117
2. Yon atrofdan o‘tadigan transport tezligi. Tezlikning yuqori bo‘lishi
kutilayotgan samaraga teskari proporsional bo‘ladi.
3. Reklama joylashtirilgan panno yoki plakatni ko‘cha harakatiga nisbatan
o‘rnatish burchagi. To‘g‘ri proeksiya eng afzaldir. Afsuski, reklama vositalarining
aksariyati avtotransport trassalari va yo‘lovchilar qatnaydigan yo‘laklarga nisbatan
ma’lum bir burchakda o‘rnatilganligini qayd etishga to‘g‘ri keladi.
4. Reklama pannosi yakka holatda joylashtirilgan va boshqa hech qanday
reklama vositalari potensial xaridorning e’tiborini chalg‘itmaydigan bo‘lishi eng
katta samara beradi. Toshkentda bu holat kamdan kam uchraydi.
Sug‘urta kompaniyalarining tashqi reklamasi asosan axborot berish
xarakteriga ega bo‘lib, qoidaga ko‘ra shahar ko‘chalari va avtotrassalardagi katta
reklama taxtalari bilan ifodalanadi.
Reklama taxtalari alohida sug‘urta turlarining reklamasidan ham,
imidj
reklamasidan ham iborat bo‘lishi mumkin, biroq bunday reklamani tez-tez
almashtirib turish aholining sug‘urta kompaniyalari barqarorligi, ishonchliligi va
doimiyligi ortishiga xizmat qilmaydi.
Tranzit reklama.
Respublikamizda sug‘urta kompaniyalari avtotransport
reklamasidan deyarli foydalanmaydi. Vaholanki, hatto sug‘urta
kompaniyasining
xizmat avtomobillarida joylashtirilgan reklama ham ma’lum bir ijobiy natija
berishi mumkin, lekin shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, odamlarning
reklama joylashtirilgan transport vositasiga munosabati reklamaning o‘ziga ham
o‘tib ketishi mumkin.
Metro va elektropoezdlarda sug‘urta kompaniyalari tomonidan joylashtirilgan
reklama alohida kompaniyalarning jur’atsiz urinishlari bilan ifodalangan bir paytda
Devid Ogilvi metrodagi reklama haqida gapirganda uning boshqa reklama turalri
oldidagi muhim ustunligini qayd etib o‘tgan: agar yo‘lovchi bu reklamani o‘qish
imkoniga ega bo‘lsa, uni albatta o‘qiydi.
Metro yo‘lovchilari qarshisida joylashtirilgan reklama plakati ularning
e’tiborini albatta jalb qiladi va bir necha daqiqa davomida yo‘lovchilar palakatni
o‘qib ketadi (albatta, agar u yerda o‘qishga arziydigan narsa bo‘lsa).
118
Qancha reklama joyi kerak va ularni qanday
muddatga buyurtma qilish
lozim? Savol oddiy emas, lekin unga doimo javob bersa bo‘ladi. Bir oyga
joylashtirilgan uch yuzta o‘rin metro yo‘lovchilarining 30-40%ini qamrab olishga
imkon beradi (bu yerda kamida bir haftada bir marta metrodan foydalanadigan
kishilar metro yo‘lovchilari hisoblanadi).
Bu ko‘rsatkich 600-800 o‘ringacha oshirilganda qamrab olish 50-60%gacha
o‘sadi. Lekin o‘rinlar soni yanada oshirilganda qamrab olishning o‘sishi keskin
pasayadi. Masalan, plakatlar sonini 1200 gacha oshirib, atigi 19% o‘sishga erishish
mumkin. Bu axborot Sankt-Peterburgda A3 va A2 o‘lchamli plakatlar uchun
olingan. Agar eslab qolish va idrok qilish chiziqli ravishda o‘lchamga bog‘liq deb
faraz qiladigan bo‘lsak (bu, albatta, aslida bunday emas),
hisoblab chiqish qiyin
emas
metro
vagonlarida
qo‘llanadigan o‘lchamdagi plakatlar uchun
yo‘lovchilarning 30-40% va 50-60%ini qamrab olish uchun shuni mos ravishda,
bir oyga muddatga joylashtirilgan 1200 ta va 3000 ta o‘rin talab etiladi.
Agar reklama 3 oyga yoki yarim yilga joylashtiriladigan bo‘lsa, bunda nima
ro‘y beradi? Uning samaralorligi sezilarli darajada pasayadi. Rangli dog‘ samarasi
vujudga keladi (yo‘lovchilar faqat yangi plakatlargagina e’tibor qaratadi). Lekin bu
yerda ham chiqib ketish mumkin bo‘lgan yo‘l bor: reklama beruvchi reklama
joylashtiriladigan o‘rinlarni uzoq muddatga ijaraga olishi,
lekin reklama
materiallarini bir oy bir yarim oyda almashtirib turishi mumkin.
Reklamani metroda joylashtirish puxta rejalashtirishni talab qiladi. Metroda
reklama uchun (xuddi televizion reklama uchun bo‘lgani kabi) bu reklamani
ko‘rish soni ortganda unga nisbatan tanqidiy fikrlar soni o‘sadi degan qoida to‘g‘ri
keladi. Shu sababli reklama materiallarini tezkorlik bilan almashtirish zarur, bu esa
ancha qiyin. Reklamani bir haftaga qo‘yish mumkin, plakatlarni esa kamida ikki
haftada olishga to‘g‘ri keladi.
Reklamaning rangli dog‘ samarasiga aylanish vaqti turli transport vositalarida
turlicha, masalan, fransuz tadqiqotchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, shahar atrofida
qatnaydigan elektropoezdlarda bu vaqt metrodagidan ko‘ra 2-3 baravar katta.