilik kooperatsiyasining yalpi mahsuloti deyarlik 3 barovar ko‘paydi.

Uchinchi besh yillikning (1938-1941 yy.) dastlabki yillarida ham ko‘plab korxonalar, jumladan eng yirik Chirchiq elektr kimyo kombinati qurilib ishga tushirildi.

Biroq O‘zbekiston Respublikasi mamlakatni industrlashtirish va uning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlasiga katta hissa qo‘shgan bo‘lsa ham, u xom ashyo olib chiqib ketiladigan o‘lka bo‘lib qolaverdi.

Jadal industrlashtirish mablag‘lari mehnatkashlar zimmasiga og‘ir yuk bo‘lib tushadi. Industrlashtirish ishchilar sonining ko‘payishiga olib keladi. Birgina birinchi besh yillik davomida yirik sanoatdagi ishchilar soni 3,5 barobar ko‘paydi. Ularning yarmidan ko‘prog‘ini mahalliy kadrlar tashkil eta boshladi. Kadrlarni ishlab chiqarishdagi o‘qur kurslar va hunar-texnika bilim yurtlari tayyorlab bera boshladi. Mahalliy kadrlar Moskva, Sank-Peterburg, Ivanovo-Voznesenskda ham o‘qitildi. 1940 yilda sanoatdagi ishchilar soni 142 ming nafarga yetadi.

Ammo shu narsa haqiqatki, malakali ishchilar va muhandis-texnik xodimlarning aksariyatini ovro‘polik millatlar vakillari tashkil etardi.

Oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun O‘rga Osiyo industriya iistituti, temir yo‘l transporti, to‘qimachilik institutlari ish boshladi.

Sifat darajaga e’tibor berilmasa ham jadallashtirish uchun «sotsialistik musobaqalar» boshlandi. Novatorlar mehnat qaxramonlari sifatida ko‘llab-quvvatlandi. Musobaqalashuv 1935 yilda eng yuqori darajaga yetib, «Staxanovchilik harakati» nomini oldi.



Ayni vaqtda nihoyat darajada zo‘r berib qilingan mehnat ana shu iqtisodiy imkoniyatni yaratuvchilarning moddiy farovonligiga amalda hech bir ta’sir etmas edi.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa