2-§. Islom Karimovning O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy
qo‘mitasi birinchi kotibi etib saylanishi va respublika ijtimoiy-siyosiy
hayotidagi o‘zgarishlar
Milliy tariximizning eng keskin va tahlikali davrida, turli ziddiyatlar avj
olgan, mamlakatimizda millatlar va fuqarolar o‘rtasida urush xavfi yuzaga kelib,
iqtisodiyot og‘ir ahvolga tushib qolgan ana shunday o‘ta murakkab sharoitda
Islom Karimov respublikamizdagi qaltis va tahlikali vaziyatni o‘nglash, ijtimoiy
adolatni tiklash, odamlar ko‘nglida kelajakka ishonch uyg‘otish maqsadida misli
ko‘rilmagan g‘ayrat-shijoat bilan oqilona siyosat olib bordi. Va tom ma’nodagi
bu tarixiy islohotlar O‘zbekistonning, o‘zbek xalqining keyingi taqdiri va
taraqqiyotida, hech shubhasiz, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi
1
.
O‘zbekiston SSR iqtisodiyoti uzoq yillar davomida SSSR xalq
xo‘jaligining tarkibiy qismi sifatida uning manfaatlariga to‘la bo‘ysundirib
kelindi. O‘zbekiston SSRning qishloq xo‘jaligi Ittifoqda yetishtiriladigan
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Ислом Каримов – мустақил
Ўзбекистон асосчиси” номдаги китобга сўзбошисидан. // Ислом Каримов – мустақил Ўзбекистон
асосчиси. – Тошкент: “San’at” журнали нашриёти, 2018. – Б.5.
22
paxtaning 60 % ni, pillaning 50 % ni, kanopning 90 % ni, qorako‘lning 30 % ni,
sholining 25 % ni berib keldi. Ittifoq xo‘jalik tizimining mustabidchilik,
mustamlakachilik xususiyatiga ega bo‘lganligi O‘zbekistonda iqtisodiy va
ijtimoiy sohalarning og‘ir ahvolga tushib qolishiga sabab bo‘ldi. Respublika
aholi jon boshiga ishlab chiqarishda milliy daromadning miqdori bo‘yicha
Ittifoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 3 barobar ortda edi. Past milliy daromad
mehnatkashlarning maoshi kam bo‘lishiga, ayniqsa, qishloqda yashaydigan
aholi ahvolining yomonlashuviga olib keldi. Qishloqlarning ijtimoiy jihatdan
sust rivojlanganligi, og‘ir jismoniy mehnat xotin-qizlar va bolalar sog‘lig‘ining
muayyan darajada yomonlashuviga olib keldi. Noto‘g‘ri shakllantirilgan
iqtisodiyot va ijtimoiy siyosat ishlab chiqarishning yildan-yilga orqaga ketishiga
olib keldi.
Shuni ta’kidlash zarurki, kommunistik partiyaning bir necha o‘n yillar
davomida yangi jamiyat qurish borasidagi tajribalari muvaffaqiyatsizlikka
uchrashida iqtisodiy omil muhim rol o‘ynadi. Natijada, iqtisodiy inqirozning
kuchayib borishi 80-yillar o‘rtalaridan siyosiy inqirozning yuzaga kelishiga
sabab bo‘ldi.
Bu davrda SSSRda tanglik holati keskin kuchaydi, u mamlakat hayotining
barcha sohalarini qamrab oldi. Mustabid tuzum sharoitida davlat mulki
monopoliyasi va boshqaruvda ma’muriy-taqsimlash tizimi hukmronligi tobora
kuchayib bordi, natijada ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari, yalpi mahsulot
hajmi,
mehnat
unumdorligi
shiddat
bilan
pasayib
ketdi,
ishlab
chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalaridan, mehnat samaralari va shu
kabilardan begonalashuvi yanada ortib bordi.
Mustabid tuzum ishlab chiqarish samaradorligi, mahsulot sifati, fan-texnika
taraqqiyoti bo‘yicha birin-ketin mavqeni qo‘ldan boy bera boshladi, jahonning
ancha rivojlangan mamlakatlariga nisbatan oradagi farq xavfli ravishda ortib
bordi. Sovet iqtisodiyoti jahonda bu borada yuz berayotgan yangiliklarga
butunlay e’tibor bermaydigan bo‘lib qoldi.
23
Xo‘jalik organizmiga mustabid tuzum davrida o‘rnashib qolgan illatlar
O‘zbekiston iqtisodiyotiga yana ham ko‘proq darajada zarar yetkazardi. Yo‘l
qo‘yilgan qo‘pol xatolar, nuqsonlar, madaniy xo‘jalik yuritish prinsiplarining
to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzilishi natijasida iqtisodiyot olg‘a tomon siljishida eng
muhim bo‘lgan yo‘nalishlar barbod bo‘la boshladi.
80-yillarning o‘rtalarida asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha
respublika ittifoqda oxirgi o‘rinlardan birini egallar edi. Aholi jon boshiga milliy
daromad hosil qilish O‘zbekistonda o‘rtacha ittifoq darajasiga qaraganda ikki
baravar kam edi. O‘zbekiston aholisining mamlakatdagi boshqa mintaqalarga
nisbatan moddiy va ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlanish darajasidagi farq jiddiy
ravishda ortib ketgan edi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishning yangi mustamlakachilik
rejasiga ko‘ra respublika iqtisodiyoti uchun bir tomonlama, faqat “xomashyo”
yo‘nalishida bo‘lish oldindan belgilab qo‘yilgan edi. Natijada, respublikada
sanoatning xomashyoga birlamchi ishlov berish bilan bog‘liq tarmoqlari ko‘proq
rivoj topdi. Sanoatdagi tayyor mahsulotning salmog‘i umumiy mahsulotlarning
faqat 25% ni, xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish esa o‘rtacha ittifoq
darajasining faqat 40% ini tashkil qilardi. Iqtisodiyot tizimidagi va ishlab
chiqarishning ixtisoslashuvidagi xatoliklar O‘zbekiston resurs imkoniyatlari va
ekologik illatlarining ortishiga, moddiy va moliyaviy ahvolning yomonlashuviga
olib keldi. O‘zbekiston sanoat ishlab chiqarishining ko‘payishi, asosan paxta
tozalash, yoqilg‘i sanoati, resurs sohalari, qora va rangli metallurgiya tarmoqlari
hisobiga ta’min etildi. Qora va rangli metallurgiya tarmoqlarining ulushi 60–
65%ga yetdi. Holbuki, mashinasozlik va metallga ishlov berish salmog‘i ko‘pi
bilan 2 band yuqori ko‘tarilib 16% dan ko‘proqni tashkil etgan edi.
Islom Karimovning mustaqillikkacha bo‘lgan davrdagi faoliyati, aytish
mumkinki, nafaqat Moskva, Siyosiy byuro, uning rahbari M.Gorbachyov bilan,
balki respublika ichidagi muxoliflar, turli buzg‘unchi kuchlar bilan ham
24
kurashish davri bo‘ldi. O‘zbekiston ana shunday kurashlar jarayonida Ittifoq
tarkibidan birinchilardan bo‘lib chiqib ketishga intildi.
Respublika
xalq
xo‘jaligining
bir
tomonlama
(paxtachilikka)
ixtisoslashganligi, inson sog‘ligi uchun zararli bo‘lgan kimyo va boshqa ishlab
chiqarish korxonalarining o‘ylamasdan aholi zich yashaydigan joylarda
qurilishi, qishloq xo‘jaligida, ayniqsa paxtachilikda kimyoviy moddalardan,
zaharli pestitsidlardan keng foydalanishi atrof-muhit, atmosfera, millionlab
kishilarning yashab turgan joylarining ekologik ahvolini murakkablashtirib
yubordi. Orol dengizining shiddat bilan qurib borishi ahvolni yanada
qiyinlashtirdi, bu hol butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ekologik muhitni
halokat yoqasiga olib keldi.
O‘zbekistondagi iqtisodiy va ekologik keskinlikni yumshatish, milliy
o‘zlikni anglash, Markaz tomonidan o‘tkazilayotgan tazyiqni bo‘shashtirishga
bo‘lgan urinishlarni, respublikaga eng maqbul va xos bo‘lgan yo‘llarni
belgilashga intilishning har qanday ko‘rinishi “mahalliychilik”, “millatchilik”
deb qaraldi va qattiqqo‘llik bilan barham toptirildi (hatto markazlashgan holda
ajratiladigan mablag‘lar va resurslarni cheklashgacha borib yetildi).
80-yillarning oxirlariga kelib shu narsa yaqqol ko‘zga tashlandiki,
“iqtisodiy islohotlar” mustabid siyosiy tuzumning eskilik tarafdori ekanligini,
Do'stlaringiz bilan baham: |