Maktabgacha yoshdagi


Bola o‘g‘rilik qilgan bo‘lsa nima qilish kerak?



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Bola o‘g‘rilik qilgan bo‘lsa nima qilish kerak?

Agar sizning farzandingiz nimanidir o‘g‘irlagan bo‘lsa, va-
himaga tushmang – bu hali «u jinoyatchi bo‘ladi», degani emas. 
Haddan tashqari qattiq jazo berish bolani sizdan uzoqlashtiradi. 
6 yoshdan kichik bolalar hali o‘g‘rilikning nimaligini, uning oqi-
batini biz o‘ylaganchalik tushunmaydilar. 

Sizning maqsadingiz – bolaga nima uchun o‘g‘rilik qilish 
yaxs hi emasligini tushuntirish. Bundan tashqari siz bola o‘ziga 
yoq qan narsani indamasdan olishini emas, balki so‘rab olishini 
xoh laysiz. Bunga bolani asta-sekin o‘rgatib borish kerak. 

Bolangizni qilgan o‘g‘riligi haqida birinchi marotaba sizga 
uning o‘qituvchisi yoki o‘rtog‘i aytib qoldi. Bundan nomus qilib, 
jahlingiz chiqib bolani urib-so‘kmang. Ular bu «xabar»ni sizning 
yomon ota-ona ekanligingizni ta’kidlash uchun aytmadilar, siz 
ham buni o‘zingizni ayblash uchun emas, balki bolani tarbiyalash 
uchun imkoniyat deb hisoblang. 

Agar siz bola o‘g‘rilik qilgan yoki qilmaganligini uning o‘zi-
dan bilmoqchi bo‘lsangiz, undan: «Shohidaning o‘yinchog‘i yo‘qo-
lib qolibdi, uning onasi menga «qizingiz olgan bo‘lishi mumkin» 
deyapti. Shu gap to‘g‘rimi?», – qabilida so‘rasangiz ma’qulroq.

Agar bola haqiqatdan ham qo‘g‘irchoqni olganligini bo‘yniga 
olsa, uni to‘g‘riso‘zligi uchun maqtab qo‘ying. Agar bola o‘z aybini 
tan olmasa, uni o‘g‘rilikda ayblamang ham. Bolaga o‘zining gapi 
(fikri)ni aytishga imkon bering. Balki bola qo‘g‘irchoqni «topib 


445
oldim» deyishi mumkin. Nima deyishidan qat’i nazar unga birov-
ning narsasini so‘ramasdan olish yaxshi emasligini tushuntiring. 

Bola bilan bir marta gaplashganingizdan keyinoq u o‘g‘rilik 
qilmaydi, deb kutmang. Bunday suhbatlarni takrorlab turing.

Kichik bolalar odatda yolg‘on gapirmaydi, shuning uchun 
ulardan yaxshilab so‘rash kerak. Agar bola aybdor emasligini 
ta’kidlasa, unga ishonishingiz kerak.

Agar bolangizga gapirayotgan gaplaringiz ta’sir qilmasa va u 
o‘g‘rilik qilishda davom etaversa, bir o‘ylab ko‘ring-chi, uni shu 
darajada – hatto gap ta’sir qilmaydigan darajada erkalatib yubor-
maganmikinsiz? Agar shunday bo‘lsa, endigi erkalatishingiz 
me’yorida bo‘lishiga e’tibor berishni boshlasangiz, xato qilmaysiz.

Ba’zan bolaning ota-onasi, oila a’zolari unga nisbatan no-
haq munosabatda yoki bemehr bo‘lganlarida u o‘zini begona his 
etishi va o‘g‘rilik qilishi mumkin. Bunday bolani maqtab turish 
lozim va shunday qilish kerak-ki, oilaning hamma a’zosi uni yax-
shi ko‘risiga ishonsin.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish