4-mavzu: maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni musiqaviy asarlarni idrok etishga o`rgatish. Reja



Download 62,5 Kb.
bet1/3
Sana12.04.2022
Hajmi62,5 Kb.
#546160
  1   2   3
Bog'liq
4-MAVZU MUSIQA


4-MAVZU: MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNI MUSIQAVIY ASARLARNI IDROK ETISHGA O`RGATISH.
REJA:

  1. Bolalarni musiqiy asarlarni idrok etishga o’rgatish.

  2. Bolalarning musiqiy asarlarni tinglash va kuylash faoliyati haqida.

Tayanch so’z va iboralar: musiqiy asar, tinglash va kuylash, idrok etish, tovush balandligi, kuy harakati, ritmik surati, Dars tuzilishi, asar mazmuni va mohiyati.

  1. Bolalarni musiqiy asarlarni idrok etishga o`rgatish.

Idrok san’ati o’zidan keyin psixologik faoliyatni namoyon qiladi. qaysiki, intelektual, bilish, emotsional momentlarni birlapggiradi. Musiqa san’ati asarlarini tushunish masalasi o’zidan o’zi kelib chiqishi mumkin emas. Uni o’rgatish kerak. Musiqa asarlarini idrok etish hissietidan boshlayaadi. Musiqa asarlarini idrok etish emotsional jonkuyarlikni vujudga keltiradi. Bolaning bu holatida unga tanish mazmun va quvonch-idrok asosida emotsiyalarning paydo bo’lishidir. Bolalarda asarni tushunib qabul qilish qobiliyatini tarbiyalash zarur.
Musiqani idrok etish ilk bolalardan shakllanadi. To’plangan emotsional musiqaviy taasurotlar qo’shiq aytishga, muzika asboblarini chalishga, badiiy xalh qo’shiqlarini aytishga olib keladi.
Hissiyot, eshitish, idrokning rivojlanishi asosida bolalarda musiqaviy taasurotlar to’plana bshlaydi. 7 yoshli bola musiqaning mazmuniga qarab qayg’uradi va fikr yuritadi. Biz bola oldiga musikani idrok etishning payida bo’lishi vazifasini quramiz. Keyin esa tashqi ta’sir etish orqali musiqaviy taasurotlarni yshindisi vazifasini. Bolani musiqaviy asarlarni idrok etish tug’risidagi masalaga to’xtaymiz. Idrok san’ati o’zidan kiyin psixologik faoliyatni namoyon qiladi, qaysiki, intelektual, bilish, emotsional holatlarni birlashtiradi.
Musiqa san’ati asarlarini tushunish masalasi o’zidan o’zi kelib chiqishi mumkin emas. Uni o’rgatish kerak. Musiqa asarlarini idrok etish hissiyotidan boshlanadi. Musiqa asarlarini idrok etish emotsional jonkuyarlikni vujudga keltiradi. Bolaning bu holatida unga tanish mazmun va quvonch-idrok asosida emotsiyalarning paydo bo`lishidir.
Musiqani idrok etish ilk bolalardan shakllanadi. To’plangan emotsional musiqaviy taasurotlar qo’shiq aytishga, muzika asboblarini chalishga, badiiy xalq qo’shiqlaini aytishga olib keladi. Hissiyot, eshitish, idrokning rivojlanish asosida bolalarda musiqaviy taasurotlar to’plana boshlaydi. 7 yoshli bola musiqaning mazmuniga qarab qayg’uradi va fikr yuritadi.
Estetik idrok - bu 2 asosiy komponentlar yishndisidir: emotsionallik va tushunarlilik. Lekin bunga yana xayol va harakat momenti - ritm ham qo’shiladi.
Keyin maktabg-acha yoshdagi bolalar tanish musiqani biladilar, marsh, ilyaska, alla musiqalarii ajratadilar, musiqaning sokin va quvnoq xarakterini ajratadilar, lekin uni yosh xususiyatlarikuchiga ko’ra so’z orqali ifodalay olmaydilar. 4-5 yoshda bolalar obrazlarni detallashtiradilar, musiqaning kontrast xarakterlarini qisman ajratadilar, musiqa asarlarining ifodaliligi forma va vositalarini tushunadilar. Pedagogning savoli va talabiga so’z orqali javob qaytaradilar. 6-7 yoshli bolalar quyidagi terminlar orqali; kirish, kuplet, birga aytishbo’liad, temp va boshqalar, differentsiyalashtirishlari va umumlashtirishlari mumkin. Ular musiqa asarlarining ifodaliligi xarakter va vositalarini tushunadilar va o’yinobrazlarig’a qarashadi.
Shunday qilib musiqa idrokini tarbiyalash quyidagicha boradi:
1. Musiqa materialini ajratib olish.
2. Tarbiya va ta’lim metodlarini sistemalashti-rish.
3. Ishning turli bosqichlaridan foydalanish.
4. Musiqa asarlarining turli-tuman tematiklaridan foydalanish (ijtimoiy, tabiat, mehnat, bolalar turmushi, ertaklar).
5. Musiqa asarining obrazlar soni va formasiga qarab asta-sekin murakkablashib borishi.
Musiqani emotsional uchun uning tovush materialini qabul qilishni bilish zarur, uni eshitish, differentsiyalashni bilish kerak. Bu malaka bolalar bilan musiqa asarlarini (oddiylarini) analiz qilish, ular diqqatini musiqa ifodaliligi vositalariga qaratish yo’li bilan rivojlantiriladi. Musiqa asarlarini analiz qilish orqali bola musiqani o’ziga xos tilini ajrata boshlaydi -musiqaning xarakteridagi dunyodagi obrazlar bilan bsnliqliq ular emrtsional kayfiyatini (lirika, bardamlik, tantanavorlik va boshqalar).
Pedagog bolalarda aktiv faoliyatni vujudga keltirish uchun obrazli va she’riy so’z orqali ashula, o’yin, eshitish uchun pesa syujetini yoritadi, bolada paydo bo’ladigan xayolni qo’z!aydi, obrazlarni chaqiradi, uni syujet asosida fikrlash harakatiga musiqa asarini programmasiga jalb qiladi.
Shunday yunalishdan keyin musiqani idrok etish bolada emotsional tushunarli bo’ladi.
So’z orqali natijani ifodalash va asarga baho berish tarbiyachining mohir rahbarligi ostida asta-sekin badiiy-musiqaviy didni paydo qiladi.
Shunday qilib, badiiy-musiqaviy did quyidagi jarayonda shakillanadi:
1. Musiqa asarini to’laligicha idrok etish.
2. Uning ma’nosini tushunib olish
3. Agar o’rinli bo’lsa, bajarish.
Amaliyotda u namoyon bo’ladi:
1. Agar bahosida.
2. Badiiy talablarga javob beradigan asarlarni qabul qilishga intilish.
3. Asar tanlashda idrokda badiiylikni boshdan kechirish va asarlarni ijro etish.
Vazifa: Musiqaviy deganda nimani tushunasiz? Emotsional hissiyot nima?
Bolalarni pedagogik aktiv faoliyatini vujudga keltirish uchun nimalar orqali qiziqtiradi? Qanday badiiy asarlarni bilasiz?
Musiqiy idrok - musiqa tinglash faoliyati barcha musiqiy mashg'ulotlarning asosidir. Musiqiy tovush balandligi, uning ritmik suratini tinglamay kuylab bo'lmaydi. Lekin musiqa tinglash oson emas, chunki har bir musiqiy asaring xarakteri musiqaning ifoda vositalari orqali aks ettiriladi va doimiy rivqjlanish va harakatda. Shuning uchun musiqa tinglashni o'rganish kerak. Musiqa tinglashni har qanday musiqiy jarayonda - qo'shiq kuylash, ritmik harakatlar bajarish, musiqiy cholg'ularda jо'r bo'lish, musiqa savodi jarayonlarida ham o'rganish mumkin.
«Musiqani sevish uchun, avvalambor, uni tinglay olish kerak...» - degan kompozitor D. Shostakovich. Musiqani idrok etish masalalariga bir qator rus olimlari E.Gorskaya, G.Rigina, N.Grodzenskayalar murojaat qilganlar.
Musiqani eshitish va tinglashni o'rgatish tarbiyachi oldiga bir qator vazifalami qo'yadi. Avvalambor tarbiyachi musiqani boshqa san'at turlaridan farqi nimadaligini tushuntirib bermog'i lozim. Musiqani his qilish, anglash, tushunish uchun uni tinglay olish muhimdir. Buning uchun bolalar musiqaning ifoda vositalari haqida kuy harakati, ritmik surati, registrlarning ifodaviylik ahamiyati, sur'at, dinamika, lad bo'yoqlari (major va minor) va boshqalarni bilishlari kerak.
Asosan musiqa tinglash faoliyati quyidagi to'rtta shartli bosqichlarda o'tkaziladi:
1.Kirish so'zi.
2.Asar ijrosi.
3.Tinglangan asar haqida suhbat.
4.Qayta tinglash.
Bu bosqichlar shartli deb bejiz ta'kidlamadik. Dars tuzilishi, asar mazmuni va mohiyatiga qarab bu bosqichlar qisqartirilishi yoki kengaytirilishi ham mumkin.
Musiqiy asarlarni tinglash, idrok etish, mazmuni va kayfiyatini anglash jarayonida tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga yordam berishi kerak.
Buning uchun tarbiyachi:

  • tarbiyalanuvchilami tinglanadigan asarga hissiy tayyorlaydi;

  • tarbiyalanuvchilami madaniyatli tinglovchi sifatida tarbiyalaydi;

  • musiqaning mazmuni, ifoda vositalrini oddiy tahlii qilishga o'rgatadi;

  • musiqa haqida fikr yuritish, asarga estetik baho berish ko'nikmalarini hosil qiladi;

  • o'tilgan asarlami tinglab ehsga olish, asaring nomi va mualliflarini aniqlash.

Tinglashdan avval tarbiyalanuvchilar diqqatini jamlash, faollashtirish uchun tarbiyachi tarbiyalanuvchilar oldiga ulaming musiqiy tayyorgarligi darajasidan kelib chiqqan holda turli xil vazifalar qo'yishi mumkin:
1.Katta bo'lmagan kuy, musiqiy asarni tarbiyalanuvchilarga tinglash uchun beradi va «Siz bu asarga nima deb nom bergan bo'lardingiz?»- degan savolni o'rtaga tashlaydi.
2.Tarbiyachi M.Mirzayevni «Bahor valsi» asarini tinglash uchun beradi va asar nima uchun bunday nomlanganligini tarbiyalanuvchilardan so'raydi.
3.Tinglash uchun berilgan asarning kayfiyatini aniqlash vazifasini beradi.
Bunday vazifa-savollar tarbiyalanuvchilarda musiqani tinglash xohishini uyg'otadi, musiqiy idrokni faollashtiradi.
Tarbiyalanuvchilar asar mazmunini, musiqiy nutq vositalarining ifodaviyligini anglashga harakat qiladilar. Musiqiy idrokni hissiy jihatdan faollashtiruvchi va boyituvchi metodlar quyidagilar:

  • bolalarga tanish bo'lgan asarni yangi ijroda, yangi talqinda berish;

  • turli talqin va ijro usullarida berilgan bir asaring o'zini taqqoslash;

  • tarbiyachining jonli ijrosi;

  • tarbiyachining kirish so'zi;

  • yuqori sifatli audio va SD yozuvlaridan foydalanish;

  • cholg'u asarlarining musiqiy mavzularini lokalizatsiya qilib kuylash.

Musiqa idroki musiqiy asarni o'rganish jarayonida rivojlanadi va bu jarayon to'rt bosqichda amalga oshiriladi:

  • tarbiyachining kirish so'zi;

  • musiqiy asarni birinchi bor tinglash;

  • musiqiy asar tahlili;

  • qayta tinglash.

Endi bu bosqichlami alohida ko'rib chiqamiz. Tarbiyachining kirish so'zi - qisqa, emotsional, qiziqarli bo'lib, asosiy maqsad - bolalaming diqqatini tinglanadigan asargajalb etish, unga qiziqish uyg'otish. Tarbiyachi o'z kirish so'zida bolalarga kompozitor haqida qisqacha so'zlab berishi mumkin. Ba'zida esa kirish so'zi bir necha savollardan iborat bo'lib, bolalar idrokini faollashtirish, ularda musiqani tinglash xohishini hosil qilish kerak.
Musiqiy asarni tinglash - tarbiyalanuvchilarni musiqani tinch, gaplashmasdan tinglashga o'rgatish birinchi galdagi vazifadir. Asar boshidan oxirigacha ifodali badiiy ijroda gramm yozuv orqali yoki tarbiyachi ijrosida ko'rsatiladi. Musiqa jaranglagan paytda tarbiyachining o'zi ham musiqani berilib tinglashi, ko'rsatmalar bermasligi, yozuv-chizuv ishlari bilan shug'ullanmasligi lozim, ya'ni tarbiyachi musiqiy asarni tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda tinglashi kerak.
Musiqa tahlili - musiqa tinglashdan olingan hissiy ta'sirni chuqurlashtirish vazifasiga qaratilgan. Bu murakkab va tarbiyachidan kattamahorat talab etadigan bosqich. Asari tushunish va his etish bir narsa emas. Tahlil ko'pincha. hissiy idrokka halal ham berishi, tinglashni susaytirishi ham mumkin. Asar ifoda vositalari mazmundan ajralgan holda, ko'rib chiqilsa, shunday hoi ro'y berishi aniq. Musiqa savodini egallagan tarbiyalanuvchilar musiqa tahlili jarayonida o'z bilimlarini bemalol qo'llay boshlaydilar. Musiqa tahlili jarayonida tarbianuvchilarda suhbat quyidagi savollar yuzasidan o'tkaziladi:

  1. Mazmun va xarakter.

  2. Musiqiy janr.

  3. Musiqa qanday o'zgaradi.

  4. Musiqiy shakl.

Musiqa tahlili asosida tarbiyalanuvchilaming musiqaga kirib borishi, asosiy musiqiy qonuniyatlarni tushunib etishlari bosqichma-bosqich, tizimli ravishda hosil bo'ladi.
Qayta tinglash - tarbiyalanuvchilar musiqani to'laroq idrok etishlari, asari eslab qolishlari, asari yoqtirib qolishlari uchun bir necha bor qayta tinglash maqsadga muvofiq, chunki bir marta tinglangan asar darrov bolalarga yoqadi, hamma bolalar tomonidan yetarli darajada emotsional qabul qilinadi, deb aytib bo'lmaydi. Musiqiy asar tarbiyalanuvchining musiqiy tajribasiga aylanishi uchun bir necha bor qayta tinglash jarayoni idrokni boyitishi, musiqiy obraz tasavvurini chuqurlashtirishi va asarning esda qolishini ta'minlashi lozim.
Musiqiy obrazlarni taqqoslash-qiyoslash metodi tarbiyalanuvchilarda musiqa idrokini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu metoddan oqilona -foydalanish tarbiyalanuvchilaming musiqiy-eshitish qobiliyatlarini o'stiradi. Awal kontrast asarlardag farqlarni anglash, keyinchalik esa kayfiyati bir xil bo'lgan asarlarda nozik o'xshashliklarni his etishlariga yordam beradi.Jamoa bo'lib kuylash - tarbiyalanuvchilami musiqa sanatiga faol jalb etishning eng ommaviy shaklidir. Har bir sog'lom bola kuylash imkoniyatiga ega bo'ladi. Kuylash bola uchun estetik ehtiyoj, hissiyot va kayfiyatni ifodalashning eng tabiiy va qulay vositaidir.
Bola qo'shiq ijro etar ekan, unda his-hayajon, zavq-shavq, ko'tarinki kayfiyat, quvnoqlik, harakatchaniik kabi ijobiy tuyg'ular hosil bo'ladi. qo'shiqda ikkita estetik vosita - musiqa va badiiy so'z birlashadi. Shuning uchun tajribali tarbiyachining qo'lida jamoa bo'lib kuylash - tarbiyalanuvchilami musiqiy-estetik tarbiyalashda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.
Qo'shiq kuylash faoliyati tarbiyalanuvchilarda melodik, garmonik eshitish, lad hissini, sof intonatsiyada kuylash malakalarini hamda musiqiy qobiliyatini rivjlantiradi. Ijro jarayonida ovozi va musiqiy eshituvi turlicha bo'lgan bolalar jamoa bo’lib birlashadilar, Ular o'zlarining va o'rtoqlarining ijrolarini kuzatadilar, birgalikda kuylashdan bahramand bo'ladilar. Ularda diqqat, kuzatuvchanlik, intizom va boshqa tarbiyaviy xususiyatlar shakllanadi.Tarbiyalanuvchilarida kuylash jarayonida tarbiyalanuvchilarning ovoz apparati yanada yaxshi rivojlanadi, nafaslari chuqurlashadi, qon aylanishi yaxshilanadi, qomatlari tekislanadi, bir so'z bilan aytganda ham ma'naviy, ham axloqiy, ham jismonan rivojlanadilar, tarbiyalanadilar.
Har bir insonning kayfiyatiga qarab ovozi yoqimli, quvnoq, jarangdor, sho'x yoki bo'g'iq, «shirali», «shirasiz» va hokazo bo'lishi mumkin. Ovoz chiqishi ovoz pardalariga bog'liqdir. Ovoz pardalari tebranishi natijasida ovoz hosil bo'ladi. Inson ovoz apparati juda murakkab tuzilgan. Uning asosiy qismlari - nafas olish organlari - o'pka, qorin bo'shlig'i, nafas muskullari, shuningdek, hiqildoq, ovoz paychalari, artikulyasion apparatlar va boshqalar. Ovoz hosil bo'lishi uchun mana shu apparatlaming barchasi ishga tushadi. Bu murakkab jarayondir. Tovush apparatining fiziologik tuzilishi masalalariga olimlar P.Chesnokov, Sh.Ro'ziev, D.Xalabuzar. N.Dmitryev o'z ilmiy ishlarida murojaat etganlar va atroflicha yoritib berganlar.
Tarbiyalanuvchilarda kuylash faoliyati bir qator vazifalami hal etishni nazarda tutadi:
-bolalarda jamoa bo'lib kuylashga qiziqish va muhabbat uyg'otish;
-musiqaga hissiy ta'sirchanlikni tarbiyalash;
-badiiy didni tarbiyalash;
-qo'shiqchilik ovozini, ya'ni yoqimli, tabiiy tovushda kuylashni 'hakilantirish, ovoz diapazonini o'stirish
-badiiy ijroga erishish uchun vokal-xor malakalarini rivojlantirish;
-musiqiy qobiliyatlarini o'stirish.
Qo'shiqning badiiy, chiroyli, ifodali ijrosiga erishishning muhim vositasi

  • tarbiyalanuvchilarda vokal-xor malakalarini rivojlantirishdir.

Ilk qadam” dasturida Vatan, mustaqillik, diyorimiz, tabiat, mehnat, bolalik mavzularidagi qo'shiqlar o'rin olgan. Bu qo'shiqlar tarbiyalanuvchilarda Vatanga muhabbat, uning kelajagiga sadoqat, mehnatsevarlik, estetik tarbiyalashda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Qo'shiq o'rgatish jarayonida o'rganiladigan qo'shiqqa emotsional munosabatni rivojlantirish, tasavvurni, musiqiy eshitish va xotirani o'stirish, musiqaning ifoda vositalarining ahamiyatini tushunish, jarangli, kuy chan, yengil tovushlarda kuylash, o'zini va o'rtoqlarini tinglay olish, jo'rsoz bilan hamda jo'rsozsiz kuylash, ikki-uch ovozii kuylash orqali garmonik eshitish qobiliyatini shakllantirish kabi vazifalar amalga oshirilishi ko'zda tutilgan. Tarbiyachi kuylash uchun qo'shiq tanlar ekan, avvalambor asaring badiiy qiymati, mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati, obrazlar doyrasini sinchiklab tahlii qilib chiqadi. Olingan natijaga qarab qo'shiqni o'rgatish metodlarini tanlaydi.

Download 62,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish