Maktabgacha yoshdagi


xotira tasavvuri va xayoliy tasavvur



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

xotira tasavvuri va xayoliy tasavvur
farqlanadi. Xotira tasav-
vuri ilgari idrok qilingan, ya’ni ilgari o‘z shaxsiy tajribamizda 
bo‘lib o‘tgan, lekin hozir ko‘z o‘ngimizda bo‘lmagan narsalar ning 
obrazlarini ongimizda gavdalantirishdan iboratdir. Masalan, bi-
rinchi marta maktabga borganimizdagi taassurotlarni ongimizda 
qayta tiklashimiz xotira tasavvuri bo‘ladi. Xayoliy tasavvur xoti-
ra tasavvuriga qaraganda murakkab bo‘lib, ongimizdagi bilimla-
rimiz, tajribamiz asosida ilgari idrok qilinmagan, shu paytgacha 
turmush tajribamizda uchratmagan narsalarning obrazlarini ya-
ratishdan iboratdir. Xayoliy tasavvur ijod qilish jarayoni bilan 
bog‘liq bo‘lgan tasavvurdir. Masalan: matndagi obrazlar ning 
tasvirlanishiga qarab, ular obrazlarining ko‘z oldimizda paydo 
bo‘lishi xayoliy tasavvurga misol bo‘la oladi.
Tasavvurlar narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish orqali 
hosil bo‘lishdan tashqari so‘zlar orqali, ya’ni so‘z bilan biron nar-
sani tasvirlab berish orqali ham hosil bo‘lishi mumkin. Tasavvur 
obrazlarining to‘la va ravshan bo‘lishi birinchi navbatda idrok-
ning chuqur va to‘laligiga bog‘liqdir. Unchalik e’tibor bermay pa-
la-partish idrok qilgan narsalardan hosil bo‘lgan obrazlar juda 
xira bo‘ladi. Binobarin, bunday obrazlar tasavvurda qayta tiklan-
ganda undan ham xira va noaniq bo‘ladi.
Bundan tashqari tasavvur obrazlarining sifati odamning ay-
ni chog‘dagi ahvoliga, his-tuyg‘ulari va diqqatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Chunonchi, tobi qochib kayfiyati buzilib (ko‘ngli biron narsaga 
g‘ash bo‘lib), diqqati chalg‘ib turgan paytida odam idrok qilgan 
narsalarini yaxshi va osonlik bilan tasavvur eta olmaydi. Idrok 
qilish jarayonida qaysi sezgi a’zosining ustunlik qilishiga qarab 
tasavvurlar quyidagi turlarga bo‘linadi: ko‘rish tasavvuri, eshitish, 
hid bilish tasavvurlari, ta’m bilish tasavvuri, harakat tasavvuri va 
shu kabilar. Odamlarning kasbiga qarab tasavvurlarning ayrim-
lari nisbatan kuchli rivojlanadi. Masalan: rassomlarda ko‘rish 
tasavvuri, kompozitor va sozandalarda eshitish tasavvuri, raqqo-
salarda harakat tasavvuri nisbatan ustun turadi. Tasavvurlar yak-
ka va umumiy tasavvurlarga bo‘linadi. Yakka tasavvur deb birorta 


133
yakka narsa yoki hodisaning obrazini tasavvur qilishga aytiladi. 
Masalan: tanish bo‘lgan odamlar (o‘rtog‘i, sinfdoshi haqidagi) va 
shaxsiy narsalari haqidagi (avtoruchkasi, portfeli kabi) tasavvur-
lar. Umumiy tasavvur deb bir jins, bir tur, bir guruhni tashkil qil-
gan narsalarning obrazlarini tasavvur etishga aytiladi. Masalan: 
umuman odamni, umuman daraxtni yoki umuman o‘simlikni 
tasavvur qilish. Odamda dastavval yakka tasavvurlar undan keyin 
esa umumiy tasavvurlar yuzaga keladi. Chunki umumiy tasavvur-
lar bir qancha bir-biriga o‘xshash narsani qayta-qayta idrok qi lish 
natijasida hosil bo‘ladi.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish