Tinchlik bebaho ne'mat
Reja
Islom Karimov- tinchligimiz asoschisi, ma'rifat kuychisi
Mustaqillik va tinchlik buyuk ne’mat
Tinchligimiz poydevori yosh kelajak avlodlardir.
Notinch uyga qush ham in qurmas.
Zokirjon Mirzoabdullayev
Eng avvalo shuni aytish joizki, bugun hayot go'zal, bugun osmonimiz musaffo. Bugun har bir inson erta tong ko'z ochganda, tinchligimizga bo'lgan shukronalik hislariga to'la jozibador navolar bilan uyg'onadi. Uyquga chorlanganda esa ona allasining hayotbaxsh navolaridan olingan dilbar navolar og'ushida qoladi. Albatta bu tinchligimizning, mustaqilligimizning sharofatidir. Bu sharofatni esa bizga tuhfa etgan 2016-yil 2-sentabrdan oldingi kunlarda barcha qalblarning dardiga darmoni, aynan shu kundan so'ng qalbimizda armon bo'lib qolgan, avvallari muhtaram deb tilga olib, sevinib, bugun marhum deb tilga olgimiz kelmayotgan birinchi prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimovdir. Har gal tinchlik, mustaqillik kabi so'zlarni eshitsam, aynan shu inson ko'zim nurida, qalbim qo'rida gavdalanadi. Chunki 1-prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov tufayli bugungi kunda orzularimiz tongdanda oppoq, zabonlarimiz boldanda totli bo'lmoqda. Shuning uchun <> desak, mubolag'a bo'lmas. Islom Karimovga atab yozgan she'rimdan parchani shu sahifaga sayqallashni joiz deb bildim.
Obod qilib shaharlarni qishloqlar bilan
Nomardlarni teng ko'rdingiz qo'rqoqlar bilan.
Bugun barralla aytamanki, o'rtoqlar bilan
Sizni hech ham unutmaymiz yurtboshim...
Barchamizga ma'lumki, bugun butun dunyo nigohi Arabiston yarimoroli mamlakatlarida. Chunki ulardagi notinchlik nafaqat o'zlarining balki bu davlatlardan yiroq mamlakatlarni ham xavotiriga sabab bo'lmoqda. U yerdagi murg'ak qalblarning chinqirig'i, ojiza ayollarning ko'z yoshi, nuroniylarning dod-faryodi inson qalbini larzaga keltirmoqda. Yurtimizda soylardagi tiniq suvlar sharqirab oqayotgan bir paytda, u yerlarda daryo to'la qonlar unsiz oqmoqda. Bunday holatlarni ko'rib, yaratganga shukrlar aytmoq lozim. Yurtimizning tinchligi sabab xalqimiz bexavotir va farovon yashamoqda. Shukurki, har kunimiz bayram, har kunimiz to'y. Tilllarda yangrayotgan navolarni eshitib, dillardan xirom aylab raqs tushayotgan jajji qizchalarni ko'rib havas qilasan kishi. Mana shunday kunlarni ko'rib, tinchlik buyuk ne’mat ekanligini qayta-qayta tushunib yetamiz.
Hozirgi kunda yurtimizning tinch bo'lishida shubhasiz prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning kamtarona mehnatlari yotadi. Dunyo e'tirofiga sazovor bo'layotgan prezidentimiz biz yoshlarni har tomonlama kuchli, bilimli salohiyatli va ma'naviyatli bo'lishimizga barcha sharoitlarni yaratib bermoqdalar. Besh tashabbus doirasida biz yoshlar o'z mahoratimizni ko'rsatib, yanada sayqallab bormoqdamiz. Prezidentimizning biz yoshlarga qilgan murojaatlarini eshitdim. Shu bilan birga ularning har bir so'zlarini qalbimning tub-tubiga bir nihol qilib ekib qo'ydim. Kim biladi deysiz? Mana shu nihol bir kun kelib o'sib, ulg'ayib, o'zimni orzu-maqsadlarim bilan birlashib, ulkan chinorga aylanib xalqimiz boshiga, ezgulik va tinchlik degan soya solsa ne ajab! Qo'rqmay ayta olamizki, biz yoshlar yurtboshimizni ishonchlarini oqlaymiz. Kunlar keladiki, jahon arenalarida faqat va faqat O’zbekiston madhiyasi yangraydi va O’zbekiston bayrog'i hilpiraydi. Zero,
Taraqqiy etgan ellar tillashar bugun
Xalqimiz dunyo bilan dillashar bugun
Yuksalib, har sohada bellashar bugun
Bu hamma havas qilar mamlakat erur
Mustaqillik qalblarga bag'ishlar surur.
Do'stlaringiz bilan baham: |