134
ladigan turli murakkablikdagi assotsiatsiyalarga bog‘liqdir. Xoti-
ramizda nimaiki saqlanayotgan bo‘lsa, shularni ko‘pchiligini biz
ixti yorsiz ravishda esda olib qolganmiz. Masalan: ko‘chada ketayot-
gan paytimizda oldimizga aniq maqsad qo‘ymagan bo‘lsak ham
juda ko‘p narsalar ixtiyorsiz tarzda esda saqlanib qoladi. Ko‘pincha
beixtiyor idrok qilingan narsa va hodisalar esda saqlanib qoladi.
Lekin esda saqlanib qoladigan ma’lumotga hissiyot ta’sir qilishi
mumkin. Masalan: bizda bironta hissiyot tug‘diradigan ma’lumot
hissiyotimizga hech bir ta’sir qilmaydigan ma’lumotga qaraganda
esimizda ham tezroq, ham mustahkamroq o‘rnashib qoladi.
Ammo odamning hayoti va faoliyati
undan ixtiyoriy esda
olib qolishni talab etadi. Maktabda fan asoslarini o‘rganish,
biron-bir kasb bo‘yicha ishga tayyorgarlik ko‘rish odatda ixti-
yoriy esda qoldirishni talab etadi. Muayyan bilimlarni egal-
lash uchun sistematik va ixtiyoriy ravishda esda qoldirish
uqib
olish deb ataladi. Uqib olish maktab o‘quvchilari o‘quv ishining
muhim qismi hisoblanadi. Ixtiyoriy esda olib qolish deb ko‘zda
tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan ma’lumotlarni
ongli ra-
vishda kuch sarf qilib esda olib qolishga aytiladi. Ixtiyoriy es-
da olib qolish anglab, bilib esda olib qolishdir. Masalan: es-
da olib qolishga jazm qilish, maqsadga erishish uchun intilish,
kerak ma’lumotni tanlash, motivatsiya (nima maqsad bilan esda
qoldirish kerakligini bilish) – bularning hammasi tafakkur faoli-
yati bilan bog‘liq bo‘ladi. Ixtiyoriy esda qoldirishda iroda ning
ham ahamiyati katta. Masalan: ba’zi paytlarda esda olib qolish-
ning qiyinchiliklariga duch kelar ekanmiz, bunda albatta iroda
ishtirok etadi. Ixtiyoriy esda olib qolishning nerv-fiziologik aso-
sida birinchi va ikkinchi signallar sistema doirasida yuzaga kela-
digan shartli reflekslar, muvaqqat aloqalar yotadi. Odatda qiziqish
yengillik bilan esda qoldirishning eng birinchi shartlaridandir.
Bizda qiziqish tug‘dirgan narsa
tezroq va mustahkamroq esda
qoladi. Esda qoldiriladigan ma’lumotga bo‘lgan qiziqish diqqa-
timizni o‘ziga jalb etadi, his-tuyg‘ularimizga ta’sir qilib zavq-
lantiradi. Bu esa o‘z navbatida esda olib qolishni kuchaytiradi.
Ayrim kishilar xotirasining zaifligi analiz qilinganda esda yaxshi
saqlab qololmasliklarining sababi ular diqqatining bo‘shligida,
tarqoqligida, ya’ni miya po‘stidagi tegishli qo‘zg‘alish manbala-
135
rining zaifligida ekanligi aniqlangan. Ma’lumotni idrok qilishda
sezgi organlari qanchalik ko‘p ishtirok etsa, ma’lumot shuncha-
lik tez va puxta esda qoladi.
Ma’lumotni idrok qilishda sеzgi organlari qanchalik ko‘p ish-
tirok etsa, ma’lumot shunchalik tеz va puxta esda qoladi. Bu
haqda mashhur rus pеdagoglaridan K.D. Ushinskiyning quyi-
dagi gaplari juda ham o‘rinlidir. «Bolaning esida biror narsa ning
mahkam o‘rnashib qolishini xohlovchi pеdagog,
bola sеzgi or-
ganlarining mumkin qadar ko‘prog‘ini – ko‘zi, qulog‘i, tovush
organi, muskul sеzgisi va hatto, iloji bo‘lsa, hidlash va ta’m bi lish
organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga ha rakat
qilishi kеrak», K.D. Ushinskiyning bu fikri allaqachon amalda is-
bot qilingan.
Ma’lumotni takrorlash ham albatta ixtiyoriy esda olib qo-
lishga ijobiy ta’sir qiladi. O‘tkazilgan tekshirishlardan ma’lum
bo‘lishicha, asosan uch xil yo‘l bilan takrorlash mavjud:
–
surunkasiga takrorlash;
– qismlarga bo‘lib takrorlash;
– bir yo‘la surunkasiga undan so‘ng yana qismlarga bo‘lib
takrorlash.
Bu psixologiyada kombinatsiya usuli deb yuritiladi. Esda
olib qolinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni taqsimlashda kishi ning
tafakkuri va diqqati faol qatnashadi. Binobarin, ma’lumotlarni
taqsimlash va rejalashtirish jarayonining o‘ziyoq esda olib qo-
lishning sifatiga ijobiy ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: