124
da ko‘pdan buyon ishlab chiqilayotgan ta’limning ko‘rgazmalilik
prinsipi ham xizmat qiladi. K.D. Ushinskiy (1824–1870) ham
ta’lim berishdagi ko‘rgazmalilik haqida so‘z yuritgan: «Ko‘rgazmali
tarzda ta’lim berish bu shunday ta’limki, u mavhum tasavvurlar va
so‘zlar negizida emas balki bola bevosita idrok etgan kon kret obraz-
lar (bu obrazlar o‘qish davomida, yoki
murabbiyning rahbarligi
ostida idrok etiladimi, yoxud ular oldinroq, bolaning mustaqil ku-
zatishi natijasida idrok etilganmi, bundan mustasno holda) negizi-
da tashkil etiladigan bo‘lishi kerak...». Ta’limning ko‘rgazmaliligi
tarbiyachining so‘zi bilan uyg‘unlashtirilgan tarzda maxsus vosi-
talar (ko‘rgazmali qurollar, texnik vositalar, namoyish qilinadigan
tajribalar, turli ekskursiyalar va hokazo)dan foydalanish yo‘li bilan
erishiladi. Bu vositalar bilimlarning o‘zlashtirilishini osonlashti-
radigan va bolalarda o‘rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg‘otishga
yordam beradigan vositalar sifatida ishlatiladi. Hozirgi paytda
ta’limda qo‘llanilayotgan ilg‘or innovatsion texnologiyalardan foy-
dalanish, ta’lim berishning turli metodlari bunga yaqqol misoldir.
Tadqiqotlarning natijalari shuni ko‘rsatadiki, ko‘rgazmalilik prin-
sipi ushbu metodlar jarayonida uyg‘unlashib ketadi, ta’lim jarayo-
niga boshqacha yondashish imkonini beradi.
Inson idrokining eng muhim va o‘ziga xos bo‘lgan xususi-
yatlaridan yana biri nutq matеriallarini idrok qila bilishdir.
Ma’lumki, odamga til tug‘ma ravishda bеrilmaydi. Har bir bo-
la yoshlik chog‘idan boshlab o‘z ona tilini o‘zlashtira
boshlay-
di. Bu jarayonda til matеriallarini, ya’ni tovushlarni, urg‘ularni,
bo‘g‘inlarni, so‘zlarni, gaplarni, intonatsiyalarni to‘g‘ri idrok qi-
la bilish juda katta ahamiyatga egadir. Bolalar har bir tovushni,
har bir so‘zni o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida juda ko‘p martalab
takrorlash orqali ularning to‘g‘ri aytilishini (ya’ni to‘g‘ri talaffuz
qilinishini), mazmunini o‘zlashtirib boradilar. Shu tarzda bola-
larda nutq matеriallarini idrok qilish davomida har bir so‘zga nis-
batan murakkab dinamik stеrеotip tarzidagi muvaqqat aloqalar
yuzaga kеladi. Ana shu dinamik stеrеotip tarzidagi muvaqqat
aloqalar hosil bo‘lgani tufayli bolalar
har bir murakkab iborani
yеngillik bilan idrok qila oladigan bo‘ladilar. Nutqni idrok qilish
bolalarning dunyoni bilish imkoniyatlarini kеngaytirib boradi.