17
durustgina bino, zarur aloqa va transport vositalari berildi. 1990-yillarning
oxiridan mustaqil haftada bir marta chiqadigan jurnal “Munosabat”
(“Отношение”) nashr etila boshlandi
1
.
Mazkur partiyaning ham hujjatlari, nazariy kontseptsiyalari,
tashkiliy
tuzilishi va ish faoliyati eski tuzum va usullardan xoli bo‘la olmadi. «Erk»
partiyasining dasturi asosan Ittifoq parchalanganidan keyingi siyosiy-ijtimoiy
muhitda inqilobiy o‘zgarishlar qilishga qaratilgan bo‘lib, unda eski jamiyatda
yashagan o‘zbek xalqining ruhiyati, mentaliteti, ijtimoiy-siyosiy qarashlarining
asta-sekinlik bilan o‘zgarib borishi hisobga
olinmagan edi
2
.
1989-yil davomida “Birlik” rahnamoligida qator harakat va birlashmalar
tashkil etila boshlandi. Jumladan, “To‘maris” ayollar harakati adiba G.
Nurillayeva rahbarligida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘z o‘rnini topa
boshlagan edi. Talabalar ishtirokida (asosan ToshPI va ToshDU) tashkil etilgan
O‘zbekiston ozod yoshlari mustaqil birlashmasining rahbari S.Bekjonov va A.
Djurayevlar edi. Yuqorida nomlari keltirilgan ikkala birlashma a’zolari vaqti-
vaqti bilan birlashma etakchilarining nuqtai nazarlari bayon etilgan
murojaatnoma va varaqalar chop etib tarqatishgan
3
.
Respublikada 1989-yilda deyarli faqat “yevropalik”
aholi vakillaridan
iborat bo‘lgan ikkita yangi siyosiy tashkilot – O‘zbekiston demokratik harakati
va O‘zbekiston SSSR xalqlarining baynalmilal itifoqi (Интерсоюз) tashkil
etildi. O‘zbekiston demokratik harakati bir necha o‘nlab faol a’zolariga ega
bo‘lgan tashkilot – klub bo‘lib, sotsial-demokratik yo‘nalishdagi harakat sifatida
o‘zini ko‘rsata boshladi
4
.
O‘zbekiston demokratik harakati V.Sradjev, M.Xadjimuxammedovlar
tomonidan tuzilgan bo‘lib, harakat hujjatlarida ushbu birlashmaning asosiy
1
Левитин Л. Ўзбекистон тарихий бурилиш палласида. – Тошкент, 2001. – Б. 179.
2
Қирғизбоев М. Фуқаролик жамияти: сиёсий партиялар, мафкуралар, маданиятлар. – Тошкент, 1998.–
Б.116.
3
Абдунабиев А. Многопартийность – форма политической организации общества. – Ташкент:
Узбекистан, 1991. – С. 75-76.
4
Состояние страны. Аналитический вестник / Информационное агентство Postfactum. – M., 1991. – №
6. – С. 37.
18
maqsadi insonlarga munosib turmush darajasini ta’minlovchi va ijtimoiy
adolatni kafolatlovchi demokratik huquqiy davlat qurish, jamiyatni
bosqichma-
bosqich iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy isloh qilish etib belgilangan. Ushbu
harakat “Erkinlik va teng huquqlilik, ularning qadr-qimmati va huquqlari
uchun” degan shior ostida faoliyat ko‘rsatgan hamda o‘zining matbuot organi
“Fuqaro” (Гражданин)
gazetasini nashr qilgan
1
.
Intersoyuz ham o‘zining dasturiy qoidalari bo‘yicha sobiq SSSRning
boshqa
respublikalaridagi
Interfrontlarga
o‘xshash edi, ya’ni milliy
mansubligidan qat’i nazar, inson huquqlarini himoya qilish uning asosiy
maqsadi etib e’lon qilindi
2
. Uning g‘oyalarini asosan rus tilida so‘zlashuvchi
aholi ishlaydigan yirik korxonalar rahbarlari qo‘llab-quvvatladi. “Intersoyuz”
harakati asosan mamlakatning rus tilida so‘zlashuvchi aholisi manfaatlarini
ko‘zlar edi. Ushbu harakat O‘zbekiston axolisining
demokratik hoxish-
istaklarini qo‘llab, turli ko‘rinishdagi millatchilik va eksterimizmga,
byurokratiyaga, shuningdek inson huquqlari va qonunlarining poymol
qilinishiga qarshi kurashgan.
1989-yilning ikkinchi yarmida Samarqand viloyati jamoat-madaniy
birlashmasi tuzildi. Birlashmaning asosiy maqsadi hududdagi umumdemokratik
jarayonga o‘z hissasini qo‘shish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish,
tojiklar va tojik tilli xalqlar milliy-madaniy hayotini rivojlantirish. Ushbu
birlashmani Buxoro, Surxondaryo va boshqa viloyatlar aholisi keng qo‘llab-
quvvatlagan
3
.
Respublikadagi bu va boshqa ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar o‘zini
asosan
radikal demokratiya, oshkoralik, shuningdek siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy
hayotni o‘ta markazlashtirishga qarshi keskin chora-tadbirlar ko‘rish tarafdorlari
1
Абдунабиев А. Многопартийность – форма политической организации общества. – Ташкент:
Узбекистан, 1991. – С. 75.
2
Состояние страны. Аналитический вестник / Информационное агентство Postfactum. – M., 1991. – №
6. –С. 37-38.
3
Правда Востока. 1989. 2 декабря // Абдунабиев А. Многопартийность – форма политической
организации общества. – Т.: Узбекистан, 1991. – С. 74.
19
sifatida namoyon eta boshladilar. Ayni vaqtda ularning faoliyatida, ayniqsa
etakchilarining shiorlarida millatchilikka berilish hollari kuzatilgan.
Bu harakat va partiyalarning ko‘pchiligi oshkoralikni kengaytirish, siyosiy
va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni faollashtirish, o‘zbek xalqi milliy qadriyatlari,
xususan, an’analar va marosimlarni qayta tiklash,
shuningdek, respublika
hayotida Markaz hukmronligiga barham berish hamda O‘zbekistonning tom
ma’noda siyosiy va iqtisodiy mustaqilligiga erishish talablari bilan chiqdi.
Shu bilan birga, bu davrda SSSRning yagona partiyasi hisoblangan va
davlat boshqaruvini mutlaq qo‘lida tutib turgan KPSSning ichida ham
ziddiyatlar, o‘zaro kelishmovchiliklar kuchaya bordi. Masalan, 1990-yil
davomida KPSSning 1,8 mln. a’zosi partiya safidan o‘z ixtiyori bilan chiqib
ketdi.
Ulardan
ushbu
Do'stlaringiz bilan baham: