Ayupova M. Yu


Nutq to’liq rivojlanmaganligining 3 darajasi



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/177
Sana11.03.2022
Hajmi3,2 Mb.
#491387
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   177
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага

Nutq to’liq rivojlanmaganligining 3 darajasi
- nutqda leksik-grammatik va fonetik-fonematik 
jihatdan rivojlanmaganlik elementlari kuzatiladi. Bolalar nutqqa ega bo’lgan holda kishilar bilan aloqa 
bog’lay oladilar, lekin buni ota-ona (tarbiyachi) ishtirokida, ularning muayyan tushuntirishlari 
yordamida bajaradilar. Bunday bolalar uchun erkin holda aloqada bo’lish juda qiyin. Tovushlarni 
talaffuz qilishda ularni bir-biridan ajrata olmaslik, tovushlar guruhini artikulatsiya jihatidan osonroq 
bo’lgan tovushlarga almashtirish ba’zi hollarda tovushlarni buzib talaffuz qilish bu bolalar uchun 
xarakterlidir. Lug’at ham normadan orqada qolgan bo’ladi, lug’at boyligi analizida leksik holatlarning 
o’ziga xosligi ko’rinadi. Tekshirishda gaplarni, gaplarda so’zlarni oxirigacha gapirmaslik kabi turg’un 
grammatik xatolar kuzatiladi. Ko’pchilik hollarda ular qo’shimcha qo’shilish bilan so’z ma’nosining 
o’zgarishini tushunib Etmaydilar. 
Nutqning to’liq rivojlanmaganligini bartaraf etishda korreksion-pedagogik ish tizimi 
O‘qitishning birinchi bosqichi bir so’zdan va morf-o’zak so’zdan iborat gaplar 
Logopedik ta’sir ko’rsatishning asosiy vazifasi-istalgan tovushning nomayon bo’lishi shaklida 
bolalarning taqlidiy nutqni faoliyatini hosil qilish, nutqni tushunish hajmini kengaytirishdan iborat. 
Bu bosqich gapirmaydigan bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ish uchun mo’ljallangan. 
Bunday bolalarning faol nutqi alohida so’zlardan iborat: bolaga yaqin tanish kishilarni nomlash,tovush 
taqlidi, so’z qismlaridan iborat («da» yoki «dada», «bo» yoki «bobo», «bi-bi»-mashina va xokazolar). 
Gapirmaydigan bolalarda, qoidaga ko’ra kattalar so’ziga taqlid qilish extiyoji xali bo’lmaydi. 
Agar nutqiy taqlid faoliyati mavjud bo’lsa, u holda bu jarayon ikki-uch noto’g’ri 
artikulyatsiyalanuvchi tovushlardan tuzilgan bo’g’in kamplekslari orqali amalga oshiriladi: 
undosh+unli yoki aksincha unli+undosh. 
Gapirmaydigan bolalarning faol lug’atida ayrim hollarda 5-10 ta, ba’zida esa 25-27 ta so’z 
birliklari bo’ladi. Nutq rivojlanishi mobaynida bola tomonidan faqat shunday alohida so’zlardan 
foydalanish davri so’z-gap yoki bir so’zdan iborat gap davri deb nomlanadi. 
Bir so’zdan iborat gaplar nutqning normal shakllanishi jarayonidagi singari nutq rivojlanishi 
buzilishining barcha shakllarida ham bolalar nutqi rivojlanishining boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. 
Bir so’zdan va amorf so’zlardan iborat gaplar davrida nutqni tushunish darajasi turlicha bo’lishi 
mumkin: bolaning o’ziga qaratilgan oddiy iltimoslarni qiyinchilik bilan tushunuvchi eng past 
darajadan so’zlarning alohida grammatik shakllari ahamiyatini tushunishgacha, masalan, otlarning 
birlik va ko’plik shakllarini farqlashga qiynaladilar. Ayrim gapirmaydigan bolalar sodda ko’makchili 
konstruksiyalar ma’nosini tushunadilar. Bunga ikki predmetning fazoviy munosabatini misol qilib 
ko’rsatish mumkin: quti ichida, quti ustida, quti ostida quti yonida. 
Ba’zi bir bolalar yetarlicha passiv lug’atga ega bo’ladilar, ular ota-onasi, logoped va boshqalar 
iltimosiga ko’ra og’zaki ifodalangan, yetarlicha murakkab va turli xil topshiriqlarni bajarish 
qobiliyatiga egadirlar. Bunday bolalar xaqida ota-onalari odatda shunday deydilar: «Hamma narsani 
tushunadilar, biroq gapirmaydilar». Ayrim bolalarda nutqni tushunish juda chegaralangan bo’ladi.
Bolalarning nutqni yaxshi tushunishi va yetarli darajada passiv lug’atga ega ekanligi haqida 
tasavvur tug‘ilganda ham qo’shimcha tekshiruvlar orqali shu yoshdagi sog‘lom bolalarga nisbatan 
nutqni tushunishning chegaralanganligini aniqlashga erishiladi. 


Agar gapirmaydigan bolalarning nutqni tushunishi darajasi past bo’lsa, u holda logopedik ishni 
birinchi navbatda nutqni tushunishni kengaytirishdan boshlash lozim. Logopediya amaliyotidan 
ma’lumki, nutqni yetarlicha yaxshi tushunish tufayligina bola gapira boshlashi mumkin. Agar nutqni 
tushunish darajasi birmuncha yuqori bo’lsa, istalmagan tovush nutq ko‘rinishlarini hosil qilish vazifasi 
birinchi o’ringa chiqadi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish