Harbiy-texnik instituti rasulova nodira sardarovna


-§. Milliy uyg‘onish va mustaqillik sari yo‘l tutilishi



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/69
Sana16.03.2022
Hajmi4,88 Mb.
#493106
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69
Bog'liq
Энг янги тарих Укув кулланма 01.03

3-§. Milliy uyg‘onish va mustaqillik sari yo‘l tutilishi 
1989-yildan e’tiboran Islom Karimov hokimiyat tepasiga kelgach, uning 
siyosiy jasorati va kuchli vatanparvarlik, millatparvarlik his-tuyg‘ulari tufayli bir 
qator ijobiy o‘zgarishlar ro‘yobga chiqarildi va bu mamlakatda vujudga kelgan 
ijtimoiy-siyosiy tanglikni ma’lum darajada yumshatdi.
Ana shunday og‘ir va ziddiyatli bir paytda Islom Karimov birinchi 
navbatda respublikada barqarorlikni ta’minlash orqali hayotiy ehtiyojlarni 
qondirish yo‘lini tutdi. Partiya markaziy qo‘mitasining keyingi olti oylik 
faoliyatida to‘rt marta plenum yig‘ilishi o‘tkazildi. Ularning barchasida millat 
sifatida o‘zbek xalqi qiyofasini belgilaydigan, uning ma’naviy-ruhiy 
ehtiyojlarini qondiradigan asosiy omillar – xalq madaniy merosini va tarix 
1
Мирзиёев Ш.М. Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий баҳодир. 2 – 
жилд. Тошкент: “Ўзбекистон”, 2018. – Б. 300. 


31
haqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar va an’analarni rivojlantirish
1
ga alohida 
e’tibor qaratildi.
Bunday sof hayotiy va oddiy munosabat ijtimoiy-siyosiy hayotda 
parokandalik va besaranjomlikni bartaraf etishning uslub jihatdan xalqona, shakl 
jihatdan milliy, mazmun jihatdan umuminsoniy qadriyatlarni himoya qiladigan 
siyosat qaror topayotganidan dalolat berar edi. Masalaga bunday yondashishning 
yana bir yutug‘i shunda ediki, kommunistik mafkura hech qachon xalqqa o‘zini 
bunchalik yaqin, samimiy tutmagan. Aksincha, do‘q-po‘pisa, tazyiq ko‘rsatar va 
balanddan turib muomala qilar edi. Xalq ochiq munosabatga muhtoj edi. 
Darhaqiqat, inson ongi va tafakkurida o‘zgarish yasamaguncha, uning 
dunyoqarashlarini yangi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga moslashtirmaguncha har 
qanday harakatlar besamar va foydasiz edi. Shu bois, aholi ruhiyatiga ta’sir 
qiladigan, uni ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydigan islohotlar amalga 
oshrilishi zaruriyati yuzaga keldi. 
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 1989-yil 21-oktabrda bo‘lgan XI 
sessiyasida “O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida” Qonunning qabul qilinishi 
va o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi I.Karimov boshchiligidagi 
barcha vatanparvar va demokratik kuchlarning orziqib kutgan tarixiy g‘alabasi 
edi. Ushbu qonun loyihasini ishlab chiqishda B.Nazarov, I.Qo‘chqortoyev, 
A.Rustamov, A.Aliyev, O.Yoqubov, Said Ahmad, Jamol Kamol, E.Vohidov, 
S.Safoyev va boshqalar faol qatnashdilar. Ushbu qonun loyihasining umumxalq 
muhokamasi davomida 225 ming taklif, qo‘shimcha va mulohazalar bayon 
qilingan edi.
Qonunda “O‘zbekistonning davlat tili o‘zbek tilidir, o‘zbek tili 
Respublikaning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha 
sohalarida to‘liq amal qiladi”, deb belgilab qo‘yildi.
1
Jo‘rayev N., Karimov Sh. O‘zbekiston tarixi (O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida) 2-kitob. 
Toshkent: “Sharq”, 2011. – B. 687. 


32
1990-yil 19-fevralda “O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida”gi qonunni 
amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan 
mehnat jamoalari, o‘quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish 
yuritish rus tilidan o‘zbek tiliga o‘tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul 
qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi Respublika ijtimoiy hayotida katta 
tarixiy voqea bo‘lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo‘ldi. 
O‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-texnikaviy atamalarini tartibga 
keltirish va takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Ministrlar Soveti huzurida 
maxsus Atamalar qo‘mitasi tashkil etildi. Davlat tili haqidagi qonun milliy 
o‘zlikni anglash, milliy davlatchilikni tiklash yo‘lida respublikadagi yana bir 
tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim siyosiy qadam bo‘ldi va milliy 
mustaqillikning ma’naviy poydevoriga asos bo‘ldi.
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1989-yil 25-noyabrda 
bo‘lib o‘tgan XVIII Plenumi respublika ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, 
madaniy-axloqiy masalalari chuqur ilmiy xolislik bilan tahlil etildi. Jumladan, 
O‘zbekistonning milliy uyg‘onishi va mustaqillik sari dadil qadamlar tashlandi. 
Mamlakat xalq ta’limi tizimida, madaniy-ma’rifiy hayotida jiddiy ravishda 
islohotlar o‘tkazish, xalqning o‘zligini anglashi, milliy qadriyatlarni qaytadan 
tiklashi hayotiy zarurat ekanligi qayd etildi va amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Ma’lumki, Ittifoqning eng yuqori vakillik va qonunchilik organi SSSR Oliy 
soveti teng huquqli ikki palata — Ittifoq soveti va Millatlar sovetidan iborat 
bo‘lgan
1
. SSSR Oliy soveti nafaqat qonunchilik, balki qisman ijro etuvchi va 
nazorat qiluvchi hokimiyatga ega bo‘lgan. O‘zbekiston SSR Oliy soveti esa bir 
palatali bo‘lib, «O‘zbekiston SSR Oliy Sovetiga saylovlar haqida» (1978), 
«O‘zbekiston SSR Xalq deputatlari mahalliy Sovetlariga saylovlar haqida» 
(1979), «O‘zbekiston SSR Xalq deputatlari oblast Soveti haqida» (1980) 
qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan. 
1
Совет социалистик республикалари иттифоқининг Конституцияси (Асосий қонуни). – Т.: 
“Ўзбекистон”, 1977. – Б.31. 


33
1990-yil 21-fevralda “O‘zbekiston SSRda yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha 
yurishlari va namoyishlari tashkil etish va o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risida” 
Farmon qabul qilindi
1

1990-yil 23-martda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 
Plenumida respublika siyosiy tizimi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Unda 
O‘zbekistonda hokimiyatning Prezidentlik boshqaruvi shakliga o‘tishi 
respublika suvereniteti va davlatchiligida mutlaqo yangi bosqich ekanligi 
ta’kidlandi. 
1990-yil 24-martda O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 12-chaqiriq 1-
sessiyasi “O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish hamda 
O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qonun qabul qildi. Xuddi shu kuni 
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi I. A. Karimov 
yashirin ovoz berish yo‘li bilan O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi
2

Ushbu hodisa Markaz rahbariyatining g‘azabini qo‘zg‘atdi. Prezidentlik 
institutining joriy etilishi davlat suvereniteti va mustaqilligiga erishish yo‘lida 
qo‘yilgan tarixiy qadam siyosiy va ma’naviy jasorat namunasi bo‘ldi. I.Karimov 
sessiyada O‘zbekistonning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy 
mustaqillikni, o‘zini-o‘zi idora etish, moliyaviy ta’minlashga erishish, aholi 
farovonligini oshirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xalqni ma’naviy 
yuksaltirish, demokratik huquqiy davlat qurish va milliy taraqqiyot yo‘lida 
barcha sog‘lom kuchlarni birlashtirish kabi eng muhim maqsadlarni oldiga 
qo‘ydi. 
O‘zbekistonning yangi rahbari Islom Karimov “o‘zbeklar ishi”, “paxta 
ishi” bahonasi bilan tahqirlangan o‘zbek millatining g‘ururini tiklashni, 
mamlakatini mustaqillikka olib chiqishni o‘zining asosiy vazifasi etib belgilaydi. 
U respublika prokurori lavozimiga Usatovdan keyin milliy kadr tayinlanishini 
1
Ўзбекистон тарихи (1917–1991 йиллар). Иккинчи китоб (1939–1991 йиллар). – Т.: Ўзбекистон, 2019.
–Б.487. 
2
“Совет Ўзбекистони”, 1990 йил 25 март. 


34
Markazdan talab qiladi va buning uddasidan chiqadi. 1990-yil 30-oktabrda Oliy 
Kengashning XII chaqiriq III sessiyasida O‘zbekiston SSR Prezidenti tavsiyasi 
bilan respublika prokurorining ittifoq prokuroriga qaramligiga barham berish va 
bu tizimning mustaqilligini ta’minlash maqsadida B.Mustafoyev O‘zbekiston 
SSR Bosh prokurori etib tasdiqlandi. Bu tashabbus bilan respublika prokuroriga 
mustaqil faoliyat yuritish, prokuratura organlarini nomunosib kadrlardan 
tozalash imkonini berdi. Prezident tomonidan respublika Bosh prokurori 
zimmasiga Gdlyan-Ivanovlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish, bu jinoyatlarni 
O‘zbekistonda sodir etganlarini asos qilib, jinoiy ish ko‘rib chiqishni 
O‘zbekiston ixtiyoriga topshirish yuzasidan SSSR Bosh prokuraturasi bilan 
aloqani sekin-asta uzish va bu holatga uzil-kesil barham berish vazifasi qo‘yildi.
“O‘zbeklar ishi”, “paxta ishi” deb atalgan ishlarning qayta ko‘rilishi va 
1991-yil martiga qadar 2 ming kishining oqlanishi, Stalincha qatag‘onliklar 
tufayli XX asrning 20–50-yillarida tuhmat bilan nohaq ayblanganlardan 
gardanidagi tavqi la’nat, gunohlarning olib tashlanganligi O‘zbekistondagi 
ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy muhitning sog‘lomlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o‘zgarish shundan iborat bo‘ldiki, endi 
O‘zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining 
boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko‘tarish 
amaliyotiga chek qo‘yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o‘z 
qo‘liga oldi. 
Shuningdek, mamlakat rahbariyatining din va diniy tashkilotlarga bo‘lgan 
munosabati tubdan o‘zgardi. 1990-yilning 2-iyunidayoq I. Karimov unutilmas 
tarixiy hujjatga – “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj qilish 
to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi. Unga ko‘ra O‘rta Osiyo hududida 
yashovchi 500 kishidan iborat musulmonlar guruhi haj ziyoratiga borib keldilar.
1991-yil 20-iyun kuni “Diniy bayram “Qurbon hayit”ni dam olish kuni deb 
e’lon qilish haqida”, 1992-yil 7-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzurida din ishlari 


35
bo‘yicha komitet tashkil etish to‘g‘risida”, shu yil 27-martda esa “Ro‘za hayitini 
dam olish kuni, deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi farmonlari e’lon qilindi.
Xalqimizning eng qadimiy tarixiy an’analaridan biri bo‘lib e’zozlanib 
kelgan Navro‘z bayrami qayta tiklandi. 1990-yilning 2-mayda Navro‘z 
bayramini qayta tiklash va 21-martni dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida 
Prezident Farmoni e’lon qilindi. Bunday tadbirlar O‘zbekiston hukumatiga 
xalqning munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirdi va mamlakatda ijtimoiy-
siyosiy muhitni barqarorlashtirishga o‘z hissasini qo‘shdi.

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish