Nazorat savollari:
1. Bolalarning maktabga o‘tishlari ularning hayotida qanday
o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda
ular ning qiziqishlaridan qanday foydalanish kerak?
3. Olti yoshli bolaning maktabga psixik jihatdan tayyorligi
qanday tekshiriladi?
429
MUAMMOLI PSIXOLOGIK MASALALAR
Maktabgacha (3–6 yosh) davri
1. 6 yoshli Nigoraning onasi shunday dedi: «Mening qizim
menga uy ishlarida doimo yordam berishni xohlaydi. Men qaysi
ishga qo‘l urmay u darrov yordamga keladi. Lekin u ishimni tez
bitirib olishimga faqat xalal beradi xolos, keyin men uni o‘ynashga
chiqarib yuborib, o‘zim uy ishlarini tezda bajarib olaman».
Savol:
Nigoraning onasi to‘g‘ri yo‘l tutyaptimi? Siz onaga qan-
day maslahat berar edingiz?
2. 5 yoshli Sanjar notinch oilada o‘syapti. Otasi, har kuni
mast holda o‘g‘li oldida onasini, haqorat qiladi, uradi. Bog‘chada
rasm mashg‘ulotida Sanjar xunuk bir erkakning rasmini chiz-
di. Tarbiyachining: «Bu kim?», – degan savoliga: «Bezori…Aroq
ichish yomon», – deb javob berdi.
Savol:
Tarbiyachi Sanjar bilan ishlashda nimalarga e’tibor be-
rishi kerak?
3. Nuriddin to‘xtamasdan savol beraveradi: Bu nima? Bu
qanday mashina? O‘tirgan qanaqa odam? Nimaga shar qizil? va
hokazo. Javobni oxirigacha eshitmay ketib qoladi, qaytib kelib ya-
na savollar bera boshlaydi: Fil kuchlimi, sherchi? Yomg‘ir qayer-
dan tushadi? va h.k..
Savol:
Qaysi yoshdagi bolalar bunday savollarni berishadi.
Qanday hollarda savollar berishga ehtiyoj tug‘iladi?
4. Maktabga tayyorlov guruhi bolalari o‘yin vaqtida bir-birini
itarishib bir bolani yiqitib yuborishdi. Natijada bolaning qo‘li qat-
tiq og‘rib yig‘lab yubordi. Bu vaqtda tarbiyachi guruhda yo‘q edi.
Savol:
Bunday vaqtda tarbiyachining birinchi qiladigan ishi
nimadan iborat? Bunday vaziyatlarda tarbiyachiga qanday jazo
qo‘llaniladi? Siz tarbiyachi bo‘lganingizda bolaning ota-onasiga
vaziyatni qanday tushuntirar edingiz?
5. 6 yoshli Madinaning onasi qizini kattalar suhbatiga quloq
solib o‘tirishni yaxshi ko‘rishini sezib qoldi. Madina suhbatga
goho aralashib ketar, boshqalardan eshitganlarini xursand holda
aytib berar edi. Onasi bu holatni ijodiy qarshilar edi.
Savol:
Ona to‘g‘ri yo‘l tutyaptimi. Agar xato deb hisoblasangiz
izohlab bering. Onaga qanday maslahat berar edingiz?
430
6. Anvar 4 yosh-u 5 oylik bog‘chada kunduzgi uyqu vaqtida
to‘polon qiladi. Boshqa bolalarning uxlashiga xalal beradi. Kara-
votida tinch yota olmaydi.
Savol:
Siz Anvar bilan ishlashda qanday yo‘l tutar edingiz?
7. Bolalar ota-onalar olib bergan o‘yinchoqlarni ichini kovlab,
buzib tashlab yana yangisini olib berishni talab qilishadi. Ular-
ni urishishganida, nimadan yasalganini ko‘rmoqchi edim, deb
o‘zlarini oqlashadi.
Savol:
Bolalardagi bunday holatni izohlab bering. Ulardagi
asosiy motiv nimadan iborat?
8. Ayrim ota-onalar, agar ularning farzandlari quloq solma-
sa, shunday deyishadi: «Buyoqqa kel, bo‘lmasam seni hozir bo‘bo‘
yeb qo‘yadi», «Ovqatingni yemasang doktor kelib senga ukol qila-
di», «Quloq solmasang militsioner kelib olib ketib qoladi», «Ana
olabo‘ji kelyapti» va h.k.
Savol:
Bola tarbiyasida bunday usullardan foydalanish mumkin-
mi? Agar yo‘q bo‘lsa, nega? Xulosalaringizni tushuntirib bering.
9. Ayrim bolalar qorong‘iliqdan, sichqonlardan, biron narsa-
ning ustidan sakrab o‘tishdan, kasal bo‘lishdan va boshqa shu ka-
bi narsalardan qo‘rqa boshlaydilar.
Savol:
Nimaga bolalarda qo‘rquv paydo bo‘ladi? Psixologik to-
mondan asoslab bering.
10. Po‘lat maktabning tayyorlov guruhiga qatnaydi. Tarbiya-
chi ayrim paytlarda Po‘latni maqtaydi, lekin onasining ko‘ngli
to‘lmaydi. Bola hamma narsani sekin, ishonchsizlik bilan ba-
jaradi. Onasi uni dangasalik qilyapti deb hisoblaydi. U o‘g‘liga
o‘qishni va yozishni o‘rgatishni boshladi. U daftarlarga yozmoq-
da, agar yomon yozsa yoki xato qilsa, uni boshidan bajarishga
majburlamoqda. Oxiri Po‘lat shunday dedi: «Men bilmayman,
o‘xshamayapti, yaxshisi men o‘ynayman». Ona tushunmagan hol-
da hayron bo‘ladi: «Qanchongacha o‘ynash mumkin? Balki uni
ko‘proq maqtash kerakdir. Lekin nima uchun?»
Savol:
Po‘latning o‘qishga xohishini yo‘qolishiga olib kelgan
sabablarni aytib bering. Kattalar qanday xatolarga tez-tez yo‘l
qo‘yishadi?
11. Bizning Abror tez va erta gapirishni o‘rganib oldi.
Bog‘chaga bormadi. Hozir 6 yoshda. Uning nutqi juda yaxshi
431
rivojlangan. To‘g‘ri u bog‘chadagi hamma bolalar kabi chizmay-
di, yasamaydi va keyin bunga intilmaydi ham. Biz uning bu
ha rakatlarini qo‘llab-quvvatlamadik. Lekin o‘g‘limizni yaxshi
o‘qib ketadi deb hisoblaymiz, chunki u kattalar kabi fikr yurit-
moqda.
Savol:
Abrorning oiladagi tarbiyasini baholang. Abrorning
o‘qishdagi natijalarini oldindan ko‘ra bilish mumkinmi?
12. Mushuk sichqonni qo‘rqitadi, it mushukni qo‘rqitadi, er-
tak va multfilmlarda go‘yoki unga buyruq beradi, boshqaradi.
Savol:
Tarbiyachining bolalarni qo‘rqitib tarbiyalashiga qanday
qaraysiz? Bolalarni qo‘rqitish mumkinmi, agar mumkin bo‘lsa
qanday hollarda?
13. Ma’sud (6 yosh) xona ichida koptok o‘ynab guldonni
sindirib qo‘ydi. Onasi kechqurun ishdan qaytgach vazani kim
sindirganini so‘raganida u aybni ukasiga ag‘dardi. Ona o‘g‘lini
yolg‘on gapirayotganlikda aybladi va jazoladi.
Savol:
Ma’sudning yolg‘on gapirishiga sabab nima? Ona far-
zandi tarbiyasida qanday xatoga yo‘l qo‘ymoqda? Onaga qanday
maslahat berish mumkin?
14. Abdulloh qurilish materiallaridan narsalar yasashni juda
yaxshi ko‘radi. Katta guruh tarbiyachisi namuna bo‘yicha «Kim
tez va eng chiroyli uy qura oladi?» mavzusida musobaqa uyush-
tirdi. Bolalar zo‘r hafsala bilan uy qurishni boshlab yuborishdi.
Abdulloh esa uy qura olmadi. Lekin tarbiyachi unga: «Barakal-
la!» dedi va hamma qatori unga ham konfet berdi. Abdulloh kon-
fetni oldi, lekin uni yeyishdan qat’iy voz kechdi. Muvaffaqiyatsiz-
lik sababli bu konfet unga «achchiq» tuyildi.
Savol:
Tarbiyachining tutgan yo‘lini izohlang. Tarbiyachi uzoq
motivni ko‘zlab ish tutdimi?
15. Oilada ikki egizak farzand Fotima va Zuhra voyaga yetyap-
ti. Ona har ikkala qiziga bir xil tarbiya usulini qo‘llaydi: bir xil
muomala, bir xil topshiriqlar, bir xil rag‘bat. Lekin qizlar bunga
turlicha munosabat bildirishadi. Natijada tortishuvlar, talashish-
lar. janjallar…. Ona esa hayron. Men bir xil tarbiya beryapman-
ku, nega qizlarim har xil?
Savol:
Ona to‘g‘ri yo‘l tutyaptimi? Ona qizlaridagi qanday in-
dividual-psixologik xususiyatlarni hisobga olmayapti?
432
16. Bolalar bog‘chasidagi asosiy muammolardan biri bu
bolaning bog‘chaga kelishni xohlamasligidir. 6 yoshli endi
bog‘chaga qatnay boshlagan Xolida har kuni buvisi bilan kela-
di va har safar yig‘lab, dodlab keladi, buvisi uni majburan tash-
lab ketadi. Har kuni quyidagi bir xil manzarani ko‘rish mum-
kin: «Buvijon, o‘zimning buvijonim meni tashlab ketmang, jon
buvijon, men bu yerda qolsam o‘lib qolaman, uyda hamma ayt-
gan ishlaringizni qilaman, supuraman, pol artaman, idishlar-
ni yuvaman, sizga qarashaman, faqat tashlab ketmang, iltimos
buvijooon…» Xuddi katta odamlardek. So‘ng guruh faoliyatida
umuman qatnashmaydi, hammaning asabiga tegadigan bir xil
ovozda ming‘irlab 2–3 soatcha yig‘lab o‘tiradi, tarbiyachining
so‘zlariga ham kirmaydi. Bu har kuni davom etavergach tarbi-
yachi ham, bolalar ham e’tibor bermay qo‘yishdi, go‘yoki shun-
day bo‘lishi kerakdek. Sayr vaqtlarida uni «Yig‘loqi!» deb mas-
xaralashadi.
Savol:
Xolidadagi bu holat yo‘qola boshlaydimi? U bog‘cha
sharoitiga ko‘nika oladimi? Bunday holat tarbiyachi uchun qan-
day qiyinchilik tug‘diradi? Tarbiyachi Xolida bilan qanday ish-
lashi kerak, yana kimlarni jalb qilishi kerak?
17. Guruhda ikki bola tarbiyalanadi. Yusufjon og‘ir, vazmin,
savollarga shoshilmasdan javob beradi, mashg‘ulotlarda ham jon-
li qatnashmaydi, ishni sekin bajaradi, lekin ishlari va javoblari
mukammal. Tarbiyachi vaqtni tejash maqsadida bu boladan ko‘p
so‘ramaydi, lekin har safar ishlarini namuna sifatida ko‘rsatadi.
Nuriddin esa chaqqon, hali qarasangiz u yerda, hali bu yerda, bir
yerda tinch tura olmaydi. Hamma narsani bilishga intiladi, har
bir narsani ushlab ko‘rishi kerak, har bir savolga javob berishi ke-
rak. Ishlari va javoblari goh to‘liq, gohi chala. Agar mashg‘ulotga
qiziqsa oxirigacha bajaradi, majbur qilib bo‘lmaydi. Har narsa-
ni so‘rayverib, oldingizga kelaverib joningizga tegib ketadi, le-
kin ko‘rinmay qolsa qidirib qolasiz. Bu bolalar haqida «Ikkovini
qo‘shib, yangidan ikkiga bo‘lib qo‘yish kerak, shunda ikkita nor-
mal bola chiqadi», – deyishadi.
Savol:
Bu bolalarning individual-psixologik xususiyatlari ha-
qida gapirib bering. Tarbiyachi bunday bolalar bilan ishlashda ni-
malarni hisobga olishi kerak?
433
18. 2–3 yoshli bolalar guruhida ishlovchi bir tarbiyachi shun-
day deydi: «Mening guruhimda 14 ta bolam bor. Qayerga yursam
orqamdan ergashishadi. Yotoqqa kirsam ham, yuvinish xonasi-
ga kirsam ham orqamdan qatorlashib kirib kelishadi. Tashqari-
ga-ku chiqolmayman, yig‘lab qolishadi. Nimadir yesam, menga
ham deb turishadi».
Savol:
Bu yoshdagi bolalarning psixikasiga xos xususiyatlar-
ni aytib bering.
Bu tarbiyachiga «Tarbiyachiga qo‘yilgan talablar» bo‘yicha
izohlar bering.
19. a) Surayyo 3–4 yoshli nogiron (tayanch-harakat appara-
ti buzilgan) bolalar guruhida tarbiyachi bo‘lib ishlaydi. Guruh-
dagi bolalarni navbati bilan ko‘tarib, ovutib yurishiga, pampers-
larini ham almashtirishiga to‘g‘ri keladi. Har kuni bolalar bilan
shug‘ullanish uchun logoped keladi. Oyligi ham yuqori.
b) Umida oddiy 3–4 yoshli bolalar guruhida tarbiyachi bo‘lib
ishlaydi. Guruhda 36 ta bola. Har kungi reja asosida o‘z vazifa-
sini bajaradi. Oyligi Surayyoga nisbatan pastroq.
Savol:
Qaysi tarbiyachining ishi og‘irroq, nima uchun? Siz
qaysi guruhda ishlashni xohlar edingiz, nima uchun?
20. 5 yoshli Shuhrat bog‘chaga bormaydi. Oilada guvernyor-
tarbiyachi nazoratida shug‘ullanadi. Soat 16.00 dan so‘ng kompyu-
ter oldidan turmaydi. Kompyuter o‘chirilsa, DVDda multfilm
ko‘rishga shoshadi. Ishdan charchab kelgan ota-onaning ham ga-
piga quloq solmaydi. Kompyuter yoki DVD majburan o‘chirilsa
yig‘i-sig‘i, dod-faryod, uyqusi ham notinch o‘tadi. Bunday hol-
larda ota-ona qanday yo‘l tutishga hayron.
Savol:
Agar Siz bu oilada guvernyor-tarbiyachi bo‘lsangiz bola-
ning 16.00 dan keyingi holati uchun ota-onasiga nima tavsiya qilar
edingiz? Bolaning oiladagi (yolg‘iz o‘zi) ta’lim-tarbiyasi bilan bola-
lar bog‘chasidagi ta’lim-tarbiyaviy jarayon o‘rtasidagi farq nimada?
21. Ko‘pchilik bolalar bog‘chadan uylariga borib kompyuter
oldidan turishmaydi. Ko‘chalarda ochilgan kompyuter xonalari
ham bolalar bilan to‘lgan. Qizig‘i shundaki ular asosan kompyu-
ter o‘yinlarini o‘ynashadi.
Savol:
Bolalarning kompyuter bilan muloqotining ijobiy va
salbiy tomonlarini sanab bering. Bola necha yoshdan boshlab
434
kompyuter bilan shug‘ullanishi mumkin, necha yoshda necha
soatdan, qanday mavzularda?
22. «Mening katta farzandlarim qo‘rqinchli kinoli disklarni
olib kelib tomosha qilishadi. Goho televizorda ham bunday kinolar
qo‘yiladi. 4 yoshli o‘g‘lim ham ko‘raman deb xarxasha qiladi. Bir-
ikki ruxsat berdim qo‘rqmayapti, o‘rganib qoldi» – deydi ona.
Savol:
Necha yoshdan boshlab bolalarga qo‘rqinchli «Ujas»,
«Vampir»lar haqidagi kinolarni ko‘rishga ruxsat berish mumkin?
Kunning qaysi vaqtlarida? Bu mazmundagi kinolarni ko‘rish nati-
jasida bolada qanday xarakter xislatlari paydo bo‘lishi mumkin?
23. Bir ona shunday deydi: «O‘g‘lim endi 4 yoshga kirgan, le-
kin u bola emas bir balo. Haddan tashqari sho‘x va to‘polonchi. U
qo‘pol so‘zli emas, yumshoq muomalali bola, ba’zi vaqtda juda qo-
bil bo‘ladi, ba’zan esa to‘nini teskari kiyib oladi. Hech qanday pand-
nasihat foyda bermaydi: kechirim so‘rab, endi qilmayman deydi-
yu, darrov yana avvalgi qilig‘ini qilaveradi. Unga tanbeh bersang,
kulimsirab turadida: «Oyijon achchiqlanmang» – deydi. Uning bu
gapiga beixtiyor kulging ham keladi. Yana bir odati o‘yinchoqlarni
saqlay olmaydi. Ularni bog‘chasiga olib boradi-da yo‘qotib keladi
yoki bolalarga ulashib beradi. Men uni qizg‘anchiq bo‘lmasin dey-
man, lekin o‘yinchoqlarni ehtiyot qilib tutish kerak-ku axir!»
Savol:
Bolaning xulq-atvorini qanday izohlaysiz? Onaga qan-
day maslahat berar edingiz?
24. Bir ota: »O‘g‘lim televizor ko‘raman deb janjal qila-
di, shunda bolani qiynamaslik uchun kechki teletomoshalarni
ko‘rishiga ruxsat beraman; pultli yangi mashina olib berishimni
xohlab qoladi, uni xafa qilmaslik uchun talabini bajarishim ke-
rakmi? Keyin yana nimanidir oldirish uchun janjal….
Savol:
Bolaning injiqliklariga sabab nima? Uning injiqliklari-
ga ko‘naverish to‘g‘ri bo‘ladimi?
25. 5 yoshli Anvar uyga bir o‘yinchoq olib keldi. Onasi
o‘yinchoqni qayerdan olganini so‘raganda: «O‘rtog‘im o‘ynab tu-
rishga berdi», – deb javob qaytardi. Bir necha kundan keyin ona
tasodifan o‘g‘li o‘yinchoqni ruxsatsiz olganini bilib qoldi.
Savol:
Ona Anvar bilan qanday munosabatda bo‘lishi kerak?
Ba’zi bolalar bolalar bog‘chasidan o‘yinchoqlarni berkitib uyla-
riga olib ketadilar, lekin ular «Men o‘g‘rilamadim, o‘ynab turish
435
uchun oldim!» – deb izohlaydilar. Bunday hollarda tarbiyachi va
ota-onalar qanday yo‘l tutishi kerak?
26. Bolalar bog‘chasida Madina o‘zini odobli tutadi. O‘yin-
choqlarni o‘rtoqlaridan qizg‘anmaydi, kattalarga joy beradi, boshqa
bolalarga yordamlashadi. Uyida esa o‘zini butunlay boshqacha tu-
tadi. Ovqat vaqtida unga hammadan oldin choy berilmasa, u:
«Menga nima uchun choy quyib bermadingiz?» – deb baqiradi.
Onasi shoshib-pishib unga choy quyib beradi va stolga vazada kon-
fet qo‘yadi. Madina yaxshi ko‘rgan konfetlarini tezgina vazadan
olib, o‘z oldiga qo‘yadi. Onasi vazani yana konfet bilan to‘ldirib
qo‘ymoqchi bo‘lsa, Madina: «Konfetning qolganini vazaga sol-
mang. Menga olib qo‘ying. Uni ertaga men yeyman!» – deydi.
Savol:
Madinaning bolalar bog‘chasi va uyda o‘zini qanday tu-
tishiga baho bering. Nima uchun Madina uyda o‘zini shunday tu-
tadi? Onasi Madinaga bo‘lgan munosabatini qanday o‘zgartirishi
kerak?
27. «Odiljon, avval ovqatingni yeb ol, keyin shokolad beraman»
– deydi ona bir marta. Odiljon yig‘lab, yo‘q deb be rishni talab qi-
ladi. «Mumkin emas!» – deydi ona. Odiljon yana yig‘laydi, yana
shokolad talab qiladi, bu hol uchinchi, to‘rtinchi marta takrorlana-
di. Beshinchi martada ona taslim bo‘ladi: «Mana shokolad, yeya qol,
faqat ovozingni o‘chir, hadeb jonimga tegaverma!» – deydi. Endi
Odiljon «Mumkin emas!» degan so‘zning kuchi yo‘qligini, ust-ustiga
talab qilaversa, har bir xohlagan narsasi muhayyo qilinishini biladi.
Savol:
Onaning xatosini tahlil qiling.
28. 5 yoshli Ma’sud otasining soati qanday tuzilganini bilish-
ga qiziqib qoldi. U soatni astagina olib, qulog‘ini buradi. Keyin
soatning ichini ochib, undagi g‘ildirakchalarni ushlab ko‘rdi;
g‘ildirakchalar ko‘p edi… soat to‘xtab qoldi. Ma’sud yig‘lay bosh-
ladi. Onasi soatni yurgiza olmadi.
– Endi menga dadam nima deydilar? – qo‘rqib ketib so‘radi
Ma’sud.
– Qo‘rqma bolajonim, dadangga soatni mushugimiz yerga tushi-
rib yubordi, – deymiz, deb yupatdi o‘g‘lini ko‘ngli g‘ash bo‘l gan ona.
Savol:
Ma’sudning onasi va otasi o‘rtasidagi munosabat haqi-
da nima deyish mumkin? Bu munosabat bolaga qanday ta’sir qi-
ladi?
436
29. «Agar hozir xonangni yig‘ishtirmasang senga multfilm
ko‘rishga ham, o‘ynagani chiqishga ham ruxsat bermayman!» –
deydi 6 yoshli Saidaning onasi. Bu hamma oiladagi odatiy holat.
Savol:
Bolada ozodalik, batartiblik ko‘nikmasini hosil qilish
uchun yana qanday usullarni tavsiya qilasiz? Ona bolasini qilgan
ishi uchun maqtashi kerakmi, nima uchun? Agar bola yumushni
bajarmasa ona qanday yo‘l tutishi kerak?
30. Bolasining qilgan o‘g‘irligi haqida birinchi marotaba ona-
ga tarbiyachisi yoki uning o‘rtog‘i aytib qoldi. Ona bundan nomus
qilib bolasini urishdi, urdi. Tarbiyachi bu xabarni onani ayblash,
yomon ona ekanligini bildirish uchun emas, balki bolani tarbiya-
lash uchun imkoniyat hisoblab aytgan edi.
Savol:
Bunday xabarni eshitgach bolani urish kerakmi? 6 yosh-
dan kichik bolalar hali o‘g‘rilikning nimaligini, uning oqibatini kat-
talar o‘ylaganchalik tushunmaydilar. Bolaning o‘g‘rilik qilgan yoki
qilmaganligini bilish uchun boladan qanday so‘ragan ma’ qul?
31. 2 yoshli bola kechirim so‘rashning mazmun-mohiyatini
tushu nib yetmaydi. 3 yoshli bola esa «kechiring» deb ayta olishi
mum kin. 4 yoshga yetib bolalar kechirim so‘rashga odatlanadi-
lar va ma’lum bir qiliqlaridan voz kechishlari lozimligini tushu-
na boradilar.
Savol:
Kechirim so‘rash xohlagan qilig‘ini qilaverish uchun
imkoniyatmi? Qanday hollarda kechirim so‘raladi? Tarbiyachi,
ota-ona, umuman kattalar boladan qilgan yoki aytgan nojo‘ya
harakatlari uchun kechirim so‘rashlari kerakmi? Nima uchun?
32. Ba’zi bolalar ota-onasi aytganini qilishmasa polga yotib
olib yig‘lashadi.
Savol:
Bunday hollarda nima qilgan ma’qul? Bu hol mehmon-
da, bog‘chada, do‘konda tez-tez yuz berib tursa ota-onaga qan-
day maslahat berar edingiz? O‘jar va qaysar bolalar bilan ishlash
tarbiyachiga qanday qiyinchilik tug‘diradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |