Natijalaringizni jadval asosida tekshiring
savol
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10 11 12 13 14
A
3
5
10 10
3
5
3
10
5
10 10 10 10 15
B
10 10
5
3
5
3
5
5
3
5
5
5
5
3
C
5
3
3
5
10 10 10
3
10
3
3
3
3
5
130
150–100 ball. Siz so‘zsiz juda kuzatuvchansiz. Shu bilan birga
siz o‘zingizni va o‘z harakatlaringizni tahlil qilishga qodirsiz.
99–75 ball. Sizdagi kuzatuvchanlik yetarli darajada rivojlan-
gan. Lekin bu to‘g‘ri tushunchalar chiqarish uchun kamlik qila-
di.
74–45 ball. Sizni atrofingizdagilarning fikri va kayfiyati aslo
qiziqtirmaydi. Siz juda band odamsiz, tashvishlaringiz o‘zingizga
yetadi. Boshqalarning xatti-harakati u yoqda tursin, o‘z harakat-
laringizni tahlil qilishga ham vaqtingiz yo‘q. Atrofingizdagi ba’zi
birovlar faqat o‘zini o‘ylaydi deb hisoblashlari aniq.
3.3. Xotira.
Xotira to‘g‘risida tushuncha va uning fiziologik asoslari
Xotira – bu tajribamizga aloqador har qanday ma’lumotni es-
lab qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bilan bog‘liq
murakkab jarayondir. Xotira har qanday tajribamizga aloqador
ma’lumotlarning ongimizdagi aksidir.
Tevarak-atrofdagi biz idrok qilgan narsa va hodisalar ongimiz-
da izsiz yo‘qolib ketmaydi, balki miya po‘stlog‘ida obrazlar tarzi-
da saqlanib qoladi. Keyinchalik narsa va hodisalarning o‘zi ko‘z
oldimiz da bo‘lmagan paytda ham biz bu obrazlarni ongimizda
qayta tik lay olamiz.
Odatda biz biror-bir ma’lumotni o‘qiydigan bo‘lsak, uni hech
bir o‘zgarishsiz eslab qolishga harakat qilamiz. Lekin ajablanarli-
si shundaki, borgan sari ma’lumot ma’lum o‘zgarishlarga yuz tu-
tib, xotirada dastlabki paytdagisidan boshqacharoq bo‘lib saqla-
nadi. Ba’zi bir ma’lumotlar xohlasak ham xotiradan o‘chmaydi,
boshqasini esa juda qattiq xohlasak ham kerak paytda yodimiz-
ga tushira olmaymiz. Ma’lum bo‘lishicha inson miyasi har qan-
day ma’lumotni saqlab qoladi. Agar shu ma’lumot biror sabab bi-
lan odamga kerak bo‘lmasa, yoki o‘zgarmasa, u ongdan tabiiy
tarzda yo‘qoladi, lekin har doim ham bizning professional faoli-
yatimiz manfaatlariga mos ma’lumotlarni esda saqlash juda zarur
va shuning uchun ham ko‘pchilik ataylab xotira tarbiyasi bilan
shug‘ullanadi. Inson xotirasining yaxshi bo‘lishi, ya’ni his-kechin-
malarimiz, ko‘rgan-kechirganlarimizning mazmuni to‘laroq mi-
yamizda saqlanishi quyidagi omillarga bog‘liq:
131
– esda saqlab qolish bilan bog‘liq harakatlarning yakunlan-
ganlik darajasiga;
– shaxsning o‘zi shug‘ullanayotgan ishga nechog‘liq qiziqish
bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga;
– shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga muno-
sabatining qandayligiga;
– shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga;
– irodaviy kuchi va intilishlariga.
O‘tmish tajribalarimizda nimaiki hodisa yuz bergan bo‘lsa,
shuni esda olib qolish esda saqlash va keyinchalik esga tushirish
yoki unutish
xotira
deb ataladi.
Tashqi va ichki qo‘zg‘atuvchilar ta’sir ko‘rsatishi tufayli miya ga
keluvchi qo‘zg‘alishlar miyada «izlar» qoldiradi, bu izlar-uzoq yil-
lar (ba’zan butun hayot) davomida saqlanib qoladi. Yarimsharlar
po‘stlog‘ida qo‘zg‘alishlar uchun go‘yo yo‘l ochiladi, buning nati-
jasida nerv bog‘lanishlari keyinchalik oson va tez vujudga keladi.
Agar qo‘zg‘alishlar takrorlanib tursa nerv bog‘lanishlari saqlana-
di va jonlanadi, aksincha qo‘zg‘alishlar takrorlanmasa nerv bog‘-
lanishlari so‘nadi. Nerv bog‘lanishlari so‘nsa ilgari esda qoldiril-
gan ma’lumotlar unutiladi. Vaqtincha nerv bog‘lanishlarining
vujud ga kelishi va saqlanishi xotiraning fiziologik asosini tashkil
etadi.
Xotiraning mohiyati narsa va hodisalar o‘rtasida aloqa o‘rnatish-
dan iborat ekanligini qadim zamonlardayoq greklar tushu nib yet-
gan edilar. Bunday aloqalar assotsiatsiyalar deb atab kelinadi.
Assot siat siyalar uch xil bo‘ladi:
Izdoshlik
– (yoki ketma-ketlik) assotsiatsiyasi, masalan: bi-
ror hodisa esga keltirilgan paytda, shu davrda yuz bergan boshqa
fakt lar ham xotirada gavdalanadi.
Kontrastlik
– shovqin-suronli shaharga kelib qolsam tinch
qishloq hayotini eslayman.
O‘xshashlik
– tanishimni portretini ko‘rsam uni o‘zini ham
eslayman.
Ilgari idrok qilingan narsa va hodisalar obrazlarining ongimiz-
da qayta gavdalanishiga tasavvur deb ataladi. Tasavvurlar tufayli
ayni paytda ko‘z o‘ngimizda bo‘lmagan lekin ilgari idrok qilgan
narsalarni aks ettira olamiz.
132
Tasavvurlar va uning turlari
Esda olib qolish va qayta esga tushirish tasavvur obrazlari asosi-
da amalga oshiriladi. Odatda mazmun jihatidan ikki xil tasavvur
ya’ni
Do'stlaringiz bilan baham: |