Maktabgacha yoshdagi


Boladagi sustkashlik va unutuvchanlik odatlaridan qutulish uchun



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Boladagi sustkashlik va unutuvchanlik odatlaridan qutulish uchun 
quyidagi holatlarga amal qilish lozim

Bolada bu odatlarni bartaraf etish uchun unga ma’lum bir 
jazo belgilashdan ko‘ra bolaning diqqatini jamlay olish qobiliya-
tini rivojlantirish ko‘proq foyda beradi.

Bola bilan qayerda gaplashish yoki unga nimani tushunti-
rishingizdan qat’i nazar har doim shuni yodda tutingki, tushun-
tirishlaringiz oddiy bo‘lgani ma’qul. Bolani gapga ko‘mib tashla-
maslikka harakat qiling.

Uyingizda buyumlar va o‘yinchoqlar o‘zining doimiy joyi-
ga ega bo‘lishiga harakat qiling. Buning uchun ko‘p vaqt sarf-
lash va o‘ta tartibli bo‘lish shart emas. Masalan o‘yinchoqlarni 
polka ga terib qo‘yish shart emas, ularni shunchaki yashikka solib 
qo‘ysan giz kifoya. 

Shuni bilingki, bolalar «qiymat», «narx» degan murakkab 
tushunchalarni anglab yetmaydilar. Shuning uchun bolangiz ma-
bodo biror buyum yoki o‘yinchog‘ini qayerdadir unutib qoldirgan 
bo‘lsa, bunday hollarda bolaga o‘sha buyumning narxi haqida ga-
pirib o‘tirishning hojati yo‘q, chunki bu uning uchun hech qan-
day ahamiyatga ega emas.

Agar bola biror narsani yo‘qotib qo‘ygudek bo‘lsa, unga 
keyin gi safar yana biror narsani yo‘qotib qo‘ymasligi uchun ni-
ma qi lish kerakligini tushuntiring. Masalan, unga: «Bog‘chada 
oyoq kiyim ni shkafga yaxshilab joylab qo‘yish kerak, shunda
ular yo‘qol maydi», – deb o‘rgating. Bolaga u o‘zini xulqini kuza-
tib borishi kerak ligini tushuntiring. 

Bolangizga hadeb pand-nasihat qilavermang. Unga xafa 
bo‘lmaydigan qilib tanbeh berishning o‘zi kifoya. 


449

Kattalar xato qilganidek, bola ham xato qilishi mumkin-
ligini unutmang. Bolalar ham kattalar kabi o‘zlari uchun yan-
gi bo‘lgan vaziyatlarda hayajonlanishlari, masalan, maktabda, 
maktabda o‘qishning birinchi haftasida – u yoki bu narsalarini 
unutib qo‘yishlari mumkin. O‘zingizda ham ba’zan kalit, qaychi 
yoki shunga o‘xshash narsalarni qayerga qo‘yganingizni eslay 
olmasdan qidirib qolish hollari bo‘lib turishini yodda saqlang.

Bolani tez-tez harakat qilishga undang, buning uchun
uning har bir yutug‘ini shirin so‘z bilan, o‘pib qo‘yish bilan 
rag‘bat lantirib boring yoki oddiy mashg‘ulotni ham o‘yinga ay-
lantirib yubo ring. Shunday qilishga erishingki, belgilangan vaqt-
gacha bola narsalarini yig‘ishtirishga ulgursin. 

Odatdagi tartib (masalan, o‘z vaqtida o‘tirib ovqatlanish 
yoki soat sakkizgacha kiyinib ulgurish)dan chetlashish zarurati 
bo‘lsa, bolaga buning sababini tushuntirish va bu o‘zgarish faqat 
bugungagina tegishli ekanligini ayting. 

Agar bolangiz sustkash yoki parishonxotir bo‘lsa, uning xul-
qini yaxshilashni o‘z oldingizga vazifa qilib oling. Ma’lum bir re-
ja tuzib, unga qat’iy amal qiling. Agar siz rejaga qo‘l siltaydigan 
bo‘lsangiz, u holda sizning barcha say-harakatlaringiz behuda 
ketadi. Intizom bu bolangizning ham, o‘zingizning ham xulqin-
gizni o‘zgartirishdir. Lekin bu ishda darhol muvaffaqiyatga eri-
shaman deb kutmang, bu oson ish emas va buning o‘rniga asta-
sekin muvaffaqiyatga erishishga harakat qiling.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish