Ayupova M. Yu


Nutqni tushunishni rivojlantirish



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/177
Sana11.03.2022
Hajmi3,2 Mb.
#491387
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   177
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага

Nutqni tushunishni rivojlantirish 
Nutq rivojlanishining bu darajasida nutqni tushunish ko’pincha noaniqligi bilan xarakterlanadi. 
Bolalarning predmet miqdorini (ko’p-kam-bitta), kattalikni (katta-kichik), ta’mni (shirin-sho’r), 
shuningdek predmetlarning fazoviy joylashuvini (agar bu predmetlar bola uchun odatdagi joylarida 
tursa) farqlashga o’rganishi maqsadga muvofiqdir. Agar bola qunt bilan rang yoki kattalikni ularning 
so’zli belgisi bilan taqqoslay olmasa u holda rang nomlarini eslab qolish bo’yicha ishni birmuncha 
keyingi muddatlarga qoldirib predmetlarni rangi yoki kattaligi bo’yicha solishtirish bilan 
chegaralanish kerak. 
Bolalarni, ayrim ot va fe’llarning birlik va ko’plikdagi grammatik shakllarini farqlashga 
o’rgatishga alohida e’tiborni qaratish lozim. Biroq, bunday vazifalar faqatgina ularda predmet miqdori 
haqidagi tasavvurlari shakllangandagina mumkin ekanligini bilish lozim; bitta-ko’p. 
Dastlabki so’z shakllarini shakllantirish 
 
Kattalar so’ziga taqlid qilish extiyoji paydo bo’lganidan so’ng, bolalardan urg’uli bo’g’inni 
talaffuz qilishga, so’ngra bir-ikki-uch bo’g’inli so’zlarning ohang-ritmik sur’atiga erishishga urinish 
zarur (bola so’zning tovush tarkibini taxminan talaffuz qilishi mumkin). Bolalarning bir gapda ikki 
so’zni birlashtirish o’quvini egallashi nutq rivojlanishida muhim yutuq hisoblanadi, masalan «koptokni 
ber». 
Bolalar o’z istaklarini imo-ishoralar, amorf so’zlar yoki buyruq fe’lidagi bosh kelishikda, 
o’zgarmaydigan otlarda ifodalashga o’rganishlari lozim. Ba’zi bolalar tavsiya qilingan fe’llarning 
bo’g’in tuzilishini darhol egallab ololmasliklarini yodda tutish lozim. Shu sababli dastlab faqat urg’uli 
bo’g’inni talaffuz qilish lozim, ammo keyinchalik minimum darajada ikki bo’g’in talaffuz qilinadi.
Nutq rivojlanishining bu bosqichida tovush talaffuzini to’g’rilash tavsiya etilmaydi. Logoped 
bolalarning talaffuz imkoniyatlariga e’tiborsiz qarashi mumkin. 
Biroq, nutq shakllanishining ma’lum bir bosqichlarida biz qaysi tovushlarga ahamiyat 
bermasligimizga befarq emasmiz. M,p (b) ,m(g) undoshlari hosil bo’lish joyiga ko’ra boshqa 
undoshlar bilan aralashmaganligi maqsadga muvofiqdir (biroq shart emas) masalan «k» tovushi bilan 
barcha undosh tovushlar yumshoq va qattiqqa, jarangli va jarangsizga farqlanmay qolishi mumkin. 
Barcha til-tanglay oldi undoshlari (sh, j, ch, щ) bitta umumiy frikativ tovush, masalan, yumshoq 
«s» bilan aralashishi mumkin. Sirg‘aluvchi va shovqinlilarni qo’pol ravishda aralashtirish ham ruxsat 
etiladi. Sonorlarning yo’qligi qonuniyat hisoblanadi. Ammo nutqni tiklashning shu bosqichida yoq «y» 
tovushining mavjudligiga alohida e’tiborni qaratish lozim. Bu tovushni oy, ay, ey diftonglariga taqlid 
qilish asosida osongina keltirib chiqarish mumkin. 


Agar nutqning tovush buzilishlari murakkab va bola xech bo’lmaganda tovushlarning taxminiy 
artikulyatsiyasini ham egallay olmagan bo’lsa, u holda logopedik ish so’zlarni ritmik-oxangli talaffuz 
qilish bazasidan boshlash lozim. Bolalar oxang musiqiy surati saqlangan muhim so’zlarning ayrim 
zaxirasi bilan qisqa frazali nutqni egallaganidan so’ng tovush talaffuzi korreksiyasi bo’yicha ish 
boshlanadi. Uch yoshli bolalar bilan bu ishni «chug’urlash so’zlari» materiali ustida boshlash 
maqsadga muvofiqdir. Quyidagi logopedik usullardan foydalanish tavsiya etiladi: predmetlar yoki 
predmetli rasmlarni nomlash; predmetni olish, berish, uzatish va xokazolarni iltimos qilish; predmet 
yoki uning tasviri haqida logoped boshlagan jumlalarni tugallash; harakatlarni buyruq shaklida 
nomlash. Bolalar tomonidan o’zlashtirilgan so’zlarni ko’p marotaba gapirish muhim shart-sharoit 
hisoblanadi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish