Maktabgacha yoshdagi


JAVOBLAR: Maktabgacha (3–6 yosh) davri



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

JAVOBLAR:
Maktabgacha (3–6 yosh) davri
1. Nigoraning onasi noto‘g‘ri yo‘l tutyapti. Bunday tarbiya 
usulida Nigorada mehnat qilishga ishtiyoq yo‘qolib ketishi mum-
kin. Ona va qiz birgalikda biror ishni boshlab, qiziga o‘rgatib, 


437
sabr bilan malaka hosil qilishi kerak. Qizining har bir bajargan 
ishining natijasini baholashi kerak. 
2. 5–6 yoshli bolalar o‘z oila a’zolarining rasmini chizishni 
yaxshi ko‘rishadi, yoqtirmagan yaqinlarini xunuk qilib chizadilar. 
Sanjar bilan ishlashda tarbiyachi juda ehtiyotkor bo‘lishi, garchi 
ular hukmga (ayblashga) loyiq bo‘lsalar ham ularni yomonlamas-
ligi kerak. Bu yoshdagi bolalar o‘z yaqinlari haqidagi o‘zgalar 
fikriga e’tibor bilan qaraydilar. Bola uchun o‘z yaqinlari doimo 
yaxshi odamligicha qoladi.
3. Kim? Nima? Qanday? kabi savollar 3–4 yoshli bolalarga 
xos. Bu yoshda biror narsa haqida ma’lumot olishga intilish kam, 
shuning uchun javobni oxirigacha eshitmay ketib qoladilar. Tarbi-
yachi bunday bolalar bilan erinmay ishlashi, izohlab, tushuntirib 
berishi kerak.
4. Bu fikr noto‘g‘ri. Bolada hali hayot tajribasi yo‘q. Lekin 
xayol (fantaziya) bola hayotida asosiy rol o‘ynaydi. U hamma 
o‘yinlarga xayolan kiradi. Kattalar bolalarning xayoliy va haqiqiy 
harakatlarini nazorat qilib turishlari kerak.
5. To‘g‘ri, gapga quloq solib o‘tirish, gap tashish, kattalar suh-
batiga aralashish odobsizlik ekanligini ona tushuntirishi kerak. 
Bunday holatlar ko‘pincha kattalarning farzandlariga e’tibor ber-
masligi, o‘z tashvishlari bilan bo‘lib qolishlari natijasida yuzaga 
keladi. Madina kattalar e’tiboriga tushishni xohlayapti. Bunday 
paytlarda qizchaga biror ish buyurish va uni albatta maqtash lo-
zim. 
6. Agar bola tarbiyachining ogohlantirishlariga ham quloq 
solmasa, hamma bolalar uyqudan turganda uni turg‘izmaslik; 
«Hamma bolalar uxlayotganda cen to‘polon qilding, sen char-
chading, hali dam olib bo‘lmading, yana biroz yotasan» – de-
yishi mumkin. Shunda bola keyingi safar vaqtida uxlashga, hech 
bo‘lmaganda tinch yotishga harakat qiladi.
7. Bunga sabablar ko‘p. Ular: o‘yinchoqning nimadan yasal-
ganini bilishga, nima uchun, qanday qilib yurayotganini bilishga 
intilish va o‘yinchoqni to‘g‘ri o‘ynash, ehtiyot qilish, asrash kabi-
lar o‘rgatilmaganligidadir.
8. Amalga oshmaydigan narsalar bilan qo‘rqitish mumkin 
emas. Bunday hollarda bolada kattalar gapiga quloq solmaslik 


438
odatini kattalar o‘zlari bilmagan holda hosil qilib qo‘yadilar va 
o‘zlari nega meni bolam quloqsiz, deb nolib yuradilar.
9. Bola endi atrof-olam bilan tanishayotganda, yangilikka 
duch kelganda unda hayron qolishdan tashqari shu narsaga qi-
ziqish ham uyg‘onadi. Ba’zan kattalar o‘zlarining boshqacha ho-
latlari, ovozlari, tashqi ko‘rinishlari bilan bolani shu narsadan 
qo‘rqitib qo‘yadilar. Keyinchalik bola qo‘rquv vaqtida kuch-
li hayajonlanishni boshidan kechiradi. Tez-tez qo‘rquv hissini 
boshidan kechirish bolaning ham jismoniy ham psixik rivojla-
nishiga ta’sir qiladi. Kattalar bolalarda ehtiyotkorlikni unutma-
gan holda erkinlik va botirlikni tarbiyalashlari lozim.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish