4.
Uy xo’jaliklari xarajatlari
Uy xo’jaliklari tomonidan iste’molga, majburiy to’lovlarni amalga
oshirishga va jamg’arishga yo’naltiri-ladigan pul mablag’lari uy xo’jaliklari
byudjetlarining xarajatlar qismini tashkil etib, ularning xarajatlari deyiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda uy xo’jaliklarining xarajatlari quyidagi omillar bo’yicha
tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi):
davriylik nuqtai-nazaridan;
xarajatlarning turlari bo’yicha;
xarajatlarning funktsional mo’ljallanganlikka bog’liq-ligiga ko’ra;
majburiylik darajasi bo’yicha;
to’lovlarning avtonomlilik xarakteriga ko’ra;
iste’mol va jamg’arishga yo’naltirilayotgan real pul xarajatlarining turlari
bo’yicha.
Davriylik nuqtai-nazaridan uy xo’jaliklarining xara-jatlari quyidagilarga
bo’linadi:
qisqa muddatli xarajatlar;
o’rta muddatli xarajatlar;
uzoq muddatli xarajatlar.
Xarajatlarning turlari bo’yicha uy xo’jaliklarining xarajatlari quyidagilardan
tarkib topadi:
joriy xarajatlar;
kapital xarajatlar.
Uy xo’jaliklarining xarajatlari funktsional mo’ljal-langanligiga ko’ra
quyidagilardan iborat:
shaxsiy iste’mol xarajatlari;
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;
pul to’planmalari va jamg’armalar.
Avtonomlilik xarakteriga ko’ra uy xo’jaliklarining xarajatlari ikkiga
bo’linadi:
daromadlarning hajmiga bog’liq bo’lmagan va hayotiy minimum
darajasiga rasman muvofiq keluvchi avtonom (qat’iy) xarajatlar;
daromadlarning dinamikasiga bog’liq bo’lgan elastik xarajatlar.
Ayrim hollarda uy xo’jaliklari xarajatlarining ana shunday tasniflanishi
(klassifikatsiya qilinishi) doirasida kam elastikli xarajatlar alohida guruhga
275
ajratiladi va uning tarkibiga uy-joy kommunal xizmatlari va transport chiqimlarini
to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar kiri-tiladi.
Real pul xarajatlarining turlari bo’yicha ham uy xo’jaliklarining xarajatlari
ikki guruhdan tashkil topadi:
iste’molga yo’naltirilgan xarajatlar;
jamg’arishga yo’naltirilgan xarajatlar
Uy xo’jaliklarining iste’molga yo’naltirilgan xarajat-lari (iste’mol
xarajatlari) ular tomonidan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga sarf
qilinadigan ega bo’lingan daromadning bir qismidan iborat. Iste’mol
xarajatlarining miqdori quyidagilarga bog’liq:
ega bo’lingan daromadga;
baholar darajasiga;
iste’molchilarning mol-mulklariga;
real foiz stavkalariga;
iste’mol bo’yicha qarzdorlikning miqdoriga;
iste’molchilarning soliqqa tortilish darajasiga.
Uy xo’jaliklari byudjetlaridagi iste’mol xarajatlari subyektiv omillarga ham
ta’sirchan bo’lib, ularning orasi-dan quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish
mumkin:
iste’mol qilishga bo’lgan intilishning chegarasi;
baholarning o’zgarishiga nisbatan iste’molchilarning kutuvchanligi;
pul daromadlari;
soliqlar;
tovarlarning mavjudligi;
va boshqalar.
Makroiqtisodiy nuqtai-nazardan uy xo’jaliklari byud-jetlarining iste’mol
xarajatlari ikki eng muhim xususiyatga ega:
birinchidan, iste’mol xarajatlari yalpi mahsulot doiraviy aylanishi
modelida yalpi talab va yalpi xarajatlarni tashkil qilishning eng katta qismi
hisoblanadi;
ikkinchidan, uy xo’jaliklari byudjetlarining iste’mol xarajatlari qisqa
muddatli davrda bandlik va investitsiyalar darajasini tartibga solish orqali ta’sir
etish mumkin bo’lgan yalpi talabning nisbatan barqaror tarkib toptiruvchisidir.
Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlari tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va
dinamikasini tahlil qilish, odatda, aholining daromadlari va xarajatlari balansi
asosida amalga oshiriladi. Bu balansning eng umumiy ko’rinishi quyidagicha
bo’lishi mumkin:
276
Do'stlaringiz bilan baham: |