O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

5.
 
Jamg’armalarni shakllantirish va ishlatish
 
Barcha majburiy xarajatlar amalga oshirilganidan, zaruriy tovarlar va 
xizmatlar sotib olinganidan so’ng qolgan bo’sh pul mablag’lari uy 
xo’jaliklarining jamg’armalarini tashkil etadi. Jamg’armalar, kechiktirilgan 
iste’mol demakdir. Uy xo’jaliklari jamg’armalari tashkil topishi jarayonining 
asosida ehtiyojning amalda mavjud bo’lgan darajasi va ularni qondirishning iloji 
yo’qligi o’rtasidagi ziddiyat yotadi. Ehtiyojlar darajasini qondi-rishning tashqi 
cheklovchisi (chegaralovchisi) tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish 
imkoniyatining cheklangan-ligi hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti barqaror rivojlangan mamlakatlarda uy xo’jaliklarining 
jamg’armalariga ham alohida rol ajratilgan. Chunki iqtisodiy o’sish 
investitsiyalarning muhim manbai bo’lgan jami jamg’armalarning darajasi bilan 
uzviy bog’langan. O‘z navbatida, jamg’armalarning mavjudligi esa mamlakat 
boyligining belgilaridan biridir. Jamg’arma munosabatlari sohasida quyidagi ko’p 
tomonlamali aloqa-lar, manfaatlar va maqsadlar vujudga keladi va qo’shilib 
ketadi: 

takror ishlab chiqarish aloqalari, manfaatlari va maqsadlari. Bunda 
jamg’armalar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning muhim tarkibiy qismi 
sifatida maydonga chiqadi; 

uy xo’jaliklari jamg’armalarining aylanishi va milliy iqtisodiyot moliya-
bank sektorining faoliyat ko’rsatishi bilan bog’langan pul-moliyaviy aloqalar, 
manfaatlar va maqsadlar; 

aholi turmush darajasining o’sishiga yo’naltirilgan ijtimoiy aloqalar, 
manfaatlar, maqsadlar. 
Uy xo’jaliklarining jamg’armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish 
ijtimoiy takror ishlab chiqarishning hajmlari, muvozanat va taraqqiyotning 
umumiy maroiqti-sodiy nisbatlari bilan belgilanadi. Jamg’armalarning miqdoriy 
o’zgarishiga aholi nominal va real daromad-larining o’sish (kamayish) sur’atlari, 
inflyatsiya, yakuniy iste’molga mo’ljallangan xarajatlarning o’zgarishi ta’sir 


279 
ko’rsatadi. Uy xo’jaliklari jamg’armalarining o’sishi, ular-dan oqilona va 
samarali foydalanish investitsion faollikni oshirish, iqtisodiy taraqqiyot va aholi 
turmush darajasining o’sishi muammolarini hal etishga yo’nalti-rilgan davlat 
makroiqtisodiy va moliya-kredit siyosatining eng muhim vazifalaridan biri 
hisoblanadi. 
Jamg’armalarni quyidagi turli belgilarga ko’ra tasnif-lash mumkin: 

jamg’arish(ma) jarayonining maqsadlariga ko’ra; 

sabablari nuqtai-nazaridan; 

jamg’armalarni to’plash shakllari bo’yicha. 
Jamg’arish(ma) jarayonining maqsadlariga ko’ra jamg’ar-malarni
quyidagilarga ajratish mumkin: 

joriy jamg’arma fondlari (uzoq muddat foydalanishga mo’ljallangan 
tovarlarni sotib olish); 

sug’urta jamg’arma fondlari; 

investitsion jamg’arma fondlari. 
Jamg’armalarning joriy fondlari qisqa muddatli xarakterga ega, naqd 
mablag’larni qo’shib olgan holda, yuqori likvidli aktivlarda jamg’ariladi 
(to’planadi). 
Sug’urta jamg’arma fondlari ko’zda tutilmagan holatlar (vaziyatlar) va 
qarilik uchun mo’ljallangan jamg’armalardan iborat bo’lib, ular uzoq muddatli 
hisoblanadi va ularni jamg’arish jarayoni tugamagunga qadar kamroq likvidli 
bo’lishi mumkin. 
Investitsion 
jamg’arma 
fondlari 
iste’mol 
ehtiyojlari 
uchun 
mo’ljallanilmaydi. Ularning bosh maqsadi daromad keltiruvchi aktivlarga 
investitsiya qilishdan iboratdir. 
Sabablari nuqtai-nazaridan uy xo’jaliklarining jam-g’armalari motivatsiyali 
va motivatsiyasiz bo’lishi mumkin. Bu tasniflashga muvofiq maqsadli 
jamg’armalar motivatsiyali jamg’armalar sifatida talqin qilinadi. Biroq 
jamg’arma-larning sabablarini hamma vaqt ham aniqlashning iloji bo’lmasligi 
mumkin. Ular ehtiyojning darajasiga nisbatan qiyoslaganda to’lovga layoqatlilik 
imkoniyatining oshishi va ishlab chiqarishning imkoniyatlari natijasida vujudga 
kelishi mumkin. Bunday jamg’armalar motivatsiyasiz jamg’armalar deyiladi. 
Agar to’lovga layoqatli talab va ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi tizimli 
xarakterda bir-biriga mos kelmasa, ular majburiy jamg’armalar nomini olishi 
mumkin.
To’plash (yig’ish) shakllari bo’yicha jamg’armalarni bog’lanmagan (tashkil 
qilinmagan) va bog’langan (tashkil qilingan) shakllarga ajratish mumkin. Naqd 
pullar shaklida uy xo’jaliklari bo’sh pul mablarining jamg’arilishi jamg’arma-
larning bog’lanmagan (tashkil qilinmagan) shakli hisobla-nadi. Agar 


280 
jamg’armalarni yig’ish moliyaviy bozor instrumentlariga joylashtirish, shu 
jumladan, bank omonatlari va boshqa investitsion institutlari yordamida amalga 
oshirilsa, uy xo’jaliklari jamg’armalarining bunday shakli bog’langan (tashkil 
qilingan) jamg’armalar deyiladi. Jamg’armalarning bog’lanmagan (tashkil 
qilinmagan) shakllari ustuvor tarzda pulli shaklda bo’lsa, ularning bog’langan 
(tashkil qilingan) shakllari turli quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’lishi 
mumkin: 

mablag’larni ishlab chiqarishga to’g’ridan-to’g’ri; 

mablag’larni ishlab chiqarishga bilvosita joylashtirish. Bunda 
mablag’larni to’plash va ularni joylashtirish bilan ixtisoslashtirilgan moliyaviy 
institutlar shug’ullanadi. Bunga misol tariqasida davlat qimmatli qog’ozlarini 
sotib olish, bank depozitlari, investitsion fondlarning hissasini (ulushini) sotib 
olish va boshqalarni ko’rsatish mumkin. 
Hozirgi paytda uy xo’jaliklarida mablag’larni jamg’a-rish jarayoni, ma’lum 
darajada, ziddiyatli hisoblanadi. Bir tomondan, keyingi yillarda unda ba’zi bir
ijobiy tendentsiyalar ko’zga tashlanayaptiki, xususan, ular quyida-gilarda 
namoyon bo’layapti: 

keyingi yillar davomida uy xo’jaliklariga tegishli bo’lgan moliyaviy 
aktivlarning absolyut o’sishi bir necha martaga oshdi; 

bog’langan (tashkil qilingan) jamg’armalar absolyut va nisbiy jihatdan 
ham o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan; 

mamlakatda tegishli investitsion muhit mavjud bo’lsa, jamg’armalarga 
ega bo’lgan va ularni investitsiyalarga joylashtirishi mumkin bo’lgan uy 
xo’jaliklarining guruh-lari shakllandi; 

uy xo’jaliklari jamg’armalarini investitsiyalarga transformatsiya qiluvchi 
(aylantiruvchi) moliyaviy instrumentariylar (vositalar, dastaklar) kengaymoqda: 
ipotekaviy kreditlashtirish rivojlanayapti; investitsion fondlar, nodavlat pensiya 
fondlari, sug’urta korxonalari faol faoliyat ko’rsatayapti; 

tijorat banklari (shu jumladan, “Xalq banki” va boshqa banklar) o’rtasidagi 
raqobatning kuchayishi aholi mablag’-larini jalb qilish shakllari va metodlarining 
rivojlanishiga o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatdi: taqdim etiladigan xizmatlar doirasi
kengaydi, omonatlarning yangi turlari yaratildi va boshqalar; 

jismoniy shaxslar omonatlarini qisman kompensatsiya qilishni ko’zda 
tutuvchi xususiy omonatlarni majburiy sug’urta qilish tizimining yaratilishi bank 
tuzilmalariga bo’lgan ishonchning o’sishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi va uy xo’jaliklari 
jamg’armalar bog’langan shakllarining imkoniyatlarini kengaytiradi; 

jamg’arma jarayonlarida foydalaniladigan moliyaviy instrumentlar 
daromadlik darajasining bir-biriga yaqinlashuvi yangi moliyaviy piramidalarni 
yaratish yo’liga to’siq bo’lib xizmat qiladi. 


281 
Bir vaqtning o’zida jamg’armalar hamon o’zlarining investitsion salohiyatini 
to’liq amalga oshirmayapti va uy xo’jaliklari daromadlarining qo’shimcha 
manbalariga to’liq aylanmayapti. Buning ustiga hozirga qadar uy xo’jaliklari 
jamg’arma fondlarining o’sishi iste’mol fondi hisobidan, ya’ni daromadlar tarkibiy 
tuzilmasining sifat jihatidan o’zgarishi natijasida emas, balki iste’molning iqtisod 
qilinishi hisobidan amalga oshirilayotir. 
Jamg’arish jarayonining sog’lomlashtirilishi iqtisodiyot va ijtimoiy soha 
rivojlanishini muvozanatlashtirish va ularning barqarorligini ta’minlash bilan uzviy 
bog’langan. Bu narsa, o’z navbatida, ishlab chiqarish va iste’mol, daromadlarni 
taqsimlash va ulardan foydalanish, moliya va pul muomalasi sohalaridagi saqlanib 
qolgan nomutanosibliklarga barham berilishini taqozo etadi. 
Hozirgi sharoitda uy xo’jaliklari jamg’armalari mexa-nizmini takomillashtirish 
quyidagi bir necha yo’nalish-lar orqali amalga oshirilishi kerak: 

aholi real daromadlari va sotib olish qobiliyatining o’sishini ta’minlash. Bu 
narsa uy xo’jaliklari jamg’arma-larga nisbatan moyilligining o’sishiga o’z ta’sirini 
ko’rsatadi; 

mablag’larni investitsion jarayonlarga jalb qilish uchun valyutalarni sotib 
olishga xarajat qilinadigan jamg’armalarning bog’langan shakllari rolini ko’tarish va 
moliyaviy oborotga (aylanmaga) “aholi qo’lidagi pullarning o’sishi” moddasi 
bo’yicha mablag’larni kiritish; 

jamg’armalarni investitsion resurslarga aylantiradigan (transformatsiya 
qiladigan) institutlar va instru-mentlarni rivojlantirish. Buning uchun bank va moliya 
xizmatlarini diversifikatsiya qilish va kengaytirish, eng avvalo, badalli investitsion 
fondlar va sug’urta korxonalari singari jamoa investorlari institutlari rivojlanishini 
yangi sifat darajaga o’tkazish, korporativ obligatsiyalar bozorini shakllantirish kerak 
va h.k.; 

yaxlit olgan holda investitsion iqlimni va jamg’armalar bozorining 
investitsion muhitini yaxshilash. Bu yo’nalish bo’yicha investitsion jarayonlarni 
davlat tomonidan tartibga solish va rag’batlantirishning roli yuqori bo’lmog’i lozim. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish