3.
Uy xo’jaliklari daromadlari
Ma’lum bir davrda uy xo’jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul
mablag’lari summalari ularning daro-madlari deyiladi. Bunday daromadlar turli
shakllarda namoyon bo’ladi, miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari tizimi bilan
o’lchanadi, iqtisodiy mazmuniga ko’ra turli manba-lardan tashkil topadi.
Eng umumiy ko’rinishda, uy xo’jaliklarining jami daro-madlarini ikki
guruhga ajratish mumkin:
uy xo’jaliklarining natural shakldagi daromadlari;
uy xo’jaliklarining pul shaklidagi daromadlari.
Natural daromadlar tovar shakliga ega emas va ular o’z-o’zini ta’minlashga
mo’ljallangan uy xo’jaligi a’zolari mehnatining natijasidan iborat bo’ladi.
Ularning tarki-biga quyidagilar kirishi mumkin:
tomorqadan olingan mahsulotlar;
268
uy xo’jaliklarida iste’mol qilinadigan va qishloq xo’jaligi korxonalaridan
olingan natural to’lovlar.
Rasmiy (shakliy) belgisiga ko’ra (mablag’lar tushumining natural shakli
bo’yicha) uy xo’jaliklari daromadlarining bu guruhiga natural shakldagi sotsial
transfertlarni va ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan (berilgan) natural
ko’rinishdagi imtiyozlarni ham kiritish mumkin. Biroq moliyaviy nuqtai-
nazardan, bu mablag’lar uy xo’jalik-larining o’z-o’zini ta’minlash funksiyasini
ifodalovchi natural daromadlar bo’la olmaydi va ular pul mablag’-larining
defitsitligi sharoitida kompensatsion instru-mentlar sifatida xizmat qiladi.
Umuman olganda, uy xo’jaliklarining jami daromad-larida natural
daromadlarning salmog’i uncha katta bo’lmagan qismni tashkil etadi. Shunday
bo’lishiga qaramas-dan, uning salmog’i alohida olingan uy xo’jaliklarining
an’analari, ustuvorliklari, afzal-liklari, demografik va ijtimoiy tavsifnomalariga
muvofiq ravishda o’zgarib turishi mumkin. Shu munosabat bilan qayd etish joizki,
aholining kambag’al qatlamlari va qishloq aholisida natural daromadlarning
salmog’i an’anaviy ravishda nisbatan yuqoriroq bo’ladi. Bir vaqtning o’zida uy
xo’jaligining naturallashganligi tashqi muhitning (masalan, urushlar davrida,
tizimli transformatsiyalanish jarayonlarida va h.k.) noqulay shart-sharoitlariga
o’ziga xos tarzda moslashish mexanizmi ham bo’lib hisoblanadi.
Turli manbalar hisobidan uy xo’jaliklarining ixti-yoriga kelib tushuvchi pul
mablag’larining barcha summasi pul daromadlari deyiladi. Bozor munosabatlari
taraqqiy etgan sharoitda aynan pul daromadlari uy xo’jaliklarining hayotiyligini
ta’minlash va ular rivojlanishining asosi hisoblanadi. Uy xo’jaliklari pul
daromadlarini tahlil qilishning asosi aholining shaxsiy daromadlari hisob-
lanadiki, ular quyidagi ko’rsatkichlar yordamida hisob-lanadi:
nominal daromadlar;
ega bo’lingan daromadlar;
real daromadlar.
Uy xo’jaligi a’zolarining ma’lum davrdagi shaxsiy daromadlari majmuining
puldagi ifodasi nominal daromadlar deyiladi. Bu ko’rsatkich soliqqa tortish
darajasi va baholar dinamikasiga bog’liq bo’lmagan holda daromadlarni
tavsiflaydi. Uy xo’jaliklari nominal daromadlarining YaIMdagi salmog’i har bir
mamlakat iqti-sodiyotining rivojlanish darajasi va ichki xususiyatlariga bog’liq
bo’lib, taraqqiy etgan mamlakatlarda uning darajasi 65-75% atrofida tebranadi.
Bir vaqtning o’zida, hisoblangan nominal daromadlar va haqiqatda olingan
nominal daromadlar o’rtasidagi farqni anglamoq ham lozim. Ular bir-birlaridan
shu davrda hisoblangan, lekin to’lanmagan daromadlar, shuningdek, o’tgan
davrlar uchun qarzlarning qaytarilishi natijasida olingan daromadlar summasiga
farq qiladi. Ish haqi bo’yicha to’lash muddati o’tib ketgan qarzdorlikning mavjud
269
bo’lishi bozor iqtisodiyotiga yaqinda o’tgan mamlakatlar uchun dolzarb
muammolardan biridir.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langanidan so’ng uy xo’jaligining
ixtiyorida qoladigan daromadlarning puldagi ifodasi uy xo’jaligining ega
bo’lingan daromadi deyiladi. Bu daromad yakuniy iste’mol va jamg’arish uchun
mo’ljallangan. Yoppasiga hisoblanganda ega bo’lingan daromad aholining
ixtiyoriga borib tushuvchi YaIMning tegishli qismiga mos keladi. Uy xo’jaliklari
ega bo’lingan daromadlarining o’sishi aholining moliyaviy imkoniyat-larini
salohiyatli ravishda kengaytiradi, ishlab chiqarishni rag’batlantirishning bozor
mexanizmlarini faollashtiradi. Rivojlangan mamlakatlarda uy xo’jaliklari ega
bo’lingan daromadlarining YaIMdagi salmog’i 70%ni tashkil etayapti.
Baholar darajasiga nisbatan o’zgartirilgan (korrekti-rovka qilingan) ega
bo’lingan daromad uy xo’jaliklarining real ega bo’lingan daromadi deyiladi. Bu
ko’rsatkich nominal daromadlarning real sotib olish qobiliyatini o’zida aks
ettiradi. Uning o’zgarishi esa, ma’lum davrdagi ega bo’lingan daromadlar va
iste’mol baholari indeksi (yoki baholar indeksiga teskari bo’lgan pulning sotib
olish qobiliyati indeksi) o’sish sur’atlarining nisbatiga bog’liq bo’ladi. Agar
baholarning o’sish sur’ati nominal ega bo’lingan daro-madlarning o’sish
tezligidan past bo’lsa, uy xo’jaliklarining real ega bo’lingan daromadlari o’sadi.
Baholarning yuqori sur’atlarda o’sishi sharoitida real daromadlar qisqaradi. Bu
holat, o’z navbatida, aholi iste’mol talabi va sotib olish qobiliyatining pasayishiga
olib keladi. Bu jarayon iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi ishbilarmonlik faol-
ligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Uy xo’jaliklarining pul daromadlari turli manbalar hisobidan shakllanadi va
ularning byudjetlariga kelib tushadi. Ularning eng asosiylari qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
mehnat haqi;
ijtimoiy to’lanmalar;
tadbirkorlik faoliyatidan keluvchi daromadlar;
mol-mulkdan keluvchi daromadlar.
Mehnat (ish) haqining tarkibiga quyidagilar kiradi:
bajarilgan ishlar bahosi, tarif stavkalari va mansab ish haqlari bo’yicha ish
haqining hisoblangan summalari;
rag’batlantiruvchi ustama va qo’shimchalar;
ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan kompensatsion
to’lanmalar;
mukofotlar va bir martalik rag’batlantiruvchi to’lan-malar;
har yillik va qo’shimcha mehnat ta’tillariga haq to’lash-lar;
270
safar xarajatlari;
berilgan maxsus kiyim-bosh va maxsus ovqatlanishning qiymati;
va boshqalar.
Uy xo’jaliklari daromadlarining tarkibiy tuzilmasida mehnat haqi asosiy
o’rinni egallaydi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, bozor munosabatlariga
o’tilishi bilan uy xo’jaliklari daromadlarining tarkibida uning salmog’i biroz
pasaydi. Bu mehnat munosabatlari va moliyaviy munosabatlar tizimida sodir
bo’lgan sifat o’zgarishlari bilan bog’liqdir. Bir tomondan, qisman ish haqining
o’rnini bosuvchi va undan hayot kechirishning yagona manbai sifatidagi
yuklamani olib tashlovchi yangi imkoniyatlar (masalan, moliya sohasida) va
daromadlarning yangi manbalari (masalan, tadbirkorlik faoliyatining kengayishi)
paydo bo’ldi.
Boshqa bir tomondan esa, ishsizlik, ish haqining past darajasi, uni tartibga
solishning etarli darajada samarali bo’lmagan davlat siyosati, xufyona iqtisodiyot
hajmining o’sishi mehnatga haq to’lashning yashirin, rasmiy ravishda hisobga
olinmagan shakllarining paydo bo’lishiga olib keldi
74
. Iqtisodiyot tarmoqlari
(masalan, neft-gaz sanoatida ish haqining darajasi maorif va qishloq xo’ja-ligidagi
uning darajasidan bir necha barobar yuqori) va turli mulkchilik shakllaridagi
korxonalar (xususan, boshqa mulkchilik sohalari korxonalaridagi ish haqiga
nisbatan byudjet sohasining korxonalarida ish haqi ancha past) bo’yicha ish
haqining tabaqalanishi
75
o’tkir muammoga aylan-gan.
Mehnatga haq to’lashning quyi chegarasi davlat tomonidan o’rnatiladi va uni
davlat mehnatga haq to’lashning minimal miqdori (MHTMM) deb qayd etadi.
MHTMMning tarkibiga ustamalar, mukofotlar va boshqa rag’batlantiruvchi
to’lan-malar kiritilmaydi. Byudjet manbalari hisobidan moliya-lashtiriladigan
tashkilotlar uchun MHTMM tegishli byudjet-lar hisobidan, boshqa subyektlar
uchun esa ularning o’z manbalari hisobidan ta’minlanadi.
Byudjet sohasi xodimlarining mehnatiga haq to’lash hozirgi paytda isloh
qilinmoqda. Bu narsa ushbu sohada yig’ilib qolgan muammolar bilan (mehnatga
haq to’lashning xodimlar malakasi va ular ishlarining haqiqiy natijalari bilan
kuchsiz bog’langanligi, markazdan turib byudjet sohasi xodimlari mehnatiga haq
74
Ish haqining yashirin shakllariga quyidagilar kirishi mumkin: a) to’lov hujjatlarini rasmiylashtirmasdan turib pul
tushumlaridan to’lanmalar; b) sug’urta tizimi va banklarning depozit hisobvaraqlaridan beriladigan pul yordamlari, kreditlar
va to’lanmalar; c) xodimlarga ko’chmas mulk, uzoq muddatlarda foydalanilishi mumkin bo’lgan predmetlarni sotib olish yo’li
bilan natural shaklda beriladigan to’lanmalar; d) va boshqalar. Rasmiy statistikada mehnatga haq to’lashning xufyona
shakllarining miqdori bilvosita, balans metodi yordamida aholining pul xarajatlari va jamg’armalari hamda rasmiy hisobga
olingan daromadlar o’rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin.
75
Buning aynan shunday ekanligiga ishonch hosil qilish uchun quyidagi holatga e’tibor berishning o’zi etarli: mamlakatimizda
ayni davrda moliya-bank sohasidagi o’rtacha oylik ish haqi boshqa sohalardagi o’rtacha ish haqiga nisbatan yuqoriroq.
Shunday bo’lishiga qaramasdan, hatto shu sohaning o’zida mehnatga haq to’lash bo’yicha keskin tebranish bo’layotganligini
aniqlashimiz mumkin. Xususan, davlat mulkiga tegishli bo’lgan moliyaviy muassasalarda ish haqining darajasi aralash va
hamkorlikdagi mulkchilik shaklida bo’lgan xuddi shunday muassasalardagi ish haqidan ancha pastdir.
271
to’lash jarayoni ustidan to’liq nazoratni amalga oshirishning iloji yo’qligi va
boshqalar) bog’liqdir.
Ijtimoiy to’lanmalar (sotsial transfertlar) o’zining ahamiyatiga ko’ra uy
xo’jaliklari pul daromadlarining tarkibiy tuzilmasida ikkinchi o’rinni egallaydi.
Ularni turli belgilar va asoslar bo’yicha tasniflash (klassi-fikatsiya qilish)
mumkin. Xususan, tasniflash me’zonlari sifatida quyidagilarni qayd etib o’tish
maqsadga muvofiqdir:
iqtisodiy mazmuniga ko’ra;
ijtimoiy to’lanmalarning shakli bo’yicha;
moliyalashtirish manbalariga ko’ra.
Iqtisodiy mazmuniga ko’ra ijtimoiy to’lanmalarning quyidagi ko’rinishlari
mavjud:
mehnat pensiyalari bilan bog’liq bo’lgan to’lanmalar - mehnat, sotsial va
harbiy pensiyalar;
ijtimoiy xarakterdagi to’lanmalar – kam ta’minlangan oilalarga, bola
parvarishi bo’yicha, homiladorlik va tug’ish bo’yicha);
individual foydalanish xizmatlari bilan bog’liq bo’lgan to’lanmalar –
sog’liqni saqlash, maorif, boshqa notijorat tashkilotlar xizmatlarini to’lash;
cheklangan harakatga ega bo’lgan to’lanmalar – ishsizlik bo’yicha
nafaqalar, stipendiyalar.
O‘zlarining shakli bo’yicha ijtimoiy to’lanmalar quyidagi ko’rinishlarga ega
bo’lishi mumkin:
pensiyalar – mehnat, sotsial va harbiy pensiyalar;
nafaqalar – kam ta’minlangan fuqarolarga nafaqalar, onalik nafaqasi,
ishsizlik bo’yicha nafaqa va boshqalar;
stipendiyalar – oliy, o’rta-maxsus va kasbiy ta’lim, kurslar o’quvchilariga,
tayanch doktorant va doktorantlarga stipendiyalar;
imtiyozli to’lanmalar, kompensatsiyalar, subsidiyalar – uy-joy-kommunal
xizmatlariga, transport xizmatlari, sanatoriy-kurort davolashlari va davolash
vositalari bilan ta’minlash xizmatlarini to’lash, uy-joy sotib olishga subsidiya va
boshqalar;
sug’urta qoplamalari – ko’zda tutilmagan sabablar bo’yicha sug’urta
hodisasi ro’y bergandagi to’lanmalar;
moddiy yordam – ishsizlar, qochoqlar va majburiy ko’chib o’tganlarga bir
martalik to’lanmalar va boshqalar.
Moliyalashtirish manbalariga ko’ra ijtimoiy to’lanma-larning quyidagi
ko’rinishlari bor:
272
barcha
darajadagi
byudjetlardan
moliyalashtiriladigan
ijtimoiy
to’lanmalar: respublika byudjetidan – urush ishtirokchilari va nogironlarini,
jangovor harakatlar faxriylarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash chora-lari;
mintaqaviy va mahalliy byudjetlardan – mehnat faxriylari, front orti
mehnatkashlarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash choralari, turli xildagi
ustama va qo’shimchalar;
byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining byud-jetlaridan
moliyalashtiriladigan ijtimoiy to’lanma-lar: Pensiya fondining byudjeti hisobidan
– mehnat, ijtimoiy pensiyalar, harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga
pensiyalar; Ijtimoiy sug’urta fondi mablag’lari hisobidan – vaqtinchalik mehnat
qobiliyatini yuqotganligi uchun nafaqalar, oilaviy va onalik nafaqalari va h.k.
korxonalarning mablag’lari hisobidan moliyalashtiri-ladigan ijtimoiy
to’lanmalar – pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqadiganlarga bir martalik
nafaqalar va bosh-qalar;
kasaba uyushmalari mablag’lari hisobidan moliyalash-tiriladigan ijtimoiy
to’lanmalar – oilaviy holatlarga ko’ra turli bir martalik nafaqalar va boshqalar.
Yaxlit olinganda uy xo’jaliklari daromadlarining sotsial to’lanmalar
ko’rsatkichi pensiyalar, nafaqalar, sti-pendiyalar, boshqa sotsial va sug’urta
tushilmalarini o’zida birlashtiradi. Sotsial to’lanmalarni moddiy-buyumlashgan
tarkibiga ko’ra uch ko’rinishga ajratish mumkin:
pul mablag’lari bilan yordamlashuv;
imtiyozlar;
natural ko’rinishdagi yordam.
Bu sohadagi barcha imtiyozlarni qonuniy tarzda tartibga keltirish eng
kamida quyidagi uch vazifaning echilishini ko’zda tutadi:
imtiyozlarning taqdim etilish shakllarini o’zgartirish (natural imtiyozlarni
pul
kompensatsiyalari
bilan
almashtirish)
va
byudjet
resurslarining
cheklanganligi uchun moliyalashtirilishining iloji bo’lmagan ko’plab imtiyozlarni
bekor qilish;
obyektiv ravishda muhtoj bo’lgan, kasbiy me’zonlari va alohida
xizmatlari belgilari bo’yicha manzilli qo’llab-quvvatlashga o’tish;
sotsial qo’llab-quvvatlash choralarining moliyalashtirish manbalarini
qat’iy chegaralash.
Yuqorida keltirilgan vazifalarning bajarilishi sotsial transfertlarni
(to’lanmalarni) taqdim qilishning yangi modellariga o’tishning samarali
adaptatsion (moslashuvchan) shakllaridan foydalanishni talab qiladi.
Tadbirkorlik
faoliyatidan olinadigan daromadlar uy xo’jaliklari
daromadlarining tarkibiy tuzilishida navbat-dagi muhim manba bo’lib xizmat
273
qiladi. Bunday daromadlarning tarkibiga xususiy biznesni yuritish va uy xo’jali-
gida to’plangan mulkning (boylikning) kamayishi bilan bog’liq bo’lmagan holda
vujudga keluvchi daromadlarning har qanday shakllari kiradi. Bu daromadlar
biznesning tashkil qilingan (qayd etilgan korxona) va tashkil qilinmagan shakllari
doirasida vujudga keladi.
Keyingi yillarda uy xo’jaliklarining daromadlari tarkibida mulkdan
olinadigan daromadlarning salmog’i oshib borayotir. Bunday daromadlar uy
xo’jaliklarining mulkida bo’lgan moliyaviy va nomoliyaviy noishlab chiqarish
aktivlaridan foydalanish natijasida vujudga keladigan pul daromadlaridan iborat.
Bunda moliyaviy aktivlardan olinadigan daromadlar pul mablag’larini bank
omonat-lariga, qimmatli qog’ozlarga, xorijiy valyutalar bilan operatsiyalarga
joylashtirish natijasida vujudga keladi. Nomoliyaviy noishlab chiqarish
aktivlardan olinadigan daromadlar uy xo’jaliklariga tegishli bo’lgan uy-joy bino-
lari va er uchastkalarini sotish yoki ijaraga berish natijasida paydo bo’ladi.
Shunday qilib, ko’rinib turibdiki, uy xo’jaliklarining mulkdan olinadigan
daromadlari quyidagi ko’rinishlarda amal qiladi:
foizlar;
dividendlar;
rentalar.
Moliyaviy vositachilik, fond bozori, patent huquqi bozori, xususiy
mulkchilik, shu jumladan, erga bo’lgan xusu-siy mulkchilikning rivojlanishi uy
xo’jaliklari daromad-larining umumiy summasida mulkdan olinadigan daromad-
larning yanada o’sishiga olib kelishga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Uy xo’jaliklari turli guruhlari daromadlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va
dinamikasi bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Bunda daromadlarning tabaqa-
lanishi juda ko’p obyektiv va subyektiv omillar ta’siri ostida sodir bo’ladi.
Ularning eng asosiylari quyidagi-lardir:
mulkchilik omili (uning noteng taqsimlanganligi);
oilaviy sotsioiqtisodiy ahvol (oilaning kelib chiqishi, a’zolar soni,
ijtimoiy maqomi, to’plangan boyligi;
inson kapitaliga qo’yilmalar (ma’lumoti, malakasi, kasbiy mahorati,
ularning o’sish salohiyati).
Farovonlikning
umumiy
darajasiga
bog’liq
bo’lmagan
holda
daromadlarning tabaqalanganligi barcha mamlakatlar uchun xos. Jamiyatda jami
daromadlarning taqsimlanishi-dagi notenglikni Jini koeffitsienti (daromadlarning
kontsentratsiyalashuvi indeksi) yaqqol ko’rsatadi. Uning umumiy ko’tarilishi
(yuqoriligi) jamiyatning chuqur ijtimoiy qatlamlarga bo’linganligidan darak
beradi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning o’sishi, ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishda barqaror ijobiy tendentsiyalarning shakl-lanishi, daromadlarni
274
davlat tomonidan tartibga solish-ning samarali instrumentlari, kambag’allikni
ogohlantirish mexanizmlari uy xo’jaliklarida ega bo’lingan real pul
daromadlarining
o’sishiga,
daromadlarning
notengligi
muammosini
yumshatishga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |