439
hech nimaga erisha olmaysiz. Bolaga aniq o‘ylangan buyruqlarni
berish orqali qiladigan ishlarini tushunishiga yordam bering.
●
Xonani yig‘ishtirish haqidagi umumiy buyruq bolada qiyinchi-
lik tug‘diradi va uni tashvishga soladi. Shuning uchun u bajarish lo-
zim bo‘lgan ishni qismlarga bo‘lib bering. Avval bolaga sochilib yot-
gan kitoblarni, o‘yinchoqlarni qanday yig‘ishtirishini ayting va h.k..
●
Bolani tartibga o‘rgatishda imkon qadar kitob javoni yoki
o‘yinchoqlar uchun alohida yashikchalardan foydalaning. Agar
har bir o‘yinchoqning o‘z joyi bo‘lsa, uyni yig‘ishtirish va bolani
bunga odatlantirish osonroq kechadi.
●
Bolalar biror ishni butun vujudi bilan xohlab qilganlarida
ham, uni sekin bajarishlari yoki chala qilishlari mumkin. Shu-
ning uchun «Bolaga ish buyur, orqasidan o‘zing yugur»
deyil-
ganidek, bu ishni tezlashtiraman, deb uni o‘zingiz bajarmang.
U yoki bu ish tez yoki sifatli bajarilganidan ko‘ra unda bolaning
ishtirok etishi muhimroq. Uy yumushlarini bajarishda bola ishti-
rokini ta’minlash bilan unga ko‘proq yordam bergan bo‘lasiz.
●
Bola uy yumushlarini bajarayotganda, dars qilayotganda te-
levizorni o‘chirib qo‘ying. Aks holda, bola televizorda berilayot-
gan ko‘rsatuvga chalg‘ib, nima qilishi lozimligini unutib qo‘yishi
mumkin. U diqqat-e’tiborini bitta narsaga qaratishi kerak. Ayniq-
sa, o‘g‘il bolalarni tarbiyalashda bu yanada muhumroqligini yod-
da tutish lozim.
●
Bolaga «agar sen rasm chizishni, suratlarni bo‘yashni
xohlasang, avval xonani yig‘ishtirib qo‘y» deng. Bu kabi gaplarni
o‘rni kelganda tez-tez takrorlab turing, shunda bola tez orada o‘zi
o‘ynayotgan joyni o‘ynab bo‘lgandan so‘ng (bir ishdan boshqasi-
ga o‘tayotganda) yig‘ishtirib qo‘yishga o‘rganadi.
●
Bolaga uy yumushlarini bajarishda sizga yordam berishiga
ruxsat bering. Bola tomonidan bajariladigan ishlarga qo‘yiladigan
talab kattalarga nisbatan qo‘yiladigan
talablardan farq qilishi
lozim. Bola yig‘ishtirilgan xonadagi tartib juda yuqori darajada
bo‘lmasa (hamma narsani joy-joyiga qo‘ymagan bo‘lsa) ham,
uning xatolarini aytmay,
tanqid qilmay, biroz maqtab kelgu-
si safar bundan ham yaxshiroq bajarishi mumkinligini ta’kidlab
rag‘batlantiring. Bu bolada ishlarini o‘zi uddalaganligidan faxr
tuyg‘usini yuzaga keltiring.
440
●
Bolani tartibliligi, ozodaligi, o‘yinchoqlarni joyiga qo‘ygan-
ligi, sizga yordam berganligi uchun maqtang. Bu o‘rinda maq-
tov so‘zlarga xasislik qilmang. Maqtovni bolani o‘pib, quchoqlab
qo‘yish bilan mustahkamlab qo‘ysangiz yana ham yaxshi bo‘ladi.
(ayniqsa kichkintoylar uchun).
●
Turmush o‘rtog‘ingizga yoki biror tanishingizga bolangizni
yax shi bola bo‘lganligini, sizga yaqin yordamchi bo‘lib qolganligi-
ni ay tib, maqtang. Bunday maqtovlarni
atayin bolaga eshittirib
gapi ring.
●
Bolangiz xonasini yig‘ishtirmagan bo‘lsa uni «Oqshom
ertaklari»ni ko‘rishdan mahrum qilishingiz, unga o‘sha kuni tele-
vizor ko‘rishga ruxsat bermaganingiz ma’qul. Bola qaroringizni
o‘zgartirishingiz mumkinligini tushunsa, ya’ni belgilangan jazo-
ni olmasligini bilsa, u keyinchalik sizning aytganingizni qilmay-
digan bo‘lib qolishi mumkin.
●
Uy yig‘ishtirishni o‘yinga aylantirib yuboring. Ishlarni
qo‘shiq aytib, musiqa tinglab, ohangiga moslab o‘ynab, «kim tez-
roq o‘yinchoqlarni joy-joyiga qo‘yish» o‘yini tarzida bajartiring.
Bunda vaqtni nazorat qilish uchun qum soati yoki vaqtni bildi-
radigan o‘lchovlardan, qo‘ng‘iroqlardan, ovoz chiqaradigan, gapi-
radigan soatlardan foydalansangiz yana ham yaxshi bo‘ladi.
●
Uy yig‘ishtirishni butun oila a’zolari birgalikda bajaradigan
ishga aylantiring, uy ishlarini bolalar bilan birgalikda bajaring. Bun-
day sharoitda ular uy ishlarini bajarishga tez va oson o‘rganadilar
va o‘zlarini oilaning faol, kerakli a’zosidek his qiladilar.
●
Uyni yig‘ishtirib bo‘lganingizdan so‘ng bolaning atrofida tar-
tib va ozodalikning bo‘lishi yaxshi ekanligini tushunganiga ishonch
hosil qiling. Buning uchun unga minnatdorchlik bildiring, so‘ng:
«Qaranglar, xonamiz yoqimli ko‘rinaypti-a. O‘yinchoqlar har yoq-
da
sochilib yotmay, joy-joyida tursa qanday yaxshi. Mana endi
o‘tirib bemalol ertak o‘qish mumkin» yoki «Qara ozoda xo nada
o‘tirish qanday yoqimli», – kabi mulohazalaringizni bildi ring. Bu
bilan bola o‘z mehnati natijalarini baholashga o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: