Harbiy-texnik instituti rasulova nodira sardarovna


partiyaning diktatorligi endi qo‘l kelmayotganligini ko‘rsatdi. Islohotlarni



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/69
Sana16.03.2022
Hajmi4,88 Mb.
#493106
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69
Bog'liq
Энг янги тарих Укув кулланма 01.03


partiyaning diktatorligi endi qo‘l kelmayotganligini ko‘rsatdi. Islohotlarni 
chuqurlashtirish maqsadida 1989-yildan boshlab iqtisodiyotda, ijtimoiy va 
madaniy sohalarda tarkibiy o‘zgarishlar qilish uchun ayrim huquqiy shart-
sharoitlar yaratila boshlandi. Ana shu maqsadda bir qator muhim hujjatlar 
tasdiqlandi. Bu jarayon I.A.Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi MKning 
birinchi kotibi bo‘lib saylanganidan so‘ng (1989-yil iyun) sezilarli miqyosda 
faollashdi. Uning tashabbusi bilan xo‘jalik yuritishning iqtisodiy usullarini 
o‘zgartirish borasidagi ishlar jiddiy tus oldi, iqtisodiyotdagi ma’muriyatchilik va 
salbiy hodisalarga qarshi kurash kengayib bordi. Ijara haqidagi, mulkchilik va 
yer to‘g‘risidagi qonunlar o‘sha yillarda o‘ta murakkab bo‘lgan O‘zbekiston 


25
hayotida muhim ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga, “qayta qurish”ning 
“yakunlovchi” bosqichida mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari sohasida 
qo‘ldan boy berilgan fikr erkinligining tiklanishi e’tiborga loyiq hodisa bo‘ldi. 
XX asrning 20-yillardagi yangi iqtisodiy siyosatdan keyin birinchi marta davlat 
va kolxoz-kooperativ mulkidan tashqari mulkchilikning jamoa, hissadorlik, 
shaxsiy shakllari ham qonuniy maqomga ega bo‘la boshladi. Markaziy 
rahbariyatdan farqli o‘laroq mulkchilik muammosiga O‘zbekistonda ancha 
jiddiyroq yondashildi, bu yerda yuqorida sanab o‘tilgan mulkchilik shakllari 
bilan bir qatorda xususiy mulkchilik ham joriy etila boshlandi. 
1989-yilning 25-iyunida – respublika rahbari etib saylanganining uchinchi 
kuni Islom Karimov janjal-to‘polonlar alangasi ichida qolib ketgan Farg‘onaga 
yo‘l olib, voqea sabablarini qidirdi, masalaning mohiyatini ochiq-oydin 
ko‘rsatib berdi.
Gruziyaning tarixiy Mesxet-Javaxeti viloyatida (Gruziyaning janubi-
g‘arbiy hududi) yashagan mesxeti turk millatiga mansub bo‘lgan fuqarolar 
I.V.Stalinning deportatsiya siyosati natijasida 1944-yil 14-noyabrda o‘z turar 
joylaridan O‘rta Osiyoga ko‘chirilishi haqida farmon chiqarilib, ularning eng 
ko‘p qismi O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Andijon, 
Namangan viloyatlariga joylashtirilgan edi. 1989-yilning may oyida Farg‘ona 
viloyatida buzg‘unchi kuchlar tomonidan tashkil etilgan ommaviy tartibsizliklar 
iyunning oxiriga kelib nihoyatda avj olib ketdi. O‘sha paytlarda Farg‘ona 
voqealari haqida shov-shuv ko‘targanlar, shunday qonli fojia hisobidan obro‘ 
topish, o‘zining g‘arazli manfaatlariga erishishga, xalqimizni badnom qilishga 
uringan kimsalar ko‘p bo‘ldi.
Islom Karimov qonli voqealar haqidagi haqqoniy so‘zlari bilan xalqimiz 
sha’niga otilgan malomat toshlari butunlay bo‘hton ekanligini isbotlaydi. Ayni 
paytda vahshiylik qilgan, odam o‘ldirgan, tartibsizliklarni keltirib chiqargan, 
uylarga o‘t qo‘ygan, transport vositalarni yoqib yuborgan kimsalar o‘zbek 
millatiga mansub emasligini, ularning hammasi ataylab tashkil etilganini 


26
markazdagi minbarlardan turib jasurlik bilan aytadi. Jumladan, I.Karimovning 
quyidagi fikrlari e’tiborga molikdir: “O‘zbek xalqining vijdoni pok. Farg‘ona 
voqealari o‘zbek xalqining irodasi bilan sodir bo‘lmadi. Bu voqealarga 
tuturuqsiz va g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab, kim qanday bo‘yoq bermasin, tarix, 
albatta, o‘zining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalmilalchilik, mehmondo‘stlik, 
yaxshilik, qalb saxovati hamisha o‘zbek xalqiga xos fazilat bo‘lib keldi. 
Xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida 
bo‘lmagan. Bu qadimiy va hozirgi tariximizdan olingan misollar bilan isbot 
qilingan”
1

Farg‘ona voqealarining tub sabablari quyidagi masalalar bilan bog‘liqligini 
I.Karimov asoslab bergan edi: 

Farg‘ona vodiysida yashayotgan aholining og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy 
ahvoli; 

odamlarning ta’minoti, daromadi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli haddan 
tashqari pastligi tufayli bunday holat O‘zbekistonning boshqa joylarida ham 
sodir bo‘lishi mumkinligi; 

ishsizlik, ish o‘rinlarining kamligi, ya’ni ortiqcha ishchi kuchining 
ko‘payib borishi; 

yoshlar va ularni ishga joylashtirish masalasi jiddiy o‘ylab ko‘rilmagani 
kabi sabablar. 
Tadqiqotchi O.Bozorovning fikricha, ushbu fojia aslida Markaz tomonidan 
O‘zbekistonda, xususan, Farg‘ona vodiysidagi iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda 
vujudga kelgan og‘ir vaziyatdan foydalanib, mukammal tarzda tashkil etilgan 
edi. Bu rejaga asosan: 
birinchidan, Markaz tomonidan fojiani tashkil qilish maqsadida 
jinoyatchilar yuborilgan; 
1
Jо‘rayev N., Karimov Sh. О‘zbekiston tarixi. О‘zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida. 2-kitob. – T.: 
Sharq, 2011. – B.688. 


27
ikkinchidan, fojia arafasida va qonli voqealar davomida laboratoriyalarda 
qalbaki fotosuratlar tayyorlanib tarqatilgan; 
uchinchidan, Markaz vakillari va respublika huquqni himoya qilish 
organlari markaziy matbuot organlari orqali fojia haqida soxta bayonotlar berib, 
vaziyatni keskinlashtirishga harakat qilingan; 
to‘rtinchidan, Farg‘ona fojiasining Quvasoy shahridan boshlanishi 
markazning yovuz niyatlarini amalga oshirish uchun uning atrofida yashovchi 
mahalliy aholi va qo‘shni respublikalardagi xalqlarni bu jarayonga tortish va 
keskinlikni oshirish imkonini berar edi; 
beshinchidan, fojiani tashkil etishga ham qulay vaqt tanlandi. 1989-yilning 
may oyining oxirlarida Moskvada xalq deputatlarining birinchi sezdi ochilgan 
bo‘lib, rahbarlarning ko‘pchiligi ana shu sezdda edilar; 
oltinchidan, Markazdan yuborilgan jinoyatchilar asosiy rolni o‘ynashlar, 
ya’ni ular mesxeti turk yoki o‘zbek qiyofasiga kirib kishilarni shafqatsizlarcha 
qatl etishlari kerak edi va shunday bo‘ldi ham. 
Shunday qilib, tarixga “Farg‘ona fojiasi” nomi bilan kirgan qonli voqealar 
aslida Markazdagi qora kuchlarning Sovet hokimiyatini saqlab qolish, o‘zbek 
xalqini butun dunyoga yovuz qilib ko‘rsatish, uning asrlar davomida topgan 
obro‘-e’tiborini yo‘qotishga qaratilgan edi. 
Respublikaga og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatda rahbar etib 
tayinlangan I.Karimov davridan boshlab ushbu voqealarning oqibatlarini 
bartaraf etish yuzasidan jadal chora-tadbirlar amalga oshirila boshlandi.
Islom Karimovning millatlararo nizolarni bartaraf etish borasida Bo‘ka 
tumanidagi jasorati ham tahsinga sazovordir. 
1990-yil 17-fevral kuni Bo‘ka tumanida millatlararo nizo chiqib, vaziyat 
soat sayin og‘irlashadi. 
Ana shunday xavfli va o‘ta qaltis bir sharoitda tumanga yetib kelgan Islom 
Abdug‘aniyevich minglab norozi odamlar ichiga kirib borgan. Dastlab bosiq 
ovozda olomonni tinchlantirishga harakat qilgan, lekin hech kim bir-birini 


28
eshitmas, hamisha shovqin-suron solar edi. Shu payt Islom Abdug‘aniyevich 
chetroqda turgan oq ot jilovidan tutib, chaqqonlik bilan otga mindi-yu, jilovini 
mahkam tutdi. Baland oq otda odamlar orasidan yorib o‘tib, jazavaga tushgan 
olomonning qoq o‘rtasiga keldilar. Qo‘lida radiokarnay tutib, savol berdilar: 
“Qani aytinglar, qaysi yaxshi rahbar o‘z xalqiga qarshi qurol ishlatadi? Shundoq 
ham “o‘zbeklar ishi”, “paxta ishi”, “rashidovchilik” kabi bo‘htonlar bilan 
dunyoga sharmanda bo‘ldik. Bilaman, mamlakat jar yoqasida turibti, 
ishoninglar, bunday og‘ir ahvoldan mana bunday ur-yiqit bilan chiqib ketib 
bo‘ladimi?..” degan. So‘ng keskin o‘girilib, shu yerda turgan Ichki ishlar 
vazirligi rahbarlariga qarab qat’iy ko‘rsatma bergan? “Nega oddiy xalq 
qarshisiga qurol ko‘tarib chiqdilaring, men birinchi rahbar ekanman, Bunday 
kaltabinlikka hech qachon yo‘l qo‘ymayman. Bu yerdan harbiylarni darhol olib 
chiqib ketinglar. Muammonini odamlar bilan bamaslahat hal qilamiz”. Katta 
falokatning oldi olindi
1
.
1989-yil 17-аvgustda I.Karimov boshchiligida respublika hukumatining 
Toshkentda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishida aholiga tomorqa va shaxsiy 
uchastkalar ajratish masalasi muhokama qilindi hamda O‘zbekiston 
Kompartiyasi Markaziy Komiteti, O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi va 
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Kolxozchilar, sovxozlarning ishchilari. 
Grajdanlarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini va yakka tartibda uy-joy 
qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori matbuotda e’lon qilindi. Bu 
tarixiy hujjatda qishloqda yashovchi har bir xonadonga o‘rtacha 25 sotixdan yer 
ajratib berish va tomorqa maydonlarini qariyb 4,5 barobar kengaytirish ko‘zda 
tutilgan edi. 1989–1990-yillarda olib borilgan amaliy ishlar natijasida 1,5 mln 
xonadonga qo‘shimcha tomorqa ajratildi, 700 ming xonadon esa yangi tomorqa 
yerlarini olishdi. Buning natijasida bozorlarda qishloq xo‘jalik mahsulotlari 
1
Ислом Каримов – мустақил Ўзбекистон асосчиси. – Тошкент: “San’at” журнали нашриёти, 2018. – Б. 
117. 


29
ko‘payib, narx-navo arzonlashdi, eng muhimi respublikadagi ijtimoiy keskinlik 
yumshatilishiga erishildi
1

Xulosa qilib aytganda, mustaqillik arafasida O‘zbekistonda siyosiy 
inqirizning kundan-kunga chuqurlashib borishi, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni ham 
keltirib chiqardi, aholi turmush-tarzi va yashash sharoiti pasayib ketganligi, 
qishloq xo‘jaligida ko‘plab zaharli kimyoviy o‘g‘itlarning sepilishi natijasida 
turli xil kasalliklarni keltirib chiqardi. Mamlakat 1986-1989-yillarda tang 
ahvolda bo‘lib oldida turgan maqsad bu xalqlarni talofatsiz mustaqillika olib 
chiqish edi. 
Mana shunday tahlikali vaziyatlarni xolisona o‘rganishda O‘zbekiston 
Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbekiston 
mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. 
Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi 
2011-yil avgust oyida mamlakatimiz mustaqilligining 20 yillik bayrami 
arafasida nashr etilgan bo‘lib, ushbu kitobdan Birinchi Prezidentimiz Islom 
Karimovning 1989-yilning 24-iyunidan 1992-yilning 4-yanvariga qadar, ya’ni 
uning respublikamiz rahbari sifatidagi faoliyatining ilk kunidan to 
mamlakatimiz istiqlolga erishganidan so‘ng umumxalq saylovi asosida mustaqil 
O‘zbekiston Prezidenti etib saylanishi va o‘z vazifasini bajarishga kirishish 
sanasigacha bo‘lgan davrda so‘zlagan nutqlari, ma’ruzalari, maqola va 
intervyulari, I.Karimov tomonidan imzolangan farmon va qonunlar o‘rin olgan. 
Sovet davlati hali o‘zining hukmronlik kuchini yo‘qotmagan, uning 
repressiv siyosati davom etayotgan, “paxta ishi” degan tuhmat, sun’iy ravishda 
o‘ylab topilgan siyosiy kampaniya paytida qanchadan-qancha odamlar nohaq 
qamalgan, tazyiq va ta’qiblarga uchragan, xalqimiz o‘rtasida tushkunlik, ertangi 
kunga ishonchsizlik kayfiyati, qo‘rquv va vahima keng tarqalgan bir paytda – 
ana shunday o‘ta og‘ir, umumiy inqiroz hayotning hamma sohalarini to‘liq 
1
Ўзбекистон тарихи (1917–1991 йиллар). К.2. Масъул муҳаррирлар: Р.Абдуллаев, М.Раҳимов, 
Қ.Ражабов. Ўзбекистон Республикаси ФА Тарих институти. Ўзбекистоннинг энг янги тарихи масалалари 
бўйича мувофиқлаштирувчи-методик марказ. – Тошкент: Ўзбекистон, 2019. – Б. 442-443. 


30
qamrab olgan tahlikali sharoitda O‘zbekiston rahbari sifatida ish boshlagan 
Islom Karimovning mustaqillikka erishish masalasini kun tartibiga qat’iy qilib 
qo‘yganini aniq tarixiy hujjatlar orqali ko‘rsatish, bu yo‘lda qanday ulkan tarixiy 
ishlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlarni kitobxonlarga yetkazishdan 
iborat edi. 
Darhaqiqat, Islom Karimov butun umrini jonajon O‘zbekiston uchun, uning 
ozodligi va buyuk kelajagi uchun bag‘ishladi. ... Tariximizning eng murakkab 
va og‘ir davrida – millatlararo ziddiyatlar avj olgan, iqtisodiyot chuqur inqirozga 
uchrab, respublikamiz jar yoqasiga kelib qolgan keskin va tahlikali bir sharoitda 
mamlakatga rahbarlik qilish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oldilar
1

Demak, “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi yaqin 
tariximizning eng murakkab va tahlikali davri bo‘lgan istiqlol arafasida 
yurtimizda hukm surgan o‘ta og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni haqqoniy 
tasvirlab beradigan eng ishonchli manbadir. 

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish