25-noyabr
1990-yil
18-fevral
24-mart
30-aprel
20-iyun
17-oktabr
15-noyabr
1991-yil
15-fevral
1-mart
22-iyul
19-21-avgust
19-avgust
21-avgust
25-avgust
47
3-topshiriq
Quyida keltirilgan rasmlar va tarixiy manbalardan foydalanib 1989-yildagi
ijtimoiy-siyosiy vaziyat hamda Fargʻona fojiasi haqida ma’lumot bering,
jadvalni toʻldiring.
FARGʻONA
FOJIASI
Sabablari
Qonli
toʻqnashuvlar
Oqibatlari
48
49
4-topshiriq
Quyida keltirilgan jadvalni toʻldiring.
Mustaqillikka
erishish arafasida
Oʻzbekiston
Siyosiy
hayot
Iqtisodiy
hayot
Ijtimoiy
hayot
Madaniy
hayot
5-topshiriq
Quyida keltirilgan rasmlar va tarixiy adabiyotlardan foydalanib 1991-
yilda vatanimizning mustaqilligi yoʻlida qoʻyilgan qadamlar haqida
ma’lumotlar bering va tarixiy shaxslarni ta’riflang.
50
51
II-BOB. O‘ZBEKISTONDA DAVLAT MUSTAQILLIGINING QO‘LGA
KIRITILISHI. HUQUQIY-DEMOKRATIK DAVLAT QURISH VA
FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINI SHAKLLANTIRISH
1-§. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va
uning tarixiy ahamiyati
SSSR inqirozga uchragach, O‘zbekiston rahbariyati davlat mustaqilligini
to‘la o‘z qo‘liga olishga kirishdi. 1991-yil 25-avgustda O‘zbekiston
Prezidentining farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan Respublika Ichki ishlar
vazirligi va Davlat xavfsizligi qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy
tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar
vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi.
Respublika Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi, prokuraturasi va
adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo‘shinlar,
Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo‘shilmalari partiyadan butunlay xalos
qilindi.
Markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib,
markaz boshqaruv qobiliyatini yo‘qotgan, har bir mintaqa, har bir respublika o‘z
holiga tashlab qo‘yilgan bir sharoitda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa muddatda
respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlash va
uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim
etishni taklif qildi. Oliy Kengash 1991-yil 26-avgust kuni O‘zbekistonning
davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31-
avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini chaqirishga qaror
qildi.
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi va Markaziy nazorat
qo‘mitasining
28-avgustda
bo‘lgan
qo‘shma
Plenumi
Respublika
Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqasini to‘xtatishga, KPSSning
52
barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy organlaridagi o‘z vakillarini
chaqirib olishga qaror qildi.
1991-yil 31-avgustda XII chaqiriq O‘zbekiston Oliy Kengashining
navbatdan tashqari VI sessiyasi o‘z ishini boshladi. O‘zbekistonning mustaqil
davlat deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etdi.
Unda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida” hamda
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi masalalar kun
tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti
Islom Karimov nutq so‘zlab, Ittifoqda so‘ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-
siyosiy voqealarni, davlat to‘ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular
O‘zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har
tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik
to‘g‘risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi.
Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so‘ng
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi
qonunni qabul qildilar.
So‘ngra “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi
Oliy Kengash Bayonoti” qabul qilindi. Oliy Kengash sessiyasi “O‘zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida” qaror qabul
qilindi. Mazkur qarorda:
1) Respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash bayonoti
tasdiqlansin va respublika bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi deb atalsin;
2) 1-sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb
belgilansin va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon
qilinsin, deb qat’iy belgilab qo‘yildi.
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi
qonun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lib, o‘z mohiyatiga ko‘ra bu hujjat
respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini ham o‘ynadi.
53
Bu Qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining
Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunda:
O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi
bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir;
O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat
hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o‘z hokimiyatini ham bevosita, ham
vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy
davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari
tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegaralari, hududi daxlsiz va bo‘linmas
bo‘lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o‘zgartirilishi
mumkin emas;
Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik
va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, Respublikaning ma’naviy
boyliklari O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb
qonunlashtirilib, belgilab qo‘yildi.
Mazkur Qonunga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil
30-sentabrda bo‘lib o‘tgan VII sessiyasida qabul qilingan qarori bilan
Konstitutsiyaviy Qonun maqomi berildi. Jumladan, unda shunday deyiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”
1991-yil 31-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga
konstitutsiyaviy maqom berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalariga
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi
Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin”, –
deb belgilab qo‘yildi.
Shu tariqa, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro‘yobga chiqdi.
Uzoq yillar davom etgan kurash natijasida mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy
mutelikdan, asoratdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat –
54
O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. O‘zbekiston tarixida yangi davr – milliy
istiqlol davri boshlandi. O‘zbekiston uchun mustaqil ichki va tashqi siyosat
yuritish, xalqimiz uchun o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zlari uchun munosib
turmush yaratish imkoniyati vujudga keldi.
O‘zbekistonda mustaqillikka erishilgach, siyosiy va iqtisodiy qayta
qurishlar amalga oshirila boshlandi, birinchi navbatda, mustaqil davlatning
huquqiy asoslari yaratildi.
Shu maqsadda 1991-yilning 18-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining VIII sessiyasi “O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish
to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Qarorda quyidagilar belgilandi:
1. 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuni O‘zbekiston Respublikasining
Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining
referendumi o‘tkazilsin.
2. Referendumda ovoz berish byulleteniga masala quyidagi ta’rifda
kiritilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?”
1991-yil 29-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan referendumda 9 million 898 ming
707 kishi yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 % qatnashdi. Ularning
98,2 % referendumda qo‘yilgan savolni ma’qullab ovoz berdi. Shuni ta’kidlash
lozimki, referendum butun respublika hududida qonun asosida tashkiliy jihatdan
uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy faolligi bilan o‘tdi. Buni
referendumda turli mamlakatlardan kelgan mustaqil kuzatuvchilar ham
tasdiqladilar.
Shuningdek, 1991-yilning 18-noyabrida O‘zbekiston Oliy Kengashining
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonun ham qabul
qilingan bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekiston xalqi ilk bor 1991-yil 29-dekabrda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini demokratik prinsiplar asosida sayladi.
Ushbu saylovda mavjud ikkita siyosiy partiyadan nomzodlar – Xalq demokratik
55
Do'stlaringiz bilan baham: |