S. R. Matiyazova, G. D. Adilova



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/96
Sana02.03.2022
Hajmi2,04 Mb.
#478890
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   96
Bog'liq
sugurta maxsulotlari sotishni tashkil etish

Tele va radioreklama
34
. Televizion va radioreklama butun dunyo bo‘ylab 
reklama beruvchilar orasida juda ommaviy hisoblanadi, chunki u eng katta 
muloqot doirasiga murojaat qilish uchun imkon beradi. Biroq uning muloqot 
doirasi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik xilma-xil ham hisoblanadi. «O‘zining» 
maqsadli guruhiga ta’sir ko‘rsatish qiyin, chunki ixtisoslashgan ko‘rsatuvlar soni 
juda kam. Televidenye va radioda amaliyotning ko‘rsatishicha, turli konkurslar, 
lotereyalar, televizion viktorinalar va "tok-shou"ga homiylik qilish va h.k. katta 
muvaffaqiyatga erishadi.
Televidenye yordamida firma va uning markasini targ‘ib qiladigan nufuzli 
reklama ham, muayyan xizmatlar sotishni rag‘batlantiradigan tijorat reklamasi ham 
amalga oshirilishi mumkin. Qoidaga ko‘ra televidenyedagi reklamaning ikki 
turidan faqat birinchisi katta samara beradi. Bu birinchidan, muloqot doirasining 
bir xil emasligi bilan, ikkinchidan esa – reklamani qabul qilish psixologiyasi o‘ziga 
xosliklari bilan izohlanadi. Televizor qarshisida dam olayotgan yoki ekranga ish 
orasida nazar tashlab qo‘yadigan kishi ishbilarmonlik qarorlari qabul qilish va 
manzilni yoki telefon raqamini yozib olish uchun darhol qo‘liga qalam olishga 
unchalik moyil bo‘lmaydi.
Potensial xaridor sizning reklamangiz paydo bo‘lgan vaqtda uning yordamida 
televizorni boshqa kanalga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan masofadan boshqarish pulti 
ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan texnika taraqqiyoti yana bir qo‘shimcha to‘siq 
hisoblanadi. Shu sababli bitta reklama roligi yoki klipini televidenyeda ko‘p marta 
takrorlash katta ahamiyat kasb etadi. Agar sizning reklamangiz efirda faqat 1-3 
34
Jask Kinder,Jr.Garry Kinder”Secrets of Successful Insurance Sales” 


115 
marta paydo bo‘lgan bo‘lsa, pulni havoga sovurdim, deb bemalol aytishingiz 
mumkin. Televidenyeda uzoq muddatli va keng miqyosdagi reklama kampaniyasi 
faqat "Uzbekinvest" NKEIS kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Boshqa 
sug‘urta kompaniyalarining reklamasi ekranlarda juda kam paydo bo‘ladi va keng 
miqyosdagi reklama kampaniyasi xarakteriga ega emas. Qoidaga ko‘ra 
radioreklamani aholi bilan ishlayotgan va o‘z polislarini respublikamiz hududining 
katta qismini qamrab oladigan filiallar tarmog‘i orqali taklif qiladigan 
kompaniyalar tayyorlaydi. Teleekranda eng samarali vaqt – erta tong, kech oqshom 
(prime-time), kun esa – shanba hisoblanadi. Eng katta foyda keltiradigan oylar -
yanvar, fevral, mart. Reklama beriladigan teledastur qanchalik qiziqaril bo‘lsa, 
reklama beruvchi uchun shunchalik yomon – dasturdan olinadigan taassurotlar 
reklamadan olinadigan taassurotlarni «yuvib» ketadi.
Radioreklama ko‘pincha samaraliroq bo‘lib chiqadi, chunki ko‘plab 
korxonalarda butun kun davomida yangrab turadi, uyda va avtomobilda ham 
ko‘pchilik kuni bilan radiopriemnik yoqib qo‘yadi. Biroq aynan shu sababli, 
agarda siz muttasil yangrab turadigan ovoz fonidan keskin ajralib turadigan qila 
olmasangiz, sizning reklamangiz ish bermasligi ham mumkin. Sug‘urta xizmatlari 
samarali radioreklamasi kamdan kam uchraydi. Samarali reklama sifatida 
Rossiyaning ROSNO sug‘urta kompaniyasining reklamasini misol qilib keltirish 
mumkin: "Ushbu bahorda ROSNO sizni muhabbatdan sug‘urta qila olmaydi". 
Yaxshi tanlab olingan ohang, o‘zgarmas muvaffaqiyatli kontekst, ko‘rsatuv vaqti 
va joyini to‘g‘ri tanlash ushbu reklamaga muvaffaqiyat bo‘lmasada, shubhasiz 
samaradorlik ta’minladi.
Radioda sug‘urta reklamasi hozircha juda ham kam, vaholanki, fuqarolar 
mulki va avtomobillarni sug‘urta qiladigan kompaniyalar uchun puxtalik bilan 
rejalashtirilgan reklama xabarlari sikli, shubhasiz, yetarli darajada samarali bo‘ladi. 
Reklama dasturi va vaqtini belgilashda radiostansiyalar va telekanallar muloqot 
doiralarining ijtimoiy-demografik tavsifnomalaridan foydalanish lozim.


116 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish