S. R. Matiyazova, G. D. Adilova



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/96
Sana02.03.2022
Hajmi2,04 Mb.
#478890
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   96
Bog'liq
sugurta maxsulotlari sotishni tashkil etish

 
Nazorat savollari: 
1.
Sug’urta vositachilari kimlar. 
2.
Sug’urta bozorida sug’urta mahsulotiga xaridor kim. 
3.
Ixtisoslashgan sug‘urta vositachilar kimlar. 
4.
Agentlik tarmoqlarining necha modeli mavjud. 
5.
Hozirgi paytda Fransiyada nechta sug‘urta brokeri mavjud. 
6.
Broker qanday vazifalarni bajaradi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


101 
V BOB. SUG’URTA MAHSULOTLARINI SOTISHDA REKLAMANING 
O’RNI 
 
5.1 Sug’urta kompaniyalari faoliyatida reklama xizmatining o’rni va 
ahamiyati 
 
Sug‘urta qiluvchining reklama faoliyati umumiy marketing konsepsiyasi va 
sotuv siyosatiga bo‘ysunishi lozim. Reklama kampaniyasi rejasini ishlab chiqishda 
rejalashtirilayotgan reklama kampaniyasi kimga yo‘naltirilishini, maqsadli 
muloqot doirasini aniqlab olish zarur.
31
Buning uchun potensial sug‘urta 
qildiruvchilarning asosiy tavsifnomalarini bilish va ularni ma’lum bir guruhlarga 
taqsimlash zarur: masalan, yuridik yoki jismoniy shaxslar, potensial yoki amaldagi 
sug‘urta qildiruvchilar, naqd pulga yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan sug‘urta polisi 
xarid qiluvchilar, bitta, ikkita, uchta yoki undan ortiq sug‘urta turlarini yoki aralash 
sug‘urta polislarini xarid qiladigan sug‘urta qildiruvchilar. Bunda shuni hisobga 
olish kerakki, agar reklama asosan sug‘urta qiluvchiga ishonch va xayrixoh 
munosabat shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, muloqot doirasi quyidagilarni 
o‘z ichiga olishi lozim: amaldagi va/yoki potensial sug‘urta qildiruvchilar;
sug‘urta vositachilari; mavjud yoki potensial xodimlar; hamkorlar yoki 
raqobatchilar; butun jamoatchilik. Reklama rejasini tuzishda shuni hisobga olish 
kerakki, reklama aksiyalari muvaffaqiyatining negizi – ularning ketma-ketlikda 
davriy ravishda takrorlanishidir. Ketma-ketlik xabardorlikka, xabardorlik – 
ishonchga, ishonch esa – muvaffaqiyatga, sug‘urta xizmatlari sotilishiga olib 
keladi. Rossiyalik tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra muloqot doirasi bilan 
har bir yangi muloqotda sug‘urta qiluvchi taklif qilayotgan axborotni eslab 
qoladiganlar soni o‘rtacha 10-15%ga ortadi.
Har bir reklama rejasi sog‘lom bozor tamoyillariga, potensial bozorning 
o‘tkazilayotgan tadqiqotlariga asoslanadi va xarajatlar smetasi tuzishni talab qiladi. 
Bunda muayyan sharoitlarga bog‘liq bo‘lgan va o‘tkazilayotgan reklama tadbirlari 
maqsadi bilan belgilanadigan reklama vositalari differensiatsiya qilingan to‘plami 
ko‘zda tutiladi.
31
Jask Kinder,Jr.Garry Kinder”Secrets of Successful Insurance Sales” 


102 
Sug‘urta qiluvchining reklama maqsadlari. Reklamani rejalashtirishga 
kirishishda uning maqsadlarini aniq belgilab olish zarur, reklama aksiyasining 
maqsadi qanchalik aniq belgilangan bo‘lsa, unga erishish ehtimoli shunchalik 
yuqori bo‘ladi. Sug‘urta qiluvchining reklama maqsadlari ancha keng va xilma-xil 
ekanligida ularni shartli ravishda quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin:
- bevosita sug‘urta xizmatlarini sotish hajmini oshirish uchun mo‘ljallangan 
reklama;
- ma’lum bir istiqbol uchun mo‘ljallangan va potensial sug‘urta qildiruvchini 
asta-sekinlik bilan sug‘urta xizmatlari xarid qilishiga tayyorlashga yo‘naltirilgan 
reklama;
- sug‘urta qildiruvchida muayyan sug‘urta qiluvchiga moyillik yaratishga 
yo’naltirilgan reklama.
Har bir guruh uchun sug‘urta qiluvchining reklama faoliyati maqsadlarini 
batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Bevosita sug‘urta xizmatlari sotish hajmini oshirish uchun mo‘ljallangan 
reklama maqsadlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

potensial sug‘urta qildiruvchilarga sug‘urta himoyasi xarid qilish zarurati 
haqida eslatib turish;

sug‘urtaning yangi imkoniyatlarini ochib berish;

sug‘urta xizmatlari sotish hajmining ortishini ta’minlash;

sug‘urta xizmatlari potensial iste’molchisining e’tiborini sug‘urta polisini 
zudlik bilan xarid qilishga undaydigan sabablarga qaratish (chegirmalar, turli 
bonuslar, imtiyozli shartlar, lotereya);

sug‘urta polisini zudlik bilan (birinchi istak bilan) xarid qilishni 
rag‘batlantirish (masalan, vaqt bo‘yicha kamayib boradigan chegirmalar bilan);

sug‘urta qildiruvchilar boshqa sug‘urta qiluvchilarga o‘tib ketishining 
oldini olish;

raqobatchilarning sug‘urta qildiruvchilarni o‘z mijozlariga aylantirish;

potensial sug‘urta qildiruvchilarni faqat sizning polisingizni xarid qilishga 
rag‘batlantirish;


103 

hozircha AVS sug‘urta turidan foydalanmayotgan shaxslarni aynan sizning 
kompaniyada ushbu turdan foydalanuvchilarga aylantirish;

tasodifiy mijozlarni sizning kompaniyangiz doimiy mijozlariga aylantirish;

sug‘urta agentlariga sug‘urta polislari sotishda yordam ko‘rsatish (yangi 
bitimlar tuzish va yangi mijozlar jalb qilish);

sug‘urta agentlariga eski mijozlardan ko‘proq sug‘urta mukofotini 
yig‘ishda yordam ko‘rsatish;

potensial sug‘urta qildiruvchilarni kompleksli (aralash) sug‘urta polislari 
xarid qilishga rag‘batlantirish.
Ma’lum bir istiqbolga mo‘ljallangan va potensial sug‘urta qildiruvchini asta-
sekinlik bilan sug‘urta xizmatlari xarid qilishga tayyorlashga yo‘naltirilgan 
reklama. Bunday reklama maqsadlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

potensial sug‘urta qildiruvchilarni u yoki bu sug‘urta turlari yoki sug‘urta 
polislari mavjudligi haqida xabardor qilish;

sug‘urta qildirish zarurligi, uning iqtisodiyotdagi yoki oila byudjetidagi roli 
haqida xabardor qilish;

muayyan sug‘urta qiluvchida sug‘urta xizmatlari va ularga hamrohlik 
qiladigan xizmatlarining yuqori sifati haqida axborot tarqatish;

sug‘urta xizmatlariga iste’molchilar talabini shakllantirish;

bozorga yangi sug‘urta mahsulotlari chiqarish uchun "reputatsion asoslar" 
yaratish;

yolg‘on tasavvurlar, axborot to‘liqsizligi va sug‘urta xizmatlari sotish 
yo‘lida boshqa to‘siqlarning oqibatlarini bartaraf qilish.
Sug‘urta qildiruvchida muayyan sug‘urta qiluvchida sug‘urta qildirishga 
moyillik yaratishga yo‘naltirilgan reklama. Bu reklamaning eng maqbul keladigan 
maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:

kelajakdan umid qilgan holda kompaniyaga ishonch shakllantirish;

sug‘urta qiluvchining xodimlari yoki agentlarni uning savdo belgisi 
(logotipi) yoki polislari bo‘yicha ishonch bilan tanishib olish uchun sharoitlar 
yaratish;


104 

sug‘urta qildiruvchilarni kuponlar qaytarish, sug‘urta qiluvchi tomonidan 
o‘tkazilayotgan lotoreya, konkurs va boshqa tadbirlarda ishtirok etishga 
rag‘batlantirish;

muayyan sug‘urta qiluvchida sug‘urta qildirishni obro‘li an’anaga 
aylantirish;

raqobatchilar harakatlarini bartaraf qilish;

sug‘urta qildiruvchilarni o‘z kompaniyasining tanishlariga tavsiya qilish 
hamda sug‘urta qiluvchining sotuv bo‘yicha mutaxassislari va savdo agentlariga 
xayrixoh munosabatda bo‘lishga undagan holda o‘z kompaniyasi haqida yaxshi 
taassurotlar uyg‘otish.
Maqsadlar aniqlab olingach, reklama kampaniyasida foydalaniladigan 
reklama tadbirlari yoki reklama axborot uzatish vositalarini tanlash zarur. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish