S. R. Matiyazova, G. D. Adilova


 Sug’urta mahsulotini agent va brokerlar orqali sotish



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/96
Sana02.03.2022
Hajmi2,04 Mb.
#478890
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   96
Bog'liq
sugurta maxsulotlari sotishni tashkil etish

4.2 Sug’urta mahsulotini agent va brokerlar orqali sotish 
Agentlik tarmoqlari orqali sug‘urta mahsulotlarini sotish eng samarali 
kanallardan biri hisoblanadi. Agentlik tarmog‘i bu sug‘urta agentlarining tashkiliy 
birlashmasi bo‘lib, sug‘urta kompaniyalarining xohishiga ko‘ra tuziladi.
27
Tarmoq 
ishi ko‘p vazifali, uni yanada unumdorligini oshiradi. Agentlar potensial mijozlarni
tasniflash bilan shug‘ullanadi, istemolchilar bilan doimiy ravishda bog‘lanadi, 
sug‘urta mazmunini va sug‘urta xizmati mohiyatini tushintiradilar, mijozning 
qimmatli tizimlari bilan ish olib boradilar. Ularning ish faoliyatida ko‘rinadiki, 
passiv iste’molchilar bilan ishlashdan ancha farq qiladi va faol savdoni ham 
taminlaydi. 
Agentlik tarmoqlarini qurish bir necha modellari mavjud:
26
Insuranse: Principies and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insuranse Institut, Great 
Britain,1993 
27
Jask Kinder,Jr.Garry Kinder”Secrets of Successful Insurance Sales” 


86 
Markazlashtirilgan model.
Bunday tizimda aniq agentlar savdo-sotiq ishlari 
bilan shug‘ullanadilar. Shunday qilib,sug‘urta kompaniyasining tashkilot tizimida, 
mustaqil ravishda marketing va maxsus agent savdolarni departamenti hosil 
boladi. Mazkur model agentlik tarmog‘i ustidan markazlashtirilgan boshqaruvni 
yo’lga qo‘yadi, to’plam, talim, sotuvlar rejasining nazorati, daromad va xarajatlar 
byudjetini tashkil qiladi. Bu diqqatni bir joyga jamlash imkonini beradi va ish 
faoliyati va vazifalari raxbarining departament zimmasiga yuklanadi.
 
Jismoniy shaxslarga sug‘urta polislarni sotishda bozorni to’g‘ri 
segmentatsiyalash birinchi o‘ringa chiqadi. Bir tarafdan to’g‘ri segmentatsiyalash 
mijozlarning ehtiyojlariga binoan xizmat ko‘rsatilishiga yordam beradi. Boshqa 
tarafdan esa bu jarayon katta xarajatlarni talab qiladi. Ularni universal sug‘urta 
mahsulotlarini yaratish evaziga kamaytirish imkoniyati mavjud. Har bir mintaqa 
o‘z talab darajasiga, o‘z iste’molchilarining tizim qiymatiga, o’zini tutish 
xususiyatlariga, xarakteri va xatarlariga, sug‘urtalovchi konsentratsiyasiga ega. 
Jismoniy shaxslarni sotuv darajalari bilan ta’minlash uchun sug‘urtalovchi ko‘p 
sonli aholi joylashgan hududlarda agentlik ofislariga ega bo’lishi kerak. 
Sug‘urtalovchi reklama orqali o’zini taqdim ko’rsata olishi lozim, misol 
uchun matbuotlar orqali. 
Umuman olib qaraganda korporativ sug‘urtada sug‘urtalovchi kamdan kam 
statsionar sotuv ofislarini tashkil etishadi. Sug‘urtachi darajasiga o‘tkazilishi lozim 
bo’lgan o‘z faoliyatini olib kelayotgan potensial mijozlar mavjud bulgan 
mintaqalarda agent tarmoqlar markazlarini tashkil etish juda mos keladi. 
Chakana savdoda esa agentlarning ishiga bo’lgan talab juda katta. Agentlik 
aloqasi qurilayotganda sug‘urtalovchi mijoz kimligini va uning talablari 
qandayligini aniq bilishi kerak. Misol uchun, sotuv burchagini supermarketlarda 
va katta savdo markazlarda o‘rnatish lozim, chunki faol iste’molchi o‘z vaqtini 
asrash maqsadida bunday joylarga tashrif buyuradi. Yoki sug‘urtalovchi ish 
joylarida sotuvlarini boshlashi mumkin. Modelning turidan qatiy nazar agentlarni 
tayyorlash uchun sug‘urta kompaniyasi katta miqdordagi mablag‘ ajratadi. 
Sug‘urtalovchi oquv jarayoni sotuv bo‘yicha mashqlarni , qarshi fikrlar bilan 


87 
ishlashni, suhbat jarayonini, guruh va motivatsion tadbirlarni tashkil etadi. O‘sha 
vaziyatlardagi xarajatlar bo‘yicha kompensatsiyani agentlarning samarali sotuvlari 
orqali kafolatlash lozim.
Jamiyat ichidagi aylanadigan ma’lumotlar sug‘urta xizmatlarini reklama 
qilishning eng yaxshi uslubidir. Odatda bunday uslublar kichik va o‘rta shaharlar 
va qishloq xo‘jaligi mavjud hududlarga tegishli. Agentlarni hech qanday mijozlar 
bazasi bilan ta’mirlashining hojati yoq. Buning sababi jamiyatning kichik hududi 
tufayli barcha moliyaviy imkoniyatlar va sug‘urta xizmatiga bo‘lgan talablar ochiq 
va ma’lumdir. Ammo katta shaharlarda o‘z ishini olib borayotgan potensial 
mijozlar haqida ma’lumotlar ancha dolzarb va ma’qul keladi. Bu yerda 
is’temolchilar segmentatsiyasi hamda ularning imtiyozlari bo‘yicha tadqiqot 
o‘tkazilishi va talablarning turli xil darajalariga e’tibor qaratilishi lozim. Shu tariqa 
agentlik tarmog‘i ustidan boshqarish samaradorligini ta’minlasa bo‘ladi.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish