Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

fazoni idrok qilish
deb ataladi. Bundan tashqari 
moddiy olamdagi narsalar doimo harakatda va o‘zgarishdadir. Bu 
harakat va o‘zgarishlar ma’lum bir vaqt ichida yuz beradi. Narsa-
lar harakati va o‘zgarishidagi oldinma-ketinlik, tezlik va davo-
miylikning odam ongida aks ettirilishi 
vaqtni idrok qilish
deb 
ataladi. Obyektlarning fazoda egallagan holati o‘zgarishining aks 
ettirilishi 
harakatni idrok
etish deyiladi.
Olam materiyadan iborat, materiya hamisha fazo va vaqt 
ichi da mavjuddir, yoki faylasuflar ta’biri bilan aytganda yashash 
formalaridir. Bir qancha sezgi organlari va miya katta yarim-
sharlari po‘stlog‘ining birgalikda ish bajarishi fazo va vaqtni 
idrok qilishning fiziologik asosi hisoblanadi. Biz narsalarning 
fazoviy xususiyatlarini avvalo ko‘rib idrok qilamiz. Ammo bu 
xususiyatlarni idrok qilishda yolg‘iz ko‘rishning o‘zi kifoya qil-
maydi. Ko‘zimizning to‘r pardasida shar tekis doira sifatida, 
kub esa kvadrat shaklida aks etadi, bu yo‘sinda aks ettirish 
orqali mazkur buyumning hajmini idrok etib bo‘lmaydi. Turli-
cha masofadagi narsalarni idrok qilishda ham shunga o‘xshash 
hodisa ro‘y beradi. Ularning ko‘z pardasiga tushuvchi aksi kat-
ta-kichikligi jihatidan teng bo‘lishi mumkun. Bu esa ularning 
katta-kichikligi hamda ulargacha masofa haqida aniq tasavvur 
bera olmaydi. Ko‘rish va muskul-harakat sezgilarining bir-
ga qo‘shilishi tufayli biz narsalarning fazoviy holatlari haqi-
da to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lamiz. Masalan, harakat qilish 
sohasida ham yetarli darajada tajriba orttirmagan go‘dakning 
to‘g‘ri tasavvur eta olmasligining boisi ham shundadir. Go‘dak 
o‘zidan ancha olisdagi narsaga qo‘l cho‘zib, uni ushlashga ha-
rakat qiladi. Tug‘ma ko‘rlar operatsiyadan keyin ko‘ra oladigan 
bo‘lgach, ular dastlabki paytda ko‘rish idroki yordamida shar 
bilan doirani bir-biridan farq qila olmaydilar. Narsalarni qo‘l 
bilan paypaslab ko‘rgandan keyingina uning fazoviy xususiyat-
larini to‘g‘ri aytib bera oladilar.
Odamning binokular ko‘rishi narsalarning hajmini idrok qi-
lishda katta ahamiyatga ega. Binokular ko‘rish (lotincha bini – 


121
ikkitadan, okulus – ko‘z ya’ni ikki ko‘z bilan ko‘rish)da ko‘z to‘r 
pardasida biz ko‘rayotgan narsaning ikki xil tasviri hosil bo‘ladi: 
o‘ng ko‘zda narsaning ko‘proq o‘ng tomoni aks etsa, chap ko‘zda 
chap tomoni aks etadi. Bu tasvirlar ongimizda yaxlit bir holat tas-
viriga keltiriladi, shu tufayli ham biz narsaning hajmli ekanini bi-
lamiz. Ko‘rishimizning binokularligi masofani idrok qilishimizda 
ham yordam beradi. Narsalarning uzoq-yaqinligini idrok qilishda 
ikki ko‘zdagi ko‘rish o‘qlarining yo‘nalishi tufayli sodir bo‘luvchi 
sezgilar katta ahamiyatga ega, ikki ko‘z o‘qining bir narsaga to-
mon yo‘naltirilishi konvergensiya (lot. konvergare – yaqinlashish, 
tutashish) deb ataladi. Ko‘zning bu harakatlari ixtiyorsiz ravish-
da yuz beradi. Narsaning bizdan qanchalik olis yoki yaqinligini 
bildiradi.
Vaqtni idrok qilish bizga voqelikdagi hodisalarning davomiyli-
gi, tezligi va ketma-ketligi haqida tasavvur beradi. Tabiatdagi dav-
riy harakatlar va bir me’yorda yuz beruvchi o‘zgarishlar, yerning 
aylanishi, kunduz va kechaning almashinishi, yil fasllari, vaqtni 
(oy, yil, sutka) aniq o‘lchash imkonini beradi. Vaqtning qisqacha 
bo‘laklarini (soat, daqiqa, soniya) aniqlashda biz asboblardan 
(soatdan) foydalanamiz, soatning millari ma’lum vaqt birligi-
da bir xil yo‘lni bosib o‘tadi. Bu yo‘sinda vaqtni o‘lchash vaqt-
ni bilishning obyektiv usulidir, bu tarzda vaqtni o‘lchash bizdan 
tashqarida, ya’ni obyektiv ravishda sodir bo‘luvchi jarayonlar yor-
damida amalga oshadi. Biroq vaqtni baholash subyektiv xarakter-
da ham bo‘ladi, ya’ni ma’lum baholanadigan vaqt oralig‘i davo-
mida yuzaga keladigan tasavvur hamda kechinmalar bizning vaqt 
haqidagi fikrimizni belgilaydi. Agar ana shu vaqt oralig‘i davomi-
da odamda tasavvur hamda kechinmalar paydo bo‘lsa, vaqt sekin 
o‘tayotgandek tuyiladi. Agar aksincha, biz ko‘proq taassurotlar 
olsak, masalan sayr yoki ekskursiya qilsak, nazarimizda vaqt ju-
da tez o‘tib ketgandek bo‘ladi. 
Harakatning idrok etilishi hayotiy ahamiyatga ega bo‘lib, un-
da ko‘rish va kinestezik analizatorlar asosiy o‘rin tutadi. Ko‘rish 
orqali biz obyektlar harakati haqidagi axborotni ikkita har xil usul 
bilan, qayd etilgan nigoh va ko‘zlarning kuzatuvchi harakati yor-
dami bilan olishimiz mumkin.


122
Kuzatuvchanlik – shaxs sifati ekanligi
Odamlar tashqi olamni idrok qilish qobiliyatlariga ko‘ra bir-
birlaridan farq qiladilar. Ayrim kishilar yaxshi kuzata oladilar, 
ular ning bu fazilati

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish