S. R. Matiyazova, G. D. Adilova


 Sug’urtalovchilar faoliyatida reklamani rejalashtirish usullari



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/96
Sana02.03.2022
Hajmi2,04 Mb.
#478890
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96
Bog'liq
sugurta maxsulotlari sotishni tashkil etish

 
5.3 Sug’urtalovchilar faoliyatida reklamani rejalashtirish usullari 
 
Reklamani joylashtirishni rejalashtirishda ommaviy axborot vositalari 
samaradorligini baholash lozim. Sug‘urta kompaniyasi bu ishni quyidagi
uslubiyatlardan foydalangan holda bajarishi mumkin:
- narx orqali: pul, tiraj eng an’anaviy baholash usullaridan biri (polosa uchun 
reklama tarifi nashr tirajiga bo‘linadi va 1000 ga ko‘paytiriladi); analogiya usuli 
(eng yaxshisi – raqobatchilar reklamasi bo‘yicha; - reklama qiymati, soni, 
reklamani joylashtirish joyi).
Biroq bunda shuni aniq tushunish kerakki, ko‘plab nashrlar uchun kirish va 
chiqish ma’lumotlarida ma’lum qilingan tiraj chop etilgan tirajdan, chop etilgan 
tiraj esa – haqiqatda tarqatilgan tirajdan farq qiladi. Xorijda bo‘rttirilgan tirajlar 
“sovun pufaklari”ga qarshi kurashning amaliy natija beradigan shakllari ishlab 
chiqilgan. Reklama beruvchilarda o‘z nufuzi haqida qayg‘uradigan nashrlar 
tomonidan amalga oshiriladigan ko‘ngilli audit jarayoni eng samarali usullardan 
biri hisoblanadi. Maxsus auditorlar yoki auditorlik firmalari tekshiruv natijalariga 
ko‘ra amaldagi tirajning ma’lum qilingan raqamlarga muvofiqlik haqida xulosa 
beradi. Bunday xulosa ancha qimmatga tushadi, tekshiruvlar o‘tkazish maxsus 
malaka (demak, litsenziya ham) talab qiladi, shunday ekan bizning 


109 
mamlakatimizda bunday amaliyotni joriy qilish faqat sinov tariqasida o‘ringa ega 
bo‘lishi mumkin. SHu sababli ommaviy axborot vositasi samaradorligini mufassal 
tadqiq etishni yetarlicha tajribaga, zarur axborotga va professional darajada 
tayyorlangan xodimlar shtatiga ega bo‘lgan reklama agentligiga topshirish 
ishonchliroq bo‘ladi.
Oliy bo‘g‘in rahbarlarining axborotni afzal ko‘rishi tadqiqotlari shuni 
ko‘rsatadiki, kompaniyalar rahbarlari eng samarali reklama tashuvchilar, deb 
bosma nashrlar – gazeta va jurnallarni hisoblaydi. Shu bilan bir paytda matbuotda 
reklama kampaniyasining muvaffaqiyatga erishishi yoki muvaffaqiyatsizligi nashr 
etilayotgan reklamaning badiiy afzalliklari va professionalligiga, sifatga bog‘liq 
bo‘ladi.
“Ushbu reklama xabari sizga qay tarzda yetib bordi?” degan savolga javob 
berishda reklama ularga biznes uchun tovar yoki xizmat xarid qilishda yordam 
bergan rahbarlar sonining foizdagi nisbati quyidagi ko‘rinishga ega: 
Gazeta orqali . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 57,2
Jurnallar orqali . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 22,8
Radio orqali. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 15,9
Televidenye orqali . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 11,8
Ko‘rgazmalar orqali. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . 11,7
Pochta reklamasi . . . …………. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 10,3
Faks bo‘yicha reklama. . . . . . . ….. . . . . . . . . . . . . . . . . . 9,0
Reklama agenti. . . . . . . . . . . . . . . ………… . . . . . . . . . . 5,5
Ko‘cha reklamasi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ………. . . . . 2,8
Internet reklamasi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ………... . 2,1
Metrodagi reklama . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . …….. . . 1,4
Transportdagi reklama. . . . . . . . . . . . . . . . ………….... . 1,4
Boshqa tarzda . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ………. . . . 4,8


110 
Gazetadagi reklama
33
. Gazetalarda reklama e’lonlari o‘quvchilarda e’lon 
mazmunini fikrlab berish uchun radio yoki televizor orqali reklama bilan 
taqqoslaganda ko‘proq vaqt bo‘ladi. Biroq iste’molchilar ko‘pincha gazeta orqali 
reklamani pisand qilmaydi. Bu ma’noda radio yoki televidenie orqali reklama, 
shuningdek, pochta orqali reklama samarali bo‘ladi. Gazeta reklamasida asosiy 
mazmunga zarar yetkazmagan holda sizning firmangiz manziliga qanday yetib 
borish mumkinligini, shuningdek, sotuv shartlarini ko‘rsatadigan xarita yoki rejani 
joylashtirish mumkin. Gazetalar mijozlarga muayyan axborot – sug‘urta polislari 
tavsifnomalari, narxi, chegirmalar, imtiyozlar berish imkonini beradi. Biroq, 
qoidaga ko‘ra gazeta bosmasi sifati ancha past, bu esa kichik grafikli elementlar va 
fotosuratlardan 
foydalanishni 
qiyinlashtiradi. 
Gazetada 
reklama 
e’loni 
joylashtirish, boshqa ommaviy axbrot vositalari bilan taqqoslaganda osonroq va 
arzonroq bo‘ladi. Bir marta original-maket yasab, undan bir necha marta 
foydalanish mumkin. Biroq, boshqalardan jiddiy farq qiladigan, e’tiborni jalb 
qiladigan 
gazeta 
e’loni 
tayyorlash 
ancha 
qiyin. 
Bundan 
tashqari 
zamondoshlarimizda gazeta o‘qish uchun avvalgidan ko‘ra vaqt ancha kam. 
Bugungi kunda o‘quvchi maqolalarni tezda ko‘z yugurtirib chiqadi, reklamaga esa 
nazar tashlaydi, xolos, shu sababli reklama sezilmay qolib ketishi ehtimoli katta. 
Gazetalar yetarli darajada tezkordir. Sizning e’loningiz berilgan paytdan boshlab 3-
5 kun o‘tgach paydo bo‘lishi, so‘nggi o‘zgarishlar esa gazeta bosmaxonaga 
topshirilishidan oldin kiritilishi mumkin. Biroq shunday vaziyat ham yuzaga 
kelishi mumkinki, bunda reklama shoshilinch tahririyat materiali bilan 
almashtiriladi. Shu sababli qo‘shimcha xarajatlarsiz reklama e’loni chiqadigan aniq 
sanani qayd qilish imkoni doim ham mavjud emas.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish