S. R. Matiyazova, G. D. Adilova



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/96
Sana02.03.2022
Hajmi2,04 Mb.
#478890
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   96
Bog'liq
sugurta maxsulotlari sotishni tashkil etish

2. Markazlashmagan model.
Bunda har xil bo‘limlar mavjudligi ko‘zda 
tutilgan. Masalan, ulardan biri agent tarmog‘ini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi, 
masalan agentlarni tanlash, o‘qitish. Boshqasi sug‘urta mahsulotlarini sotish bilan 
shug‘ullanadi. Bu modelda, sotuvni rejalashtirish va agentlik tarmog‘i ishini 
bajarish uchun javobgarlik sotuv bilan shug‘ullanayotgan, va biron-bir agentlar 
biriktirib qo‘yilgan bo‘lim boshlig‘i zimmasiga tushadi. Funksiyalarning bunday 
bo‘linishi bu modelning kuchli taraflarini ko‘rsatadi, va bular qatorida tanlovning 
yuqori sifati va agentlar tayyorlash tizimi, agent tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha 
xodimlarning yuqori qobiliyatini aks ettiradi. Ojiz taraflaridan biri esa bu agent 
tarmog‘ini samaradorligi ustidan ma’suliyatni bir necha bo‘limlar orasida 
bo‘lishdadir. 
Agentlik tarmoq’i modelini tanlash sug‘urta kompaniyasi ishlaydigan 
segmentiga bog‘liq. Korporativ yoki chakana sug‘urta xizmatlarini agentlik 
tarmog‘i orqali sotish tizimini tashkillashtirish o‘ziga xos xususiyatlarga ega va 
ular jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlarga bog‘liq bo‘ladi.
Korporativ sektorda sug‘urta mahsulotlarini sotishning eng muhim 
xususiyatlaridan biri sug‘urta kompaniyasi direktori va xo‘jalik subyektlari 


88 
orasidagi shaxsiy aloqalardan iborat. Aynan xuddi shu aloqalar sifati reklamaga 
qaraganda samarali sotuvlar garovi hisoblanadi. Sug‘urta mahsuloti korxona 
raxbari manfa’atlarini qanchalik hisobga olsa, shartnoma tuzish ehtimoli 
shunchalik kuchliroq bo‘ladi. 
Bundan tashqari, agar mijoz sug‘urta kompaniyasi bilan har xil aloqalar tizimi 
orqali bog‘liq bo‘lsa, u sug‘urta mahsulotini katta xohish bilan sotib oladi. 
Ko‘pincha, sotuvlar do‘stona va hamkorlik aloqalari kanallari orqali amalga 
oshiriladi va bu to‘g‘ridan to‘g‘ri shaxslararo munosabatlar asosida bo‘ladi.
Eng muvaffaqiyatli amerikalik sug‘urta agentlaridan biri F.Bettdjer o‘z 
kitobida quyidagilarni ta’kidlaydi, sug‘urta shartnomasini tuzishning asosida
mijoz bilan uning sug‘urtasi to‘g‘risida emas, balki uning biznesi va muammolari 
to’g‘risida suhbat yotadi. Shunday qilib, sug‘urta kompaniyasi vakili sug‘urta 
mahsulotini sotishni emas, balki korporativ mijozga sug‘urta xavflarini boshqarish 
uchun ishonchli vositani taqdim etishi zarur. Buning uchun yangi mijozlarni jalb 
etish ustida ishlaydigan bo‘limlar funksiyalari quyidagilardan iborat: potensial 
mijozlarni aniqlab ular bilan aloqa qilib turish, shaxslararo aloqalarni o‘rnatish, 
do‘stona va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, har xil komleks xizmatlarni ko‘rsatish, 
ehtiyojlarni va sug‘urta mahsulotini shakllantirish uchun mijoz talablarini aniqlash, 
sug‘urtani sotib olish zarurligiga ishontirish va noroziliklar ustida ishlash, xavflarni 
boshqarish masalalari bo‘yicha maslahat berish. 
Yirik korxonalarga sug‘urta mahsulotlarini sotish tizimini tarmoqlar asosida 
tuzish tavsiya etiladi. Bunga yagona tarmoq institutlari (ittifoqlar, korxonalar) va 
o‘xshash infratizimlarning mavjudligi yordam beradi. Tarmoqlararo sotuv tizimi 
sug‘urtalovchini bir sug‘urtalovchidan ikkinchisiga shu tarmoq ichida o‘tishini 
ancha yengillashtiradi. Sug‘urtalovchi odatda, kerakli tarmoq korxonalarining 
ma’lumot bazasiga ega bo‘ladi, hamda tarmoq ichidagi xavflar va sug‘urtalovchi 
tanlagan sohadagi baxtsiz hodisalar va zararlar statistikasiga ega bo‘ladi. Shu 
tarzda, u korporativ mijozning shu sohadagi potensial zarar ko‘rishi ehtimolini 
prognoz qilib berishi mumkin. Shuning uchun korxonalarga sug‘urta 


89 
mahsulotlarini aktiv sotish uchun agentlarni kerakli sohalarni yaxshi tushunadigan 
va shu tarmoqlarda ishlaydigan xodimlar orasidan tanlash lozim. 
Shuningdek sug‘urta mahsulotlarini kichik va o‘rta korxonalarga sotish uchun 
sotuv tizimini hududiy asosda tashkillashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki 
bunda tarmoq va professional bog‘liqlikka qaraganda, geografik bog‘liqlik katta 
ahamiyatga ega.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish