Harbiy-texnik instituti rasulova nodira sardarovna


I-BOB. O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIKKA ERISHISH YO‘LIDA (1989-



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/69
Sana16.03.2022
Hajmi4,88 Mb.
#493106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
Энг янги тарих Укув кулланма 01.03

I-BOB. O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIKKA ERISHISH YO‘LIDA (1989-
1991 yillar) 
 
1-§. Mustaqillik arafasida O‘zbekistondagi siyosiy vaziyat 
Kommunistik partiyaning “butun xalq manfaatlarini ifodalash”ga urinishi
“xalq partiyasi” niqobi ostida siyosiy hokimiyatni monopollashtirishi og‘ir 
oqibatlarga olib keldi. 1980-yillar o‘rtalariga kelib siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy 
sohada yillar davomida to‘planib kelgan muammolar yuzaga chiqib, ortga 
qaytarib bo‘lmaydigan mantiqiy ketma-ketlikdagi voqea-hodisalarni boshlab 
berdi va Sovet Ittifoqi nomli ulkan imperiyaning parchalanishiga xizmat qildi. 
Jumladan, KPSSning milliy masalada yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatolari orasida 
eng mudhishi Stalinning bevosita rahbarligi ostida 1930-yillar o‘rtalaridan 1950-
yillarning boshlarigacha davom etgan xalqlarni deportatsiya qilish (majburiy 
ko‘chirish) siyosatidir. Uning amalga oshirilishi natijasida mamlakat miqyosida 
58 ta millat va elatga mansub taxminan 3,5 mln. kishi o‘z yerlaridan olislarga 
majburan ko‘chirib yuborildi
1
. Binobarin, keyingi davrda baynalmilal madaniyat 
hamda yangi tarixiy birlik – “sovet xalqi”ni yaratish borasidagi tajribaning 
oqibatlari ham fojiali kechdi. 
80-yillar o‘rtalaridan millatlararo munosabatlar milliy nizolarga aylanib, 
sovet Ittifoqini larzaga soldi. Ozarbayjonda – Qorabog‘, Gruziyada – Abxaziya, 
Moldovada – Pridnestrove, Qirg‘izistonda – O‘sh, O‘zbekistonda – Farg‘ona 
voqealari nihoyatda mudhish oqibatlarga, minglab begunoh insonlarning qurbon 
bo‘lishlariga olib keldi
2
. Umuman olganda, “bu tuzum o‘z xalqining tarixini, 
uning ruhi va urf-odatlarini, o‘z avlod-ajdodlarini bilmaydigan manqurtlarga 
tayanar edi. Shuning uchun ham eski sovet tuzumining bayroqlarida va 
1
Берия-Сталину: «настоящим докладываю... // Книга исторических сенсаций. – М., 1993. – С. 90. 
2
Зубов А., Салмин А. От конфликта к консенсусу // Новое время. – 1989. – №89; Опыт политической 
этнографии // Новое время. – 1989. – №89; Некрич А. Наказанные народы // Родина. – 1990. – №6; Панеш 
Э.Х., Ермолов Л.Б. Месхетинские турки // Вопросы истории. – 1991. – № 9–10; Скворцова Е. 
Самовозврат // Родина. – 1990. – № 12; Шувалов В. Ош и Фергана // Новое время. – 1990. – № 25; 
Крупник И. Ферганская трагедия //Дружба народов. – 1990. – № 11, Карабахский узел // Новое время. – 
1991. – № 33, Баку–Ереван сводки с поля боя // Новое время. – 1991. – № 19; ва бошқ. 


7
shiorlarida bayon qilingan g‘oyalar amaldagi ishlardan nihoyatda uzoq edi. 
Xuddi shu bois bu davlatning ijtimoiy tizimi bilan xalq ehtiyojlari o‘rtasida 
jarlik paydo bo‘ldi. Ya’ni inson, uning moddiy, ma’naviy, shu jumladan, milliy 
qadriyatlari bu tizimda orqa o‘rinda turar edi”
1

1990-yilga kelib barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha 
O‘zbekiston mamlakatda oxirgi o‘rinlardan biriga tushib qoldi. Jumladan, 
respublika aholi jon boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha 
mamlakatda 12-o‘rinda, milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha esa ittifoqdagi 
o‘rtacha darajadan ikki hissa past ko‘rsatkichga ega edi
2

Shuni ta’kidlash zarurki, Kommunistik partiyaning bir necha o‘n yillar 
davomida yangi jamiyat qurish borasidagi tajribalari muvaffaqiyatsizlikka 
uchrashida iqtisodiy omil muhim rol o‘ynadi. Natijada, iqtisodiy inqirozning 
kuchayib borishi 80-yillar o‘rtalaridan siyosiy inqirozning yuzaga kelishiga 
sabab bo‘ldi. 
Mustaqillik arafasida O‘zbekiston siyosiy hayoti bir qator ittifoq 
respublikalari qatori ziddiyatli kechdi. Sovet ittifoqida boshlangan ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy islohotlar bevosita 1985-yil KPSS MKning Aprel 
plenumi voqealari bilan bog‘liq.
KPSS yetakchisi va SSSR rahbari Konstantin Ustinovich Chernenko vafoti 
(1985-yil 10-mart)dan so‘ng KPSS Markaziy Komiteti Bosh kotibi lavozimiga 
saylangan Mixail Sergeyevich Gorbachyov oradan 40 kun o‘tgach, o‘zining 
g‘oyaviy prinsiplari va yangi yo‘lini ilk marta 1985-yil 23-aprelda Moskvada 
bo‘lgan KPSS MKning Aprel plenumida keng jamoaatchilikka e’lon qildi. Bu 
keng jamoatchilikda “Qayta qurish” siyosati nomi bilan mashhur bo‘lib, uning 
asosiy tarkibiy qismlari ijtimoiy hayotni demokratlashtirish va tub iqtisodiy 
islohot o‘tkazishdan iborat edi
3
. “Qayta qurish” ikki davrni o‘z ichiga olgan. 
1
Каримов И. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т. 3. – Тошкент: Ўзбекистон, 1996. – Б. 7. 
2
Совет Ўзбекистони. – 1990. – 25 июнь. 
3
Ўзбекистоннинг мустақилликка эришиш тарихи: 1980-1990-йиллардаги ижтимоий-сиёсий, 
иқтисодий ва маданий омиллар. Илмий тўплам. – Тошкент: “TURON-IQBOL”, 2019. – Б.13. 


8
Birinchi bosqichi (1985-1986-yillar) – ma’muriy-tashkiliy tadbirlarning 
an’anaviy usullarda olib borilishi. Unda ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti yutuqlarini 
ishlab chiqarishga joriy etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni 
jadallashtirish va uning asosida inson omilini faollashtirish mo‘ljallangan edi. 
Ikkinchi bosqichi (1987-1989-yillar) – jamiyatning barcha jabhalarini 
kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo‘ydi. 1987-yil 27-28-yanvarda 
bo‘lib o‘tgan KPSS MKning Plenumida ushbu bosqichning asosiy maqsadi 
oshkoralik va kadrlar siyosatini to‘g‘ri yuritish asosida sovet jamiyatini to‘liq 
demokratlashtirishga e’tibor qaratildi. Biroq, ushbu islohotlar Moskva 
tomonidan boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yildi. Oqibatda, 1989-yili nafaqat 
qayta qurishning ikkinchi bosqichi, balki SSSR aholisi, shu bilan birga, butun 
taraqqiyparvar insoniyat umid ko‘zi bilan qarayotgan qayta qurish siyosatining 
o‘zi ham butunlay mag‘lubiyatga uchradi. Bu holat SSSR inqirozini teshlashtirdi 
va uning parchalanishiga olib keldi
1

Ana shunday islohotlar, oshkoraviylik va demokratik harakatlar avj olgan 
bir sharoitda O‘zbekistonning o‘sha paytdagi siyosiy rahbariyati Markaz oldida 
o‘zining uquvsizligini ko‘rsatdi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti 
rahbariyati Markazdan qochish va uni inkor etish siyosati o‘rniga ko‘proq unga 
yaqinlashish va mustahkam birlashish yo‘lini tanladi. 
Bu paytda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining ideologiya 
masalalari bo‘yicha sekretari bo‘lib turgan Ra’no Abdullaeva hamda 1985-yili 
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetiga kelgan Rafiq Nishonov Markaz 
topshiriqlarining asosiy ijrochilaridan bo‘lgan. Rafiq Nishonovich Nishonov 
1986-1988-yillarda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining raisi, 1988-yil 
12-yanvardan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekretari 
kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat ko‘rsatdi. 
Bu yillarda ishlab chiqarish sohasida ham pasayishni ko‘rish mumkin. 
1986-yili O‘zbekistondagi 321 ta korxona va tashkilotlar davlat rejasida 
1
O‘sha joyda. – B.17-18. 


9
ko‘rsatilgan vazifalarni bajara olmaganligi aholi ijtimoiy turmush tarzi 
farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi
1

Binobarin, qayta qurishni amalga oshirishdagi qarama-qarshilik va 
noizchilliklar natijasida XX asrning 80-yillari oxiridan boshlab mamlakat
hayotining barcha sohalarida buhronlar kuchayib ketdi. Qayta qurish SSSrda 
to‘planib qolgan muammolarni to‘la hal etishga xizmat qilmadi. Mustaqillik, 
demokratiya va erkinlik g‘oyalariga to‘g‘ri kelmaganligi tufayli ham amaliy 
samara bermadi. Natijada, u KPSSning halokati va SSSRning tugashiga 
muayyan turtki berdi. 
Ana shunday vaziyatda, ya’ni tarixda “paxta ishi”, “o‘zbek ishi” deb nom 
olgan siyosiy kampaniyalar, .... turli zug‘um va qatag‘onlar avj olgan o‘sha 
qaltis zamonda ...”
2
O‘zbekistonda iqtisodiy, demografik muammolar ham 
mavjud edi. Xususan, O‘zbekistonda aholining turmush darajasi sobiq 
Ittifoqdagi respublikalar ichida eng past holatga kelib qoldi. Mustaqillik 
arafasida O‘zbekistonda “paxta ishi”, keyinchalik “o‘zbeklar ishi” deb 
nomlangan siyosiy kompaniya natijasida Gdlyan guruhi tomonidan hammasi 
bo‘lib 800 dan ko‘proq jinoiy ish tergov qilingan. Shu ishlarga ko‘ra 5000 dan 
ortiq kishi sudlangan
3

Mustaqillik arafasida O‘zbekiston aholisining turmush-tarzi va yashash 
sharoiti ham ayanchli ekanligining guvohi bo‘lamiz. 
Sho‘ro davrida shaxsiy chorva ham “xususiy mulkchilik” sifatida davlat 
tomonidan shafqatsizlarcha talon-taroj qilingan. Millionlab shahar, ayniqsa 
qishloq aholisi uy-joysiz va tomorqasiz qiynalib yashadi. Ko‘pgina 
muammolarning negizi aynan shu masalaga borib taqalar edi. O‘sha vaqtda 
1
Ўзбекистоннинг мустақилликка эришиш тарихи: 1980-1990-йиллардаги ижтимоий-сиёсий, 
иқтисодий ва маданий омиллар. Илмий тўплам. – Тошкент: “TURON-IQBOL”, 2019. – Б.23. 
2
Мирзиёев Ш.М. Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий баҳодир. 2 – 
жилд. Тошкент: “Ўзбекистон”, 2018. – Б. 301. 
3
Ўзбекистоннинг мустақилликка эришиш тарихи: 1980-1990-йиллардаги ижтимоий-сиёсий, 
иқтисодий ва маданий омиллар. Илмий тўплам. – Тошкент: “TURON-IQBOL”, 2019. – Б.50. 


10
qishloqlarda 240 ming oilaning yeri, 1 million 800 mingdan ko‘proq hovli esa 
uy-joy qurilishiga muhtoj bo‘lib turgan
1

Bunday vaziyatda, ya’ni 1989-yil 23-iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston 
Kompartiyasi 
MKning 
XIV 
Plenumida 
R.Nishonov 
o‘rniga Islom 
Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi MKning birinchi kotibi 
etib saylanishi inson huquqlari poymol etilishining oldini olish va 
O‘zbekistonning mustaqillik sari yo‘l tutishi davrini boshlab berdi. 
Dastlab, 1989-yil 17-avgustda Islom Karimov boshchiligida Respublika 
hukumatining Toshkentda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishida, aholiga 
tomorqa va shaxsiy uchastkalar ajratish muhokama qilindi. Qishloqda yashovchi 
har bir oilani tomorqa bilan ta’minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish 
uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish” haqida qaror qabul qilindi. Ushbu 
tarixiy hujjatda qishloqda yashovchi har bir kishiga o‘rtacha 25 sotixdan yer 
ajratib berish va tomorqa maydonlarini asta-sekin ko‘paytirib borish nazarda 
tutilgan edi. Bu boradagi amaliy ishlar natijasida 1989-1990-yillarda 1,5 
milliondan ko‘proq oilaga qo‘shimcha yer ajratildi, 700 mingga yaqin oilaga 
yangi tomorqa yerlari berildi. 
O‘zbekistonda “paxta ishi” bilan bog‘liq bo‘lgan qonunbuzarliklarni fosh 
etish, begunoh kishilarni oqlashda mamlakatning yangi rahbari Islom Karimov 
boshchiligida keng ko‘lamli ishlar boshlandi. Bu ishlar Markazdan hech qanday 
ruxsat so‘ramasdan, mustaqil tarzda olib borildi. Shunday murakab sharoitda 
ittifoqdosh respublikalar ichida birinchi bo‘lib, Respublika Bosh prokurori Islom 
Karimov tavsiyasiga ko‘ra tayinlandi. O‘zbekistonning birinchi rahbari Bosh 
Prokuror oldiga respublikamiz manfaatlarini himoya qilish, birinchi navbatda, 
“Paxta ishi” bo‘yicha nohaq qamalgan fuqarolarning haq-huquqini tiklash 
masalasini qo‘ydi. O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi 1989-yil 12-
sentabrda “Paxtachilikda qo‘shib yozishda yo‘l qo‘ygani uchun jinoiy 
javobgarlikka tortilgan kishilarni avf etish maqsadida hujjatlar tayyorlaydigan 
1
Каримов И. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2011. – Б. 57. 


11
komissiya tashkil etdi. Bu komissiya tergov hujjatlarini O‘zbekistonga qaytarib, 
minglab ishlarni qayta o‘rgandi. Uzoq davom etgan mashaqqatli kurash 
natijasida 2940 kishining haq-huquqi qayta tiklandi, 1015 kishi asossiz 
sudlanganligi aniqlandi
1
. Noqonuniy ravishda hibsga olingan vatandoshlarimiz 
ozodlikka chiqarildi. 
1988–1990-yillarda mamlakatda yangi partiyalar va harakatlar, yangi 
ijtimoiy-siyosiy 
tashkilotlar 
shakllanishi 
intensiv 
jarayoni 
boshlandi. 
Siyosatshunos mutaxassislar turli yo‘nalishdagi ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar 
faoliyati va ularning yetakchilari chiqishlari, dasturlari asosida yigirmaga yaqin 
mafkuraviy oqimlar guruhi va o‘z navbatida ijtimoiy harakatlarga ajratishadi. 
KPSSdan tashqari eng taniqlilari ijtimoiy-demokratik va islohotchi partiyalar va 
birlashmalar hisoblanadi; milliy vatanparvarlik va milliy fundamentalistik 
ruhidagi tiklanish uchun harakatlar (“Vatan”, “Vatanparvarlar” va boshqalar); 
qayta qurishni qo‘llab-quvvatlovchi millatlararo frontlar; xristian-demoktratik 
tashkilotlar; antisotsialistik xarakterdagi liberal-demokratik, neoburjuaz oqimlar 
(liberal demokratik partiya, demokratik ittifoq); ortodoksal kommunistik 
guruhlar (OFT, proletariat diktaturasi partiyasi); anarxo-kommunistik va 
anarxosindikal harakatlar; yashillar va boshqalar. Ayirmachi va millatchilik 
shiori ostida qator hududlarda chiqayotgan xalq frontlari va boshqa birlashmalar 
(asosan Boltiqbo‘yi, Kavkazorti, Ukrainada) mustahkam kuchga aylandi. 
O‘zbekistonda siyosiy yo‘nalishdagi guruh va oqimlar asosan 1988-yilning 
ikkinchi yarmidan shakllana boshladi. Ular keyinchalik turli shiorlar ostida o‘z 
harakat va birlashmalarini shakllantira bordilar hamda yillar davomida yig‘ilib 
kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni “bayroq” qilib, siyosiy jarayonga kirib 
keldilar. 1980–1990-yillar bo‘sag‘asida ko‘zga tashlangan ijtimoiy-siyosiy 
birlashmalardan quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: “Birlik”, 
O‘zbekiston demokratik harakati, “Intersoyuz”, “Erk”, “To‘maris”, O‘zbekiston 
1
Ўзбекистоннинг мустақилликка эришиш тарихи: 1980-1990-йиллардаги ижтимоий-сиёсий, 
иқтисодий ва маданий омиллар. Илмий тўплам. – Тошкент: “TURON-IQBOL”, 2019. – Б.52-53. 


12
ozod yoshlari kabi siyosiy tashkilotlari, Ijodkor ziyolilarning “Sayqal” 
demokratik harakati, Suveren Qoraqalpog‘iston harakati, “Oftobi So‘g‘diyona”, 
“Surqash”, “FAN” kabi mahalliy yo‘nalashidagi harakatlar va boshqalar. 
Ma’lumki, bir partiyali tizim butun jamiyat manfaatlariga javob bermaydi, 
aholining ba’zi qatlamlari huquqlarini poymol etadi
1
. Bu tizim xalqning, turli 
aholi qatlamlarining manfaatlarini emas, balki davlat hokimiyatini saqlab 
qolishga intilishi bilan ajralib turadi. Professor A.A.Azizxo‘jayevning fikricha, 
bir partiyaviylik tizimda «partiya» tushunchasi o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Chunki 
u yagona va hukmron siyosiy tashkilot bo‘lib qoladi
2
.
Qayta 
qurish 
siyosati 
mamlakatda 
demokratik 
jarayonlarni 
chuqurlashtirish, fuqarolarning haq-huquqlari va erkinliklarini kengaytirish 
borasida ma’lum ijobiy siljishlarga olib keldi. Turli-tuman ijtimoiy guruhlarning 
manfaatlarini ifoda etuvchi jamoat birlashmalari, jumladan, partiya va harakatlar 
tuzila boshlandi. Butun sobiq Ittifoq bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy birlashmalar, 
tashkilotlarning soni keskin ko‘paya bordi va 1990 yil oxiriga kelib 300 dan 
ortib ketdi
3
.
R.Jumayevning fikricha, Sobiq KPSS inqirozi paytida ijtimoiy-siyosiy 
diagrammadagi tig‘iz faollik partiyalar va harakatlar sonining ko‘payishiga olib 
keldi. 
Birinchidan, jamiyat yoki hech bo‘lmaganda aholining katta sotsial guruhi 
manfaatlarini himoya qilish ularning diqqat markaziga tushishiga sabab bo‘ldi.
Ikkinchidan, mazkur partiya va harakatlar, ularning alohida rahbarlari o‘z 
strategik yo‘nalishi va taktikasiga ega bo‘lishga intildi
4

1
Адилходжаева С. М. Роль политических партий в механизме демократии. – Ташкент: ТГЮИ, 2009. – 
С.45. 
2
Хорижий мамлакатларнинг конституциявий ҳуқуқи: дарслик / Масъул муҳаррир: проф. 
А.А.Азизхўжаев. – Тошкент: ТДЮИ, 2010. – Б.199.
3
Абдунабиев А. Многопартийность – форма политической организации общества. – Ташкент: 
Узбекистан, 1991. – С. 77. 
4
Жумаев Р. Давлат ва жамият: демократлаштириш йўлида. – Тошкент: Шарқ, 1998. – Б.35-36. 


13
O‘zbekiston ham bu jarayonlardan chetda qolmadi hamda respublikada 
ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllanishining yangi tarixiy bosqichi boshlanishiga 
sabab bo‘ldi. 

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish