S. R. Matiyazova, G. D. Adilova


Xorijiy mamlakatlarda sug‘urta mahsulotlarini internet orqali sotish tizimi



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/96
Sana02.03.2022
Hajmi2,04 Mb.
#478890
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   96
Bog'liq
sugurta maxsulotlari sotishni tashkil etish

Xorijiy mamlakatlarda sug‘urta mahsulotlarini internet orqali sotish tizimi: 
 
Independent Insurance Agents of America – AQSH sug‘urta agentliklari 
milliy assotsiatsiyasi rahbariyati 2001-yilning boshidayoq sug‘urta kompaniyalari 
va internet-sug‘urta tizimlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga agentlarning 
saytga tashrif buyuruvchilarga qulay ko‘rinishda va tezkor ravishda axborotni aks 
ettirishlari uchun axborotni taqdim etish shaklini birxillashtirish taklifi bilan 
chiqdi.
AQSHda polislar sotishni to‘laligicha internet orqali amalga oshiradigan 
kompaniyalar mavjud. Savollar yuzaga kelganda mijozlar call-markaz 
xizmatlaridan foydalanishi mumkin. 
Celent  kompaniyasining "Amerika 
sug‘urtasida IT xarajatlari" (IT Spending in US Insurance) hisobotiga ko‘ra 
sug‘urta kompaniyalari axborot texnologiyalariga sarflanadigan mablag‘lar hajmini 
oshirishda davom etmoqda. Xususan, 2002-yil o‘tgan yil bilan taqqoslaganda IT-
byudjet o‘rtacha 7% o‘sdi va butun sanoat bo‘yicha 18 mlrd. dollarni tashkil qildi. 
Bunday o‘sish Celent bashoratlariga ko‘ra yana ikki yil saqlanib qoladi. Sug‘urta 
kompaniyalarining 35% o‘zining IT-byudjetini yangi loyiha va tashabbuslarga, 
birinchi navbatda, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, xarajatlarni 


131 
qisqartirish va yetkazib berish muddatini kamaytirishga e’tibor qaratgan holda 
yo‘naltiradi. 
Internet-sug‘urta bozorining umuman olganda, boshqa barcha moliyaviy 
internet xizmatlar bozori kabi vujudga kelishi Amerikada ro‘y bergan. Bunda 
o‘zining internetdagi vakolatxonasini birinchi bo‘lib sug‘urta kompaniyalari emas, 
balki kelgusida internet-sug‘urta portallariga aylanib ketgan brokerlik agentliklari 
ochgan. Amerika internet-sug‘urta bozorining asosiy rivojlanish davri 1996-yildan 
1998-yilgacha bo‘lgan davrni qamrab olib, ushbu sektorning hozirgi kundagi 
yetakchilari - Quotesmith.com, Insuranse.com, Youdecide.com va boshqalar 
asosan o‘sha paytlarda paydo bo‘lgan. Mijozlar bilan internet orqali ishlash 
ustuvor yo‘nalishga aylangan kompaniyalar paydo bo‘la boshladi – ularning 
orasida eng mashhur kompaniya Ensurance.com hisoblanadi. 2000-yil elektron 
raqamli imzo to‘g‘risida qonun qabul qilinishi va elektron raqamli imzoga xizmat 
ko‘rsatish uchun infratuzilmaning rivojlantirilishi AQSHda internet-sug‘urtaning 
rivojlanishida muhim fursat hisoblanadi. Shundan so‘ng sug‘urta kompaniyalari 
mijozlarga polislarni kuryer yordamida (qo‘shimcha 10 dollar xarajatlar) yoki 
oddiy pochta orqali emas, balki bevosita elektron pochta orqali jo‘natish imkoniga 
ega bo‘ldi. Ayni paytga kelib internetda taqdim etilgan amerika sug‘urta 
kompaniyalarining ko‘pchiligi sug‘urta polisi xarid qilish va xizmat ko‘rsatish 
uchun zarur bo‘lgan barcha doiradagi xizmatlarni ko‘rsatmoqda. Kompaniya 
mijozlari sug‘urta shartnomasining holatini tekshirish, navbatagi sug‘urta 
mukofotini kiritish yoki sug‘urta holati haqida ariza berish maqsadida 
personifikatsiya qilinadigan saytlarga kirishi mumkin. Internet orqali sotuv 
borasida avtosug‘urta yetakchi hisoblanadi – uning umumiy sotuvlar 
ko‘rsatkichidagi ulushi 20% ni tashkil qiladi.
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida moliyaviy internet-xizmatlar ommaviyligi 
hali AQSH darajasiga yetmagan. Datamonitor kompaniyasining tadqiqotlariga 
ko‘ra 2000-yil aholisi moliyaviy internet-xizmatlar bilan AQSHdan ko‘ra ko‘proq 
qiziqadigan Yevropa Ittifoqining yagona mamlakati bu Shvetsiya bo‘ldi. Internet-
xizmatlar sohasida G‘arbiy Yevropada Fransiya va Ispaniya kabi mamlakatlar juda 


132 
ortda qolmoqda. Agar internet-sug‘urta bozori qatnashchilari haqida gapiradigan 
bo‘lsak, Yevropada bunday xizmatlarni taqdim etadigan kompaniyalarning asosiy 
qismi Buyuk Britaniyada joylashgan (ta’kidlash joizki, ushbu mamlakat sug‘urta 
xizmatlari aylanmasi umumjahon ko‘rsatkichlarining 10% ini tashkil qiladi). 
Sug‘urta bo‘yicha onlayn-xizmatlar 100 ta saytda ko‘rsatiladi. Buyuk Britaniyada 
internet-sug‘urta rivojlanishining asosiy bosqichi 1999-2000 yillarga to‘g‘ri keladi. 
Qoidaga ko‘ra barcha sug‘urta portallari ma’lum bir xizmatga qaratilgan bo‘ladi 
(avtosug‘urta va uy-joy sug‘urtasi kabi xizmatlar eng ko‘p uchraydi). Biroq deyarli 
barcha sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatadigan resurslar ham mavjud bo‘lib, ularning 
orasida 123-insure.co.uk eng ommaviy portal sanaladi. 
Amerika bozorida sug‘urta portallari alohida rol o‘ynaydi. Qoidaga ko‘ra
ushbu tarmoq resurslari eng yirik sug‘urta kompaniyalardan axborot taqdim etadi. 
Shuningdek, kichik sonli sug‘urta kompaniyalarini birlashtiradigan portallar 
(masalan, geografik tamoyil – shtat bo‘yicha) va bitta sug‘urta sohasida 
ishlayotgan kompaniyalarni birlashtiradigan belgilangan sug‘urta xizmatlari turiga 
yo‘naltirilgan portallar ham mavjud. Buyuk Britaniyada internet-sug‘urta sohasida 
eng mashhur brendlar hozirgi kunda DirectLine.com va Its4me.co.uk hisoblanadi. 
DirectLine sug‘urta kompaniyasiga 1985-yilda asos solingan bo‘lib, dastlab u 
mijozlarga faqat telefon orqali xizmat ko‘rsatgan. 1999-yil godu DirectLine.com 
onlayn-sug‘urta bo‘yicha loyiha ishga tushirildi. 
Forrester Research ma’lumotlariga ko‘ra, 2002-yilning o‘rtalariga kelib o‘z 
avtomobili sug‘urtasini internet orqali rasmiylashtirgan yevropaliklar soni 6 mln. 
kishini, internetda avtosug‘urta bo‘yicha mos keladigan taklif izlayotganlar soni 
esa bundan ham ko‘p – 16 mln. kishini tashkil qildi, bunda eng katta faollikni 
aynan britaniyaliklar namoyish etmoqda. Internet-sug‘urtaning rivojlanish 
yo‘lidagi asosiy to‘siq foydalanuvchilarda internetda xavfsizlik va maxfiy 
axborotlarning sir saqlanishi borasida ishonch yo‘q ekanligi hisoblanadi. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish