14
O‘zbekiston ozod yoshlari kabi siyosiy tashkilotlari, Ijodkor ziyolilarning
«Sayqal» demokratik harakati, Suveren Qoraqalpog‘iston harakati, “Oftobi
So‘g‘diyona”, “Surqash”, “FAN” kabi mahalliy yo‘nalishdagi harakatlar va
boshqalar.
80-yillarning oxirlarida O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy
o‘zgarishlar, ayniqsa jamoat tashkilotlarining faollashuvi, siyosiy jarayonlardagi
keskin ko‘tarilishlarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muxolafat
harakatining markazi bo‘ldi. O‘sha vaqtda bu erda asosan ekologiya masalalari –
Orol fojiasi, qishloq xo‘jaligida paxta yakkahokimligining ta’siri, tarixiy-
madaniy yodgorliklarni asrash, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish, o‘zbek
xalqi tarixini keng o‘rganishni targ‘ib qilish va shunga o‘xshash boshqa
mavzular muhokama qilindi. O‘qtin-o‘qtin siyosiy muammolar ham ko‘tarilar
edi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolarining chiqishlari O‘zbekistonda
va uning tashqarisida shov-shuv qo‘zg‘adi. Qayta
qurish boshlarida ularning
maqolalari Moskva nashrlarida birin-ketin bosilib turdi. O‘zbekistonda bu
maqolalarni bosishdan qo‘rqardilar, chunki ular Moskva bilan Toshkent
o‘rtasidagi munosabatlarga bevosita daxldor edi
1
.
XX asrning 80-yillari va 90-
yillar boshida O‘zbekiston jamiyatida
so‘nggi 70 yil mobaynida birinchi marta ko‘ppartiyaviylik holatining vujudga
kelishi noyob voqea bo‘ldi. 1988-yilning 11 noyabrida “Birlik” xalq harakatiga
asos solindi. 1989-yil 28-mayda “Birlik” xalq harakatining ta’sis qurultoyi
bo‘lib o‘tdi
2
. Mart oyida «Erkin so‘z» gazetasining dastlabki nusxasi paydo
bo‘ldi. O‘zbekistonning o‘sha paytdagi siyosiy rahbariyati 1989-yil may oyida
“Birlik” xalq harakatining dasturiy hujjatlarini ma’qulladi hamda u “Yosh
leninchi” (hozirgi “Turkiston”) gazetasida e’lon qilindi. 1990-yil
iyun oyida
harakat asosida “Birlik” partiyasi tashkil qilindi. Unga olim Abdurahim Po‘latov
1
Левитин Л. Ўзбекистон тарихий бурилиш палласида. – Тошкент, 2001. – Б. 177.
2
“Бирлик” (Тошкент). – № 5. – 1989 йил окт.
15
boshchilik qildi
1
. Harakatning 3-qurultoyida yangi rahbariyat saylandi –
B.Tashmuxamedov, A.Po‘latov, Sh.Ismatullayevlar hamrais (sopredsedatel)
bo‘lishdi. Ushbu harakat “El netib topgay menikim, men o‘zimni topmasam”
shiori ostida O‘zbekiston “Birlik” xalq harakati xabarnomasini chop eta
boshladi
2
.
“Birlik” xalq harakatining bosh maqsadi – O‘zbekistonda yashovchi
o‘zbeklarni va boshqa xalqlarning vakillarini ijtimoiy-siyosiy ongni tarbiyalash
orqali ijtimoiy uyqudan uyg‘otish va O‘zbekistonning tabiati, ma’naviy va
moddiy qadriyatlarini himoya qilishga aholini keng jalb qilish va oxir-oqibat
sovet jamiyatini qayta qurish edi.
Milliy harakat o‘ziga xos xususiyatlarni qabul qila boshladi: 1989-yilda u
o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishini talab qilib, minglab namoyishlar
o‘tkazdi; 1990-yil boshida Sovet yoshlari armiyasida O‘zbekistonlik
yoshlarga
nisbatan o‘zboshimchalikka qarshi kampaniya boshlandi va hokazo. Milliy qadr-
qimmat, o‘zlikni anglash va milliy psixologiyaning jadal tiklanishi va
rivojlanishi harakatga kuchli turtki va kuch bag‘ishladi. Harakatning dasturiy
qoidalari va shiorlari ko‘pchilikni emas, balki respublikaning ko‘plab aholisini
hayratda qoldirdi, chunki ular huquqiy davlat yaratishga chaqirdilar
3
.
«Birlik» xalq harakati ilk jamoat tashkilotlaridan biri bo‘lganligi sababli
ham ko‘plab xato va kamchiliklardan xoli bo‘lmadi. Harakat ko‘p holatlarda
jamoat tashkiloti sifatida tashkil etilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lsa-da, u
o‘zida siyosiy partiyaga xos faoliyat boshladi. Harakatning dasturi ham uning
a’zolarini siyosiy jarayonlarda ishtirok etishga kengroq jalb qilishga qaratilgan
edi
4
.
1
Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар). К.2. Ўзбекистон 1939-1991 йилларда. – Тошкент:
“Ўзбекистон”, 2019. – Б.451-452.
2
Абдунабиев А. Многопартийность – форма политической организации общества. – Ташкент:
Узбекистан, 1991. – С. 70.
3
Фахритдинов Б. Гражданские движения и партии в Узбекистане: тенденции развития и проблемы //
Центральная Азия и Кавказ, Лулео (Швеция), 2002 г., № 5, с. 53.
4
Қирғизбоев М. Фуқаролик жамияти: сиёсий партиялар, мафкуралар, маданиятлар. – Тошкент, 1998.–
Б.114-115.
16
Harakat faollari sobiq
ittifoqning parchalanishi, qizil imperiyaning kuni
bitayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlar ta’sirida junbishga kelgan, o‘zida
murakkab siyosiy hayot va o‘yinlar girdobida ko‘proq olomonlik alomatlarini
namoyish qilayotgan, eski tuzumning aniq halokatga yuz tutayotganligini
anglab, go‘yoki, o‘zlarini bu halokat jarayonining faol ishtirokchilari sifatida
ko‘rsatib, xalq o‘rtasida soxta obro‘,
shuningdek, yangi tuzumdan imtiyoz va
mansablar olishga ishtiyoq bilan intilayotgan qatlamlarga tayanib ish olib
bordilar.
“Birlik” harakati faollari ko‘proq miting, namoyishlar o‘tkazish, mahalliy
rahbarlarga tazyiq qilish, qanday qilib bo‘lmasin, hukumat va uning mahalliy
organlari faoliyatidan xato va kamchiliklar topish, turg‘unlik
davrida nochor
holga tushib qolgan kishilar ehtiroslarini avj oldirish kabi usullari bilan faoliyat
ko‘rsatar edilar. Ularning sobiq sotsialistik tuzumdan keyin qanday tuzum yoki
jamiyatga o‘tish haqida hech qanday nazariy va mafkuraviy maqsadlari ham
yo‘q edi
1
.
1989-yil oktyabrida «Birlik» harakatida bo‘linish sodir bo‘ldi. Uning
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi Muhammad Solih tevaragiga
birlashgan bir qismi «Erk» partiyasini ta’sis etdi. L.Levitin o‘z asarida
«O‘zbekistonning darhol va to‘la mustaqilligiga erishish partiyaning dasturiy
maqsadi edi», deb ta’kidlaydi. 1990-yil 30-aprelda «Erk» demokratik
Do'stlaringiz bilan baham: